o‘pkaning nospetsefik kasalliklari,
onkologik, parazitar, yura qon-tomir
kasalliklari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari)ni erta aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Skrining o‘tkazishdan asosiy maqsad – sil bilan
kasallangan bemorlarni
aniqlash, bundan tashqari tekshiruv vaqtida o‘pkaning nospetsefik kasalliklarini,
onkologik, parazitar, qon-tomir kasalliklari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari ham
aniqlanadi.
Skrining rentgendiagnostikada raqamli texnologiyaga o‘tish aholiga tibbiy
yordam ko‘rsatish sifatini oshirish va davlatning
moliyaviy harajatlarini
kamaytirish imkonini beradi.
2. TASHKILIY STRUKTURASI
Ko‘krak qafasi a‘zolarini skrining raqamli rentgenografik va flyuorografik
tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan
statsionar yoki ko‘chib yuruvchi kabinetlar tashkiliy baza birligi bo‘lib
hisoblanadi.
Statsionar kabinetlar turli darajadagi va profildagi
tibbiy muassasalarning
roentgen kabinetlari tarkibiga kiradi.
Ko‘chib yuruvchi kabinetlardan uzoq qishloqlardagi aholini, yirik muassasa
ishchilarini tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida foydalaniladi va u markaziy tuman
kasalxonalari yoki silga qarshi dispanserlarning rentgenologik bo‘limlari tarkibiga
kiradi.
Tarkibida skrining raqamli rentgenografik va flyuorografik tekshiruvlar
o‘tkazish uchun zarur jihozlar tutgan rentgenologik bo‘lim boshliqlari tekshiruvlar
sifatiga ma‘sul bo‘ladi, tekshiruvni rejalashtirishda,
tekshiruv oldi holatini
tashkillashtirilishini nazorat qiladi, davolash-profilaktik muassasalar bilan
birgalikda ish olib boradi.
Ko‘krak qafasi a‘zolarini ko‘rikdan o‘tkazishga
aholini jalb qilishni
tashkillashtirishga markaziy ko‘p tarmoqli\oilaviy poliklinika bosh shifokorlari
markaziy davlat sanitar epidemik nazorati (MDSEN) muassasalari,
markaziy
tuman kasalxonalari(MTK), QVP bosh shifokorlari javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: