Tuproq kimyosi
GK va FK ning oksidlanish darajasi
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gumus kislotalarining optik xossalari
GK va FK ning oksidlanish darajasiOdatdagi hollarda GK va FK larning oksidlanganlik darajasini bilish uchun O:C nisbatidan foydalaniladi. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Hozirgi kunda GK va FK larning oksidlanganlik darajasini quyidagicha hisoblash birmuncha yo‘lga qo‘yilgan. Bunda QO – 100 g. GK yoki FK da kislorodning atom soni QH – 100 g. GK yoki FK da vodorodning atom soni QC– 100 g. GK yoki FK da uglerodning atom soni dan +4 gacha birikmalar oksidlangan hisoblanadi. bo‘lganda oksidlanganlik darajasi ham 0 bo‘ladi, ya’ni birikma oksidlanmagan sanaladi. dan -4 gacha bo‘lgan hollarda birikmalar qaytarilgan bo‘ladi. To‘la oksidlanganlik CO2 ga to‘g‘ri keladi, bunga W-ni plyus 4 holati to‘g‘ri keladi, minimum holati esa metanga CH4 –ga to‘g‘ri keladi. Bu formula va ko‘rsatkichlar nisbatan qulay. Buning kamchiligi azotning holatini e’tiborga olmasligi hisoblanadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, organik birikma holatidagi N, ya’ni GK va FK lar tarkibidagi N-ning miqdori keskin kam. Shuning uchun e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Gumus kislotalarining optik xossalariGumus kislotalari har xil to‘lqin uzunlikdagi elektromagnit nurlarni yutadi, qaytaradi va hokazo. Hozircha 220-250 nm uzunlikdagi nurlarning yutishi yaxshi o‘rganilgan. Quyosh nurining prizma orqali o‘tgandan so‘ng, bo‘linishini ingliz olimi Uilyam Gershel 1800 yilda kashf etgan. Shundan so‘ng ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar infraqizil nurlar deb atalgan. Undan 1940 yildan foydalanila boshlandi. Gumus kislotalarini optik zichligi spektrofotometrlarda aniqlanadi va quyidagicha tasvirlash tavsiya etiladi. D 1,5 1. Qora tuproq GK 1,0 2. Podzol tuproq GK 1 0,5 3 2 3. Tipik bo‘z tuproq GK nm. 400. 500. 600. 700. GK va FK larni molekulyar massalari va formulasi GK va FK-lar yuqori molekulyar murakkab organik moddalar bo‘lib, ularning molekulyar og‘irliklari o‘rganish usullariga bog‘liq ravishda biroz o‘zgaradi. GK lar uchun molekulyar massa 1300-3000 gacha ekanligi aniqlangan. FK-lar uchun 200-300 ga teng bo‘lib, aniqlik darajasi past, ya’ni o‘zgarishi mumkin. GK va FK ning formulasini aniqlash ham murakkab ilmiy muammo bo‘lib, undagi elementlar miqdori va atomlar soni orqali umumiy formulasi aniqlanadi. Masalan, GK tarkibi C–57,73 %, H–3,42 %, O-34,57 %, N-4,03 % dan iborat. Element tarkib holidagi foiz miqdorlarini mol yoki atomlar holatiga o‘tkazamiz, buning uchun C = 57,73 : 12,01 = 4,64 H = 3,42 : 1,01 = 3,45 O = 34,57 : 16 = 2,16 N = 4,03 : 14,01 = 0,29 amallarni bajaramiz. Eng kam atom miqdoriga qolganlarini bo‘lamiz, unda C = 4,64 : 0,29 = 16; H = 3,45 : 0,29 = 11,7; O= 2,16 : 0,29 = 7,35; N = 0,29 : 0,29= 1,0 ga erishamiz. Odatda birikmada to‘la bo‘lmagan, ya’ni 0,50; 0,25 atom bo‘lmaydi. Shuning uchun eng kichik shunday raqamga shu miqdorlar ko‘paytiriladi, natijada atomlar to‘liqlashadi. Bizning misolda bu raqam 3 ni tashkil qiladi. Boshqa misollarda esa raqamlar boshqacha bo‘lishi mumkin. Demak, bu modda formulasi ga to‘g‘ri keladi. Molekulyar massasi 1005 ni tashkil qiladi. Molekulyar massa osmometrik, krioskopik, ebuloskopik, dializ, nur tarqatish va boshqa usullar bilan aniqlanadi. Gumus kislotalari bir yoki bir necha azotga ega deb ularning molekulyar massasini aniqlash yaxshi natija beradi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 33-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling