6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-
dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha
vazifalar va takliflar.
Zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila — muqaddas», «Sog‘lom oila —
sog‘lom jamiyat», «Oila — jamiyat va davlat himoyasida» va «Farovon oila — jamiyat
ravnaqining asosi» konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib
borish;
nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi,
oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash;
oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi
shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni
yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish.
7.Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning innovasion tizimi va uning
mohiyati (“Ayollar daftari”, “Ayollar maslahat kengashlari”, “Xotin-qizlar
jamoatchilik kengashlari va ularning mohiyati”).
Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirish
maqsadida «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ni shakllantirish
mexanizmlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-
yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2-son qarorining mazmun va mohiyati.
14
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-sonli Qonunini hayotga tatbiq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |