[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


Download 1.33 Mb.
bet246/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Boshqa ish beruvchilarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va to‘lash tartibi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.
Hududida ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan tumanlarga vaxta usulida ishlarni bajarish uchun chiqadigan xodimlarga bu koeffitsiyentlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarga muvofiq hisoblanadi.
Vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ish beruvchining joylashgan eridan (yig‘ilish punktidan) ish bajariladigan joygacha borish va u erdan qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lish vaqti uchun, shuningdek meteorologik sharoitlar yoki transport tashkilotlarining aybi tufayli yo‘lda qolib ketish vaqti uchun xodimga o‘tgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan o‘rtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqqan holda kompensatsiya to‘lanadi.
27-bob. Xodimning mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
473-modda. Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
Zararli (o‘ta zararli) va (yoki) xavfli (o‘ta xavfli) ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari noqulay mehnat sharoitlaridir. Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari ishlab chiqarish omillaridir.
Xodimga ta’siri kasb kasalligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari zararli mehnat sharoitlaridir.
Xodimga ta’siri uning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari xavfli mehnat sharoitlaridir. Miqdoriy tavsifiga va ta’sir ko‘rsatishning davomiyligiga qarab ayrim zararli ishlab chiqarish omillari xavfli bo‘lishi mumkin.
Kasb kasalliklarining og‘ir shakllarini (umumiy mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi) yoxud surunkali kasalliklar sonining ancha o‘sishini va mehnat qobiliyatining vaqtincha yo‘qotilishi kuzatiladigan kasallanishning yuqori darajalarini keltirib chiqaradigan zararli ishlab chiqarish omillari darajalari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari o‘ta zararli mehnat sharoitlaridir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling