Trenerlar tayyorlash kursining namunaviy o‘quv dasturi "Mahalla va oila" ilmiy
“Himoya orderi” nima? Himoya orderini qo‘llash
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Хотин-қизлар укув дастури
4. “Himoya orderi” nima? Himoya orderini qo‘llash
mexanizmlari. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shaxsning huquq va majburiyatlari. Ximoya orderi oilada zo‘rovonlikni oldini olish sifatida. Himoya orderining mohiyati. “Himoya orderi” xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning adolatli shaklidir. Himoya orderi berish tizimi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2- sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4- yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-son qarorida ”Himoya orderi”- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin- qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat” sifatida. Zo‘ravonliklarning turlari: huquqiy zo‘ravonlik; oilaviy-maishiy zo‘ravonlik (turlari: jismoniy, jinsiy, iqtisodiy); psixologik zo‘ravonlik; ma’naviy zo‘ravonlik; tibbiy zo‘ravonlik; ijtimoiy zo‘ravonlik. Himoya orderi kimga va qachon taqdim etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni asosida oila psixolog xizmatini joriy etish tizimini shakllantirish. Farmon asosida 31-bandi ko‘rsatilgan vazifalar xususida: fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar lavozimlariga yetarli bilim va hayot tajribasiga, yuksak ma’naviy va axloqiy 13 fazilatlarga ega bo‘lgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslar tavsiya etilishi va tasdiqlanishi bo‘yicha fuqarolar yig‘inlariga har tomonlama yordam berish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi alohida o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha takliflar va o‘quv kursi dasturi va rejlarini ishlab chiqilishi; Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbir bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berish. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling