Tuberkulyoz diagnostikasi, obъektiv va kliniko-labarator tekshirish usullari. Tuberkulyoz sinamalari, (Diaskin testi), funktsional tekshirish usullari, rentgenodiagnostika va bronxoskopiya
SILGA SHUBHA QILINGAN BEMORLARDAN BALG’AM YIG’ISH METODIKASI
Download 376.98 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar 0b92d5c4d590f5c1559022d27c838188
SILGA SHUBHA QILINGAN BEMORLARDAN BALG’AM YIG’ISH METODIKASI
VA UNI TASHKILLASHTIRISH Nafas a‘zolari siliga shubha qilingan bemorlar balg‘amini yig‘ish o‘rta ma‘lumotli, maxsus bilimga ega tibbiy xodim kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Bu muolajani o‘tkazishga ma‘sul shaxslarni BTSYo muassasalaridagi o‘rta tibbiy xodimlar orasidan tanlab olinadi. Normada yig‘ilgan material xajmi – 3-5ml bo‘lishi kerak Balg‘am yig‘ish jarayoni tibbiy xodim uchun diagnostikaning preanalitik bosqichidagi eng xavfli muolajasi hisoblanadi. Chunki batsilla ajratuvchi bemor yo‘talganda va balg‘am ajratganda xonada sil qo‘zg‘atuvchisi saqlagan aerozolning kata konsentratsiyasi hosil bo‘lishi mumkin. Shu sababli infeksion naoratning hamma chora- tadbirlariga amal qilish zarur. Labaratoriyaga murojaat qilib kelgan, har bir yo‘taladigan bemordan yo‘talish gigienasiga amal qilishini so‘rash zarur (xirurgik niqobdan foydalanish, og‘zini qo‘li yoki salfetkasi bilan yopish). Balg‘amni iloji boricha havo yaxshi aylanib turuvchi, yorug‘ xonalarda yig‘ilishi kerak. Bunda havo oqimi infeksiya tutgan tomchilarni tezda atrofga tarqatadi, ultrabinafsha nurlari esa sil mikobakteriyasini inaktivlashtiradi. Balg‘am yig‘ish qoidalari: Silga shubha qilingan bemordan patologik material ajralishi noregulyar bo‘lganligi sababli, birinchi tekshiruv natijasi manfiy bo‘lishi, keying kungi tekshiruv natijasi esa musbatchiqishi mumkin. Shu sababli silga shubha qilinganda MBTni bakterioskopik aniqlash uchun balg‘amni 2 nusxada yig‘ish zarur: Ambulatoriya sharoitida: 1 nusxa– silga shubhalantiruvchi shikoyatlar bilan kelgan bemorlar tibbiy muassasaga kelganda, hamshira nazorati ostida 2 nusxa – ertalabki porsiyasini olgan ma‘qul (og‘izni yaxshilab chayib, tishini tozalab). Statsionar sharoitida: Balg‘amni yig‘ilishi 2 kun davomida 2 marta bajariladi – erta saxarda, tuni bilan yig‘ilgan balg‘am ajralishi boshlanganda hamshira nazorati ostida bajariladi. Material erta tongda, bemor ovqatlanishidan oldin yig‘ilgani ma‘qul, chunki ovqat qoldiqlari surtmani ko‘rishda qiyinchilik tug‘diradi. Balg‘amni yig‘ish begona shaxslardan holi ravishda yig‘ilishi kerak. So‘ngra ximioterapiya va davo natijasini nazorat qilish maqsadida 2 marta balg‘am yig‘iladi. Balg‘am yig‘ishda oldin: Balg‘am yig‘ishdan oldin tibbiy xodim bemorga o‘tkaziladigan muolajadan maqsadni tushuntiradi, bemor haqidagi ma‘lumotlarni ro‘yxatga olish jurnaliga yozib qo‘yadi va maxsus kiyim komplektini kiyadi (oddiy ish xalatini ustidan yana bitta xalat, tibbiy qalpoqcha, maska, klyenkali fartuk va oxirida rezinkali perchatka ), so‘ngra bemor og‘zini va tomog‘ini suv yoki soda eritmasi bilan chayishi , keyin balg‘am yig‘iladigan xonadagi ochilgan oynani oldiga borib o‘tiradi. Balg‘amni yig‘ish vaqtida tibbiy xodim bemorni orqa tarafida turib muolajani kechishini kuzatib, nazorat qilib turishi kerak (ochiq havoda shamol orqa tarafdan esib turishi kerak) Bemor havoni bir necha sekund ushlab turgan holda 2 marta chuqur nafas olishi, so‘ngra sekin-asta burun orqali chiqarishi kerak. 3-marotaba chuqur nafas olishi va nafasni og‘iz orqali kuch bilan chiqarishi kerak, shu jarayonni qaytarishi va yo‘talishi kerak. Bu o‘pkaning pastki qismlaridagi balg‘amni ham yig‘ishga yordam beradi. Bemordan konteynerni og‘izga yaqin tutib turishini va uni ichiga astalik bilan tuflashi so‘raladi. Tufuk yoki burun-halqum shillig‘I balg‘am hisoblanmaydi va diagnostic kam ahamiyatga ega. Agarda balg‘am miqdori yetarli bo‘lmasa jarayonni qaytadan o‘tkazish lozim. Yetarli miqdorda balg‘am yig‘ilgandan so‘ng tibbiy xodim konteynerni bemorni qo‘lidan oladi, uni qopqog‘I bilan yopadi, konteynerni dezinfeksiyalovchi salfetka bilan xo‘llangan salfetka bilan artadi, bemorni ism sharifi, identifikatsion nomeri, balg‘am yig‘ilgan vaqti yozilgan etiketkani konteyner korpusiga yopishtiradi (konteynerning yon yuzasiga, qopqog‘I ustiga emas). So‘ngra balg‘amli konteyner maxsus biks yoki sumka-xolodilnikga joylashtiriladi va darhol maxsus labaratoriyaga yuboriladi. Patologik material ixtisoslashtirilgan bakterioskopik laboratoriyaga 2 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda yuborilishi kerak. Balg‘am namunasi ixtisoslashtirilgan bakterioskopik laboratoriyaga yetib kelgandan so‘ng 2 ish kuni davomida tekshirib chiqilishi lozim. Agar balg‘am namunasini darhol yuborish imkoni bo‘lmasa u holda balg‘am namunasini muzlatkichda +4oС da 2kundan ko‘p bo‘lmagan mudatda saqlanadi. Bakteriologik tekshiruv zarur bo‘lganda balg‘am steril idishga yig‘iladi va +4oС haroratda muzlatkichda 24 soatgacha saqlanadi. Tekshirilayotgan materialni laboratoriyaga tekshirilishgacha bo‘lgan muddatning davomiyligi va uni saqlash sharoiti sharoiti tekshiruv natijasiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar ushbu muassasada silni aniqlash uchun mikrobiologik tekshiruv o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, tekshiruv chun yig‘ilgan materialni darhol markaziy laboratoriyaga yuboriladi. Markaziy laboratoriyaga yuborish har haftada 1 yoki 2 marta amalga oshiriladi va bunda tekshiriluvchi material yuborilayotganda konservatsiya qilinmagan holda, muzlatkichda 48-72 soatdan kam muddat saqlanishi lozim. TLCh ni aniqlash maqsadida diagnostic materialdan tashqari mahalliy laboratoriyada ajratib olingan kulturani ham yuborish mumkin. Har bir tekshiriluvchi material o‘ziga xos etiketkasi to‘ldirilgan bo‘lishi va individual yo‘llanmasi bo‘lishi lozim. Hamma partiyada esa 2 nusxada yo‘llanma varog‘ini to‘ldirgan holda yuboriladi. Bitta nusxasini to‘ldirilgan va materialni yig‘ishga va transportirovka qilishga ma‘sul shaxs imzosi qo‘yilgan list laboratoriyaga olib kelingan material bilan birga, har bir material uchun to‘ldirilgan individual blanka bilan, 2-nusasini esa tekshiriluvchu materialni qabul qilib oluvchi laboratoriya xodimi imzolaydi. Yo‘llanma varaqasini va individual blankalarmi infitsirlanishini oldini olish maqsadida ularni alohida konvertlarga yoki polietilen paketlarga solinishi kerak va bevosita kuryerga, keyin esa materialni qabul qilib oluvchi laboratoriya xodimiga beriladi. Olib kelingan materialni laboratoriyada qabul qilib olish, laboratoriya muassasasi tomonidan bajariladi va u olib kelingan materialni sifatini baholash, yo‘llanma varag‘ini to‘g‘ri va o‘liq to‘ldirilganligini hamda uni olib kelingan materialga mos kelishini tekshiradi. Download 376.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling