[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi


Download 1.33 Mb.
bet245/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

470-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
Hisobga olish davrida xodim uchun jadvalda belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishlash vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun ish vaqtidan tashqari ishdir.
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish ushbu Kodeks 189-moddasining oltinchi — o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ushbu Kodeks 190-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ish vaqtidan tashqari ishning cheklangan davomiyligiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va ushbu Kodeksning 262-moddasiga muvofiq unga haq to‘lanishi lozim.
471-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tili berishning o‘ziga xos xususiyatlari
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tili ular vaxtalar oralig‘idagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ta’tillar jadvalini tuzish chog‘ida hisobga olinishi kerak.
Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat ta’tilining tugashi vaxtalar oralig‘idagi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:
vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishi;
vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi;
xodimni vaxtaning boshqa smenasiga o‘tkazishi mumkin.
472-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash, kafolatlar va kompensatsiyalar
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
vaxta vaqtida bajarilgan ish uchun haq to‘lashni;
vaxtada ortiqcha ishlangan vaqt uchun vaxtalar oralig‘idagi qo‘shimcha dam olish kunlariga haq to‘lashni;
vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama haqni va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan o‘zga to‘lovlarni.
Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq to‘lash belgilanmagan bo‘lsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oralig‘idagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq to‘lanadi.
Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida bo‘lgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek ish beruvchining joylashgan eridan (yig‘ilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lingan haqiqiy kunlar uchun sutkalik o‘rniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling