Tuberkulyoz diagnostikasi, obъektiv va kliniko-labarator tekshirish usullari. Tuberkulyoz sinamalari, (Diaskin testi), funktsional tekshirish usullari, rentgenodiagnostika va bronxoskopiya


SIL KASALLIGINI ANIQLASHDA LABARATOR XIZMATNI ROLI


Download 376.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi376.98 Kb.
#1588862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar 0b92d5c4d590f5c1559022d27c838188

SIL KASALLIGINI ANIQLASHDA LABARATOR XIZMATNI ROLI
 
Laborator xizmat silni etiologic diagnostikani tekshirishni ta‘minlaydi ya‘ni sil 
qo‘zg‘atuvchisini topadi va uning xarakteristikasini (doriga sezgirlik spektrini aniqlash va 
unining qaysi turga mansubligini topish) aniqlaydi, bundan tashqari bakteriya 
ajratuvchanlik darajasini barcha kerakli usullar yordamida tekshiradi. 
Silni etiologic diagnostikasiga silga xos simptomlari mavjud bemorlarda silni 
aniqlash, differensial diagnostikasi va sil bilan kasallangan bemorlarni davolash 
samarasini tekshirish uchun kompleks tekshiruvlarda qo‘llaniladigan mikrobiologik
molekulyar-biologik va boshqa tekshiruv metodlari kiradi.
Balg’am mikroskopiyasi. 
Balg‘amda kislotaga chidamli mikobakteriyalarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan 
mikroskopik tekshiruvlar umumiy davolash muassasalarida va maxsus silga qarshi 
muassasalarning ixtisoslashtirilgan mikroskopik laboratoriyalarida amalga oshiriladigan 
majburiy tekshiruvlar ro‘yxatiga kiradi. 
Diagnostic materialning mikroskopiyasi Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yalganda ham, 
yoki fluorestent mikroskopiya (mavjud zaruriy jihozlardab kelib chiqqan holda 
fluorestent yoki LED mikroskopni qo‘llash) yordamida ham o‘tkazilishi mumkin, 
fluorestent mikroskopiyani qo‘llash va materialni sentrifugalash usuli yordamida 
konsentrlash bu usulni aniqlik darajasini 15-20%ga oshiradi.
Sil bilan kasallangan bemorlarni aniqlash ishi 2 bosqichda olib boriladi:
Birlamchi taxminiy tekshiruv– umumiy davolash muassasalarida (poliklinika, 
bolnitsa, QVP va boshqalar)va sil kasalligi muassasalarida
Sil kasalligi muassasalarida - birlamchi tekshiruv xulosalarini tasdiqlash, 
diagnostika, differensial diagnostika va silga qarshi preparatlarga sezgirlikni aniqlash 
testini o‘tkazish. 
Birlamchi mikroskopik tekshiruvlar qatoriga Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan 
(yorug‘lik mikroskopiyasi) native balg‘am surtmasini bevosita bakterioskopik 
tekshiruvlar kirdi. Bakterioskopik tekshiruv kislotaga chidamli bakteriyalarni aniqlashda 
eng birinchi, oddiy, qulay, arzon va kam vaqt sarflanadigan metod bo‘lib hisoblanadi. 


Sil-Nilsen bo‘yicha mikroskopiya tekshiruvi uchun tekshiriluv materiallari: 
-Balg‘am
-Indutsirlangan balg‘am 
-Konsentrlangan material
-Bronx yuvindisi
-Turli a‘zolar suyuqligi (plevral, perikardial, sinovial, likvor, astsit suyuqligi, qon) 
-Bioptat yoki operatsion material
-Siydik
-Axlat
Xulosalar 100ta ko‘ruv maydonida topilgan kislotaga chidamli bakteriyalar 
miqdoriga bog‘liq. Manfiy natija 300ta ko‘ruv maydoni ko‘rib chiqilgandan keyin 
beriladi. 

Download 376.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling