Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika\tuman oilaviy poliklinikalari bosh
shifokorlari o‘rinbosarlari tuman aholisini tekshiruv rejasini rentgenologik bo‘lim
bosh
shifokori, davlat markaziy sanitar epidemic nazorati bosh shifokori,
silga
qarshi dispanserlar bosh shifokorlari bilan birgalikda tuzadilar.
Skrining tekshiruvlarini calendar rejasi kontingentlarga ko‘ra aholi sonini,
roentgen apparatlarini
soni va yuklanish darajasin, mahalliy holatni (oradagi
masofa va yo‘lning holati) tekshiruvlarni davriyligini hisobga olgan holda tuziladi.
Kalendar rejadan tashqari har bir skrining (flyuorografik) kabinet uchun
oylik grafik reja tuziladi. Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
–
Tekshiriladigan aholi soni
– Kabinetning kunlik ish yuklamasi
– Uzoqdagi aholi punktlariga boorish uchun ketadigan vaqt
– Profilaktik remont uchun zarur bo‘ladigan muddat
– Jihozlar va transportning texnik holati
Rejaning bajarilganligi haqidagi ma‘lumotlar muassasaning bosh shifokoriga
beriladi. Unda yil yakunigacha tekshirilishi zarur bo‘lgan va tekshiruvdan o‘tgan
shaxslar haqidagi xisobotlar alohida ko‘rsatilgan:
– kattalar (18 yoshdan katta);
– bolalar (12yosh va undan yuqori), lekin tuberculin bo‘lmagan hollarda
yoki Mantu sinamasini o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganda bolalarda 7-18yoshda
ham raqamli flyuorografda flyuorografik tekshiruvni o‘tkazish mumkin.
4. doimiy skrining tekshiruvidan o’tkazib turilishi zarur bo’lgan aholi guruhlari
№
Do'stlaringiz bilan baham: