Tt harfi va Tt tovushi. Maqsad: dts talablari asosida gap, so’z, bo’g’in haqida o’quvchilarga bilim berish. Ta’limiy
Download 30 Kb.
|
TTTTTTTT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv jarayoniga oid kompetensiya: FK-1
- Dars turi
- II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
- Ta | tom | ot | it Ti to | to – mon | o –ta | mit-ti
- IV. Mustahkamlash
- V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
Tt harfi va Tt tovushi. Maqsad: DTS talablari asosida gap, so’z, bo’g’in haqida o’quvchilarga bilim berish. Ta’limiy: O’quvchilarni Tt tovushi va Tt harfi bilan tanishtirish, talaffuzini o’rgatish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga uni asrab avaylashga o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish. Ularni og’zaki nutqini o’stirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiya: FK-1:mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini, sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; O, N, A, I, M, T, harfini qo‘shib o‘qiy oladi, TK5 orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish. TK 6 o‘quv qurollarini saranjom saqlash; Dars turi: Yangi tushuncha berish. Metodi: Savol- javob, jamoa bilan ishlash,tushuntirish. Jihozi: mavzuga oid rasmlar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashish b) davomotni aniqlash c) ma’naviyat daqiqasi “ Sog’lom bola yili” mavzusida suhbat o’tkazish. II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. III. Yangi mavzu bayoni Tt tovushi va Tt harfi. Tt harfining yozma va bosma shakli bilan o’quvchilarni tanishtirish. Yozilishini havoda yozib ko’radilar va uni talaffuzini o’rganadilar Tt tovushini talaffuz qilish mashq qilinadi va Tt harfining bosma va yozma shakllari bilan tanishtiriladi. T – tovushi undosh tovushlar sirasiga kiradi. Chunki bu tovushni talaffuz qilganimizda og’zimizda o’pkadan chiqayotgan havo to’siqqa uchraydi. Lablar yumulib keyin ochiladi. Darslikda berilgan bo’g’inlarni o’qish: Kataklar yordamida so’zlarni topish. Ta | tom | ot | it Ti to | to – mon | o –ta | mit-ti Tuya, tulki, tovuq so’zlariga o’quvchilar ta’riflarini tinglash ular javoblarini mustahkamlash. Uy parrandalari haqida bilim berish.. Chavandoz mavzusida matn yaratish: Darslikda berilgan gaplarni mustaqil o’qishga tayyorlanish. Mana ot. Ana chavandoz. Chavandoz to’siqdan sakradi. IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi: Tt harflarining havorangda ifodalanganligi sababi so’raladi. Harflarni top o’yini o’tkaziladi. O’quvchilar shakllar ichidan T harfini ko’rsatadilar. Darsda faol qatnashgan o’quvchi rajbatlantiriladi. T tovushi qanday tovush? T tovushi talaffuzini tushuntiring? T tovushi so’zlarning qaysi qismlarida keladi? Undosh tovushlar andozada qanday rangda ko’rsatiladi? O’quvchilar javoblarini tinglash, mustahkamlash. V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish. O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling