[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


Ishning vaxta usulini qo‘llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi


Download 1.33 Mb.
bet243/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

Ishning vaxta usulini qo‘llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ishni vaxta usulida tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
466-modda. Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
homilador ayollar;
uch yoshgacha bo‘lgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy);
tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan shaxslar.
467-modda. Vaxtaning davomiyligi
Vaxta obyektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar o‘rtasida dam olish vaqtini o‘z ichiga oluvchi umumiy davrdir.
Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak.
Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
468-modda. Vaxta usulida ishlash chog‘ida ish vaqtini hisobga olish
Vaxta usulida ishlash chog‘ida ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun jamlab hisobga olish belgilanadi.
Hisobga olish davri quyidagilarni qamrab oladi:
xodimning vaxtada bo‘lgan davridagi ish vaqtini;
ish beruvchining joylashgan eridan yoki to‘planish joyidan to ish bajariladigan joyga borish va ortga qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lish vaqtini;
mazkur kalendar davrga to‘g‘ri keladigan dam olish vaqtini.
Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodim ish vaqtining va dam olish vaqtining hisobini oyma-oy hamda butun hisobga olish davri uchun yuritishi shart.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling