Tuman shahar mtb tasarrufidagi son Maktabgacha taʼlim tashkiloti Qisqa 1 guruh tarbiyachisi ning faoliyatlari bo‘yicha 2022 yil sentabr oyida amalga oshirgan ishlar hisoboti


Download 50.55 Kb.
bet1/25
Sana06.04.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1329740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Тайёрлов гурух ЙИЛЛИК ҲИСОБОТ uz-assistant.uz



___________________(tuman shahar) MTB tasarrufidagi ____-son Maktabgacha taʼlim tashkiloti Qisqa 1 guruh tarbiyachisi _______________________ning faoliyatlari bo‘yicha 2022 yil sentabr oyida amalga oshirgan ishlar
HISOBOTI

Sentabr oyi mavzusi: O‘zbekiston—mening Vatanim!


1-hafta mavzusi: Mening jonajon O‘zbekistonim. (_____ 2022 yildan, _____ 2022 yilgacha)
Sentabr oyi davomida bolalar bilan birgalikda mashg‘ulot faoliyatlari o‘z vaqtida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko‘rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo‘yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida: “Mening shahrim” mavzusi asosida tarbiyalanuvchilarga bilan qurilish materiallari va turli kattalikdagi g‘ishtchalardan mustaqil uylar qurish o‘rgatildi. Bundan tashqari hafta davomida “Teleminora quramiz”, “Bolalar bog‘chasi”, “Yo‘l va ko‘priklar quramiz” mavzulari asosida mavzuga mos tarzda qurish yasash o‘yinlari o‘tkazilib tarbiyalanuvchilarga bilim va ko‘nikmalar berildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:“Yosh sayoxatchilar” “Maktb”, kabi mavzular asosida o‘yinlar o‘tkazilib o‘yin jarayonida tarbiyalanuvchilarning bir-biriga o‘zaro munosabati, muomala malakalari, mehmonga borish odobi, mehmonlar orasida so‘zlashish madaniyati shakllantirildi.
Til va nutq markazida:“Vatanimizning tarixiy shaharlari” mavzusidagi rasmlar, Vatanimizning qadimiy shaharlari, Toshkent poytaxti arxitekturasi mavzulari asosida suhbatlar o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilarga belgilangan bilim va ko‘nikmalar berib borildi.
Fan va tabiat markazida: “O‘lkaning yer maydoni” (tog‘lar, adirlar, daryolar), “Sabzavot va mevalardan bo‘yoq olish” kabi mavzular asosida ushbu markazda loy, qum, tosh, suv, maxsus idishcha, sharlardan foydalanib faoliyatlar olib borildi.

Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling