Tuberkulyoz diagnostikasi, obъektiv va kliniko-labarator tekshirish usullari. Tuberkulyoz sinamalari, (Diaskin testi), funktsional tekshirish usullari, rentgenodiagnostika va bronxoskopiya


Download 376.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi376.98 Kb.
#1588862
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar 0b92d5c4d590f5c1559022d27c838188

SIL DIAGNOSTIKASI MUDDATLARI: 
Levenshteyn Iensen muhitiga ekish usuli – 8 hafta
MGIT usuli– 6 hafta. 
Haintest – 2 kun. 
XpertMTB/RIF – kun. 
 
SILGA QARSHI PREPARATLARGA CHIDAMLILIKNI ANIQLASH MUDDATLARI: 
Levenshteyn Iensen muhitida proporsiyalash usuli – 4-6 hafta
MGIT apparatida doriga sezgirlikni aniqlash – 12 kun. 
Hain test -2 kun. 
 
QON VA SIYDIK TAHLILI 
O‘pka sili bilan kasallangan bemorlarning umumiy qon tahlilidagi 
o‘zgarishlari patognomik hisoblanmaydi. Kasallikning o‘tkir davrida uncha kata 
bo‘lmagan leykositoz, limfopeniya, monositoz, leykositar formulaning chapga 
siljishi (tayoqcha yadroli neytrofillar miqdorini oshishi natijasida), EChTni oshishi 
kuzatiladi. Silni tarqalgan shakli bilan kasallanganda va yaqqol intoksikatsiya 
ba‘zan gipoxrom anemiya kuzatiladi. Sildagi yallig‘lanish jarayonini orqaga 
qaytishida leykotsitlar miqdorini normallashuvi, limfotsitlar sonini normallashuvi 
va xatto oshishi kuzatiladi.
Qon bioximik tahlili tekshiruvi silli yallig‘lanish kasalligini rivojlanish 
bosqichi va kechishini o‘ziga xosligini baholash maqsadida, jigarning funksional 
holatini aniqlash uchun, yondosh kasalliklar – qandli diabetni inkor qilish 
maqsadida o‘tkaziladi. O‘tkir silli yallig‘lanishda albumin – globulin koeffitsienti 
kamayadi, fibrinogen va sial kislotaning plazmadagi miqdorini kamayishi, C 
reaktiv oqsil paydo bo‘ladi. 
Ko‘p miqdorda balg‘am ajraladigan, yiringli plevral ekssudati, buyrak 
amiloidozi mavjud bemorlarda gipoproteinemiya kuzatilishi mumkin. 
Qondagi ALT, AST, ishqoriy fosfataza, bilirubin, qoldiq azot, mochevina, 
kreatinin miqdorini aniqlash va yana koagulyatsion (timol, sulema) sinamalari jigar 
funksiyasi va medikamentoz terapiyani ko‘tara olishi haqida fikrlashga yordam 
beradi. Sil bilan birga keluvchi, tez-tez uchrab turadigan kasallik – qandli diabetni 
inkor qilish uchun qonda qand miqdori va glikolizlangan gemoglobin miqdori 
aniqlanadi. 
Ba‘zan qonning immunologic tekshiruvlari sil etiologiyali kasalliklarni 
tasdiqlash uchun, uning aktivlik darajasini aniqlash va davolash samarasini 
baholash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun antigen-antitela reaksiyasiga 


asoslangan immunoferment analiz metodi qo‘llaniladi. MBTga qarshi antitelolar 
maxsus tuberkulin preparati yordamida aniqlanadi. Tuberculin preparati – quruq, 
eritrotsitar antigen diagnostikumi. Sil kasaligida immunoferment analiz sezgirlik 
darajasi 60-70%, spetsefikligi – 90%ga yaqin. 
Aktiv silda ko‘pincha limfotsitlarni blast transformatsiya reaksiyasi 
musbatligi va tuberculin bilan stimulyatsiya qilingan holatda leykotsitlar 
migratsiyasini tormozlanishi, bundan tashqari immunokompetent hujayralar 
miqdorini kamayishi kuzatiladi. Ushbu immunologic tekshiruvlar natijalari sil 
jarayonining bosqichiga bog‘liq. Progressive kechuvchi sil bilan kasallangan 
bemorlarda leykotsitlar migratsiyasining tormozlanish reaksiyasi yaqqol 
ifodalangan. Spetsefik yallig‘lanishning rivojlanishida T limfotsitlar miqdorining 
kamayishi va B – razetkasimon limfotsitlar miqdori oshadi shu bilan bir qatorda 
IgA va IgG lar miqdori kamayadi. 
Immunologik testlar silning differensial diagnostikasi uchun ham 
qo‘llaniladi. Saratonda va sarkoidozda sil kasalligidan farqli ravishda T-
limfotsitlarning fitogemaglyutinin bilan blasttransformatsiya reaksiyasining 
aktivligining pasayishi kuzatiladi. Sil bilan kasallangan bemorlarda umumiy siydik 
tahlilida ba‘zan asosiy kasallikning jiddiy asoratlarini aniqlash mumkin. Yaqqol 
ifodalangan sil intoksikatsiyasida siydikda oqsil va gialin silindrlar paydo bo‘lishi 
mumkin. O‘pka silini amiloidoz bilan asoratlanishi turg‘un proteinuriya va 
mikrogematuriyaga olib keladi. Buyrak silida siydikda oqsil, leykotsit, eritrotsitlar 
ba‘zi bemorlarda esa MBT ham aniqlanadi. 

Download 376.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling