Trennerning malakalari, shaxsi va klassifikatsiyasi reja: Trener shaxsi va uning vazifalari 2


Trener va unga qo‘yiladigan talablar


Download 287.52 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi287.52 Kb.
#1393866
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya Abdusaidova B

.

  • Trener va unga qo‘yiladigan talablar.
  • Trenerning mashg‘ulotni qanday olib borishi, ya’ni trenerlik mahoratidan tashqari uning o‘zi ham ishtirokchilarga juda katta ta’sir ko‘rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi:
  • Trenerning kiyinishi (imidji).
  • Trenerning hatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari.
  • Kiyim tanlash muammosi
  • Xuddiki teatr garderobdan boshlangani kabi treningni boshlanishi ham trenerning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi bilan bog‘liqdir. Buni qanday tushunish mumkin?
  • Trenerning kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvurning ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga, guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga ham o‘z ta’sirini albatta ko‘rsatishi tabiiy.
  • Trenerning o‘zini tutishi, hatti-xarakatlari.
  • Har qanday trening mashg‘ulotida trener ishtirokilar uchun ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs hisoblanadi., garchi u ular bilan o‘zini teng tutsa ham. CHunki odatda trenerlar psixologik bilimlarga ega bo‘lgan kishilar bo‘lganligi bois, bu taxlit kishilarga nisbatan ishtirokchilarning hurmati baland bo‘ladi. SHuning uchun ko‘pgina treninglarda trenerning hatti-xarakatlari va qiliqlarini takrorlash, aynan o‘zlashtirib olish kuzatiladi. Demak, trenerning nafaqat so‘zlari, maslahatlari, balki uning butun harakatlari guruh ishtirokchilariga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun trener hatti-xarakatlarda ham e’tiyotkorroq bo‘lishi kerakki, uning hatto o‘ziga yoqmagan jihatlari ham ishtirokchilar tomonidan o‘zlashtirilmasligi yoki aksincha ishtirokchilarning g‘ashiga tegmaslik uchun.

.

  • Trenerning kompitentligi
  • Trener ish jarayonida qanchalik kompetent bo‘lsa, uning ishi shunchalik samarali bo‘ladi. Adabiyotlarda trenerning kompetentligi haqida turli xil fikrlar bildirilgandir, ularni umumlashtirib, trener kompetentligining 3 darajasini ko‘rsatib o‘tamiz:
  • 1 - Trenerning kasbiy kompetentligi – trening o‘tayotgan mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarga egaligi;
  • 2-Trenerning metodik kompetentligi:
  • -treningda qo‘llanilayotgan mashqlarning, trening mavzusiga mosligi;
  • -treningda qo‘llanayotgan metod va vositalarni tanlay bilishi;
  • -trening ishtirokchilarini jipslashtira olishi;
  • -ishtirokchilarning kutilmalarini aniqlash;
  • 3-Trenerning ijtimoiy kompetentligi:
  • -trenerning etik va estetik kompetentligi;
  • -shaxsiy tajribasi;
  • -shaxslararo munosabatlarga kirishishi kabilar;
  • L. Krol va E. Mixaylovalar trenerning kasbiy kompetentligini quyidagilarga ajratib ko‘rsatishadi:
  • SHaxslararo kommunikativ kompetentlik: verbal va noverbal kommunikativ malakalarni rivojlantirish, odamlarning faoliyat motivlarini tushunish, shaxsiy ustanovkalarini yuqori darajada anglash.
  • Texnik kompetentlik:mijoz bilan birgalikda ishlab chiqilgan maqsadni transformasiya qila olish.
  • Moslashuvchanlik kompetentligi: o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish hamda o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish.
  • Konseptual kompetentlik:amaliyotga asos bo‘luvchi bilimlarni egallash.
  • Integrativ kompetentlik: asoslangan qarorlarni qabul qilish,yuzaga kelgan muammolarni echish hamda mutaxassislik bahosini berish.

Download 287.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling