Tuproq kimyosi
Takrorlash uchun savollar
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tuproqda kaliy oltingugurt.
- Tuproqda oltingugurt
Takrorlash uchun savollar
1. Tuproq tarkibidagi fosfor shakllari. 2. Tuproq tarkibidagi fosforning ahamiyati. 3. Har xil tuproqlаrda fosfor shakllari. 4. Tuproq tarkibidagi fosforni ko‘paytirish yo‘llari. Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari 1. Tuproq tarkibidagi fosfor shakllari, tuproq tarkibidagi fosforning ahamiyati. 2. Har xil tuproqlrda fosfor shakllari, tuproq tarkibidagi fosforni ko‘paytirish yo‘llari. MAVZU: TUPROQDA KALIY, OLTINGUGURT Reja:
2. Tuproqda oltingugurt.3. Tuproqlarda oltingugurtning miqdori. Almashinmaydigan K+ almashinadigan K+ erigan kaliyga o‘zaro almashinib turadi. Kaliyning asosiy manbai bu kaliyli minerallar va tog‘ jinslari hisoblanadi. Kaliy tuproq tarkibida quyidagi formula va miqdorlarda bo‘ladi. 43-jadval O‘tloqi saz tuproqlarda kaliy Babikova (1988)
Yalpi kaliy miqdori o‘tloqi saz tuproqlarning profilida deyarli bir xil miqdorda, ya’ni 2,2-2,3% atrofida tarqalgan. Chuqurlik oshgan sayin almashinadigan kaliy miqdori kamayadi. Suvda eriydigan miqdori o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bularning asosiy sababi tuproqdagi kaliy bu eng avvalo, silvin, muskovit, biotit, ortoklaz, dala shpati kabi minerallarning kaliysi bo‘lib, tuproq profilida deyarli bir xil miqdorda tarqalgan. O‘zining tarkibidagi kaliyni tashqariga berish qobiliyati, ya’ni kaliyni o‘zidan chiqarish darajasiga qarab minerallar quyidagicha joylashadi: Albatta minerallardan kaliyning ozod bo‘lishi bu qator sabablarga, ya’ni nurashga va bu jarayonni tezlashtiradigan omillarga, namlikka, issiqlikka, oksidlanish va qaytarish jarayoniga va boshqalarga bog‘liq. Kaliy tuproq eritmasida TSK da ham mavjud bo‘ladi. Eritmadagi kaliy u harakatchan bo‘lib, uni o‘simlik osonlik bilan olishi mumkin. Ammo bu miqdor oz bo‘lib, o‘simlik talabini qondira olmaydi. Minerallar tarkibidagi kaliy esa mustahkam bog‘langan bo‘ladi. TSK tarkibida ham kaliy oz, shuning uchun ba’zi tuproqlarda o‘simlik ehtiyojini qondirish uchun tegishli o‘g‘itlardan foydalaniladi. Kaliyni o‘g‘it tariqasidagi xossalari, o‘simliklardagi miqdorlari va boshqa ba’zi xossalari azot, fosfor kabi agrokimyo kursida o‘rganiladi. Bizga ma’lumki tuproqdagi kaliy almashinmaydigan shakldan almashinadigan holatga ham o‘tadi. Keyingi holatga odatda fiksatsiya jarayoni deyiladi. Bu borada g‘oyalar ko‘p bo‘lib, ulardan biri tuproqda ikkilamchi minerallar yoki boshqa turdagi minerallar hosil bo‘lish jarayonida kaliy elementidan o‘zlarini kristallik panjaralarini ko‘rishda foydalaniladi. Keyingi mineralogik izlanishlar bu fikrni tasdiqlaydi. Shunisi aniqki, mustahkam bog‘langan (fiksatsiya qilingan) kaliyni neytral eritmalar yordamida ajratib bo‘lmaydi. O‘simliklar o‘zlashtira olmaydi. Shu bois bu toifadagi kaliyni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar ko‘p. Izlanishlar natijasida shu qavatli bo‘lgan vermikulit kabi gidroslyudalarga kiruvchi minerallar fiksatsiya jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayon kristall panjaraning kengayishida, ya’ni minerallarni bo‘kish vaqtida kaliy kationini kirishi bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Mineral o‘zining suvini yo‘qotish vaqtida kaliyni siqib chiqarib yubormaydi, aksincha uning panjaradagi holatini zichlashtirish asosida mustahkamlaydi. Bunda mineral yana suv yutishi, yangi miqdordagi kaliyni singdirishga sabab bo‘ladi. Lekin tuproq minerallari tomonidan kaliyni yutilish miqdori cheksiz emas, ya’ni ma’lum miqdordan keyin singdirish to‘xtaydi. Demak, ushbu mineralni kristall panjarasi kaliyga to‘yinadi. Shunisi qiziqki, kaliyga to‘yingan tuproq endi ammoniyni singdirmaydi, ya’ni fiksatsiyalamaydi. Bundan kaliyga to‘yingan, ya’ni fiksatsiyalangan kaliyga boy tuproqlarda o‘simlik uchun kaliy miqdori yetarli deb tushunish uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, Mengel ma’lumotlariga ko‘ra Germaniyaning ayrim yerlarini haydov qatlamida 66 ts|ga miqdorda fiksatsiya qilingan kaliy mavjudligiga qaramasdan bu maydonlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun yiliga o‘g‘it tariqasida 80% kg|ts miqdorida kaliy solinadi. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda tuproqdagi kaliy miqdori solinadigan miqdordan 82,5 barobar ko‘p. Bundan, ya’ni fiksatsiya qilingan kaliyni almashinadigan holatga o‘tkazish qanchalik muhimligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Tuproqda oltingugurtOltingugurtning ba’zi harakatlari azotni eslatadi. Organik birikmalarda kovalent bog‘ hisobiga uglerod bilan birikkan holda bo‘ladi. Tuproqda, organik birikmalarda har xil darajada (S0–S-6) oksidlangan holda bo‘ladi. S ni o‘zini o‘simlik olishi mumkin. S ning suvda eriydigan shakllari ham mavjud. Kaltsiy ko‘p bo‘lgan tuproqlar mintaqalarida, S ning harakatchanligi pasayadi. Bunda u tezda gips holatiga o‘tadi, gipsni eruvchanligi esa past, u tezda cho‘kib qoladi. S ning litosferadagi klarkki 0,05% ona jinslardagi o‘rtacha miqdori 0,06%. Gumid o‘lkalarda S ning asosiy qismi organik modda bilan bog‘langan tuproqlarning A va V qatlamlarida to‘planadi. Nam hududlarning haydov qatlamida 200-1000 kg/ga gacha S organik modda tariqasida bo‘ladi. Odatda V qatlamda S ning miqdori A qatlamga nisbatan kam bo‘ladi. Qo’riq zonalardagi S miqdor jihatidan nam mintaqaga yaqin turadi. Lekin qo’riq mintaqada uning asosiy miqdori mineral shaklda bo‘ladi. Hatto A qatlamdagi S ning ham yarmi va undan ko‘p qismi mineral shaklida bo‘ladi. V qatlami nam hududga o‘xshagan organik S har xil birikmalarda hatto sulfogidril (-SN-) guruhlar tariqasida ham SO4-2 tariqasida ham –S-S- peptid, dipeptid bog‘lar shaklida, oqsillar ko‘rinishida uchraydi. Ba’zi tuproqlarda organik S ni 1/3 qismi aminokislotalar, ya’ni tsistin va metionning tarkibida bo‘ladi. Aminokislotalar oqsillarni vujudga keltiradi, oqsillarda esa 0,5-2% oltingugurt mavjud. Organik S dan tashqari, mineral S tuproqda mavjud bo‘lib, har xil darajada oksidlangan sulfatlar tariqasida qo’riq cho‘l zonalarida tarqalgan. Tuproqda S gips yoki boshqa sulfat tuzlari holida, musbat zaryadlangan kolloid zarrachalar tomonidan yutilgan holda, ya’ni singdirilgan bo‘lishi mumkin. Zovurlanganlik darajasi yomon bo‘lgan gidromorf tuproqlarda metallar bilan birikma holda, ya’ni FeS, FeS2, shaklida ham uchraydi. Tuproqdagi S zahirasi erkin oltingugurt, sulfidlar, sulfatlar, ayniqsa sulfidlar, ya’ni xalkozin Cu2S-mineralning nomi «xalkos» mis so‘zidan olingan, Ag2S-«argentit»-argentum kumush so‘zidan, galenit PbS-«galena» qo‘rg‘oshin so‘zidan, sfalerit ZnS-«sfaleros» aldamchi, «grinokit» CdS-kadmiy aldamchisi so‘zlaridan olingan. Kinovar HgS, millerit NiS, xalkoprit CuFeS2, kubonit, kovelin CuS, auripigment As2S3, realgar AsS, antimonit Sb2S3, vismutin Bi2S3, molibdenit MoS2, pirit FeS2, kobaltin CoAsS, arsenopirit FeAsS va boshqalardan iborat. Lui Tomson va Fredrik Trou Ayova va Kaliforniya shtatlaridagi universitetlar professorlarining ma’lumotlariga ko‘ra sulfidlarga boy tuproqlarni o‘zlashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki bunday tuproqlarda sulfidlar oksidlanib sulfat kislotasini hosil qiladi va sulfidlarga boy tuproqlarda pH 1-2 ga tenglashib qoladi. Shu boisdan ko‘mir qazib olingan yerlarda ekin o‘smaydi, ya’ni u yerda sulfidlar ko‘p. Demak turoq va gruntda H2SO4 ko‘payib pH ni 1-2 gacha pasaytirib yuboradi. Hattoki, bunday tuproqlar tarqalgan maydon atroflaridagi sizot suvlari ham nordon bo‘lib, ularda baliqlar ham yashamaydi. Oltingugurt sho‘r, sho‘r bo‘lmagan tuproqlarning ustki qatlamlarida 0,01-0,02% 0,2-0,4% gacha, asosan SO4 ning eng kam miqdori qumli va qumoq tuproqlarga to‘g‘ri keladi. S ni eng ko‘p miqdori sho‘r tuproqlarda, ayniqsa sulfatli sho‘rlangan tuproqlarda va torfli tuproqlarda uchraydi. Kumushga boy bo‘lgan tuproqlarning ustki qatlamlarida organik oltingugurt ko‘p tarqalgan bo‘lib, umumiy oltingugurtni 70-80 foizini tashkil qiladi. Odatda sho‘r tuproqlarda S ning mineral holdagi miqdori tuproq tarkibidagi gumus kamayishi bilan ortib boradi. Gidromof tuproqlarda sizot suvi tarkibida sulfatlarning mineralizatsiyasi ortishi, tuproqda gips va korbanatlarning ko‘payishiga olib keladi. Tuproqda har xil sulfatli minerallarni uchratish mumkin bo‘lib, ularning eng asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling