5.2. Raqamli flyuorografiya va skrining raqamli rentgenografiyani o’tkazish
metodikasi.
Bemorni pozitsionlash, kerakli markirovka o‘tkaziladi va su‘ratga
olish
rejimini avtomatik tanlash orqali qo‘llaniladi. Olingan su‘rat maxsus dastur orqali
optimal darajaga yetguncha korreksiyalanadi va maxsus – rasmlar yig‘iluvchi
papkalarda saqlanadi.
Yuqori xavf guruhidagi bemorlarni tekshirishda maxsus flyuorografik
metodlarni qo‘llash tavsiya etiladi. 50 yoshdan kata shaxslarda esa qo‘shimcha
tekshiruv sifatida ko‘krak qafasini o‘ng yon
sohasini ham flyuorogrmmasi
o‘tkaziladi.
Rentgenolog shifokor rasmni maxsus monoxrom tibbiy monitor o‘rnatilgan
ishchi xonasida o‘rganib chiqadi. Patologiya aniqlangan holatda kerakli suratlar
lazer kamera yordamida to‘liq formatda (35*43cm) bosib chiqariladi.
Roentgen
suratini ta‘riflash protokolini ishchi xonsidagi kompyuterda yoziladi va ofis uchun
mo‘ljallangan printerd bosib chiqariladi.
Raqamli flyurografiya xonalarida termoplyonka va kichik formatdagi
termoqog‘oz mavjud bo‘lsa, ularan foydalaniladi.
Ushbu rasmlar diagnostikada
qo‘llanilmaydi va faqatgina protokolga qo‘shib qo‘yish uchun ishlatiladi.
Raqamli skrining roentgen apparatida olingan barcha rasmlarni yig‘uvchi
joydn tez toppish mumkin bo‘lgan rejimda saqlanishi kerak. Kata hajmli
tekshiruvlar o‘tkazilganda ma‘lumotni yo‘qolb qolishini
oldini olish maqsadida
olingan rasmlarni nusxasi har kuni SD diskga yozib boriladi va ular tekshirilish
joyi va vaqti ko‘rsatilib markerlanadi.
5.3 Rasmlarni interpritatsiyasi, aniqlangan o’zgarishlarni baholash va
ularni ro’yxatga olish
Flyuorogrammni o‘rganish (analiz qilish) uchun shu formatdagi plyonkani
ko‘rish imkonini beradigan har qanday flyuoroskopdan foydalanish mumkin.
Plyonkani biroz qorong‘ilashtirilgan xonada ko‘rib chiqgan ma‘qul.
Flyuorogrammaani ko‘rib chiuqish
vaqtida patologiya aniqlanmay, o‘tkazib
yuborishni yoki soyalarni noto‘g‘ri interpritatsiya qilishni oldini olish maqsadida
2ta shifokor ko‘rib chiqishi yoki bitta shifokorni qayta (1 kundan so‘ng) ko‘ruvi
o‘tkazilishim kerak. Tekshiruv xulosasi diagnozdan farqlanganda og‘irroq
patologiya aniqlangan xulosa ustun qo‘yiladi.
Flyuorografiya rasmi sifatsiz bo‘lgan holatlarda
tekshiriluvchini qaytadan
flyuorografiya yoki boshqa bir shunga o‘xshash tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Dinamik kuzatuvni talab qiladigan o‘zgarishlar aniqlansa,
rentgenolog
shifokor flyuorogramma kadrlarini kesib chiqadi va mutaxassis ko‘rigiga
yuboriladi (silga qarshi dispenser, onkologik dispenser va boshqalar)
Ko‘krak qafasi a‘zolari kasalliklariga xos bo‘lgan soyalar aniqlanganda yoki
shunga shubha qilinganda flyuorogramma kesib olinadi va rentgenolog xulosasi
yozilgan qog‘ozga yopishtiriladi va qayta nazorat uchun tekshiruvga yuboriladi.
Flyuorografiya tekshiruvi xulosasi maxsus blankaga yozib qo‘yilishi va
48soat ichida yashash joyi yoki ish joyidagi davolash-profilaktika
muassasasiga
yuboriladi va u tibbiy xaritasida saqlanadi. Tekshirilayotgan bemor talabiga ko‘ra
flyuorografiya xulosasi nusxasini bemor qo‘liga ham berish mumkin