Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari


Download 4.87 Mb.
bet10/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari


Sun’iy yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari o‘zining yasalish va sug‘orish obyektlariga joylashtirish sharoitiga qarab, yomg‘irlatib sug‘orish agregatlariga, mashinalariga va qurilmalarga bo‘linadi (quyida bu sabablarning har qaysisini alohida xarakterlab o‘tamiz).
Yomg‘irlatib sug‘orish agregati joyida siljitiladigan maxsus moslama bo‘lib, unga yomg‘irlatib sepadigan mashina o‘rnatiladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi - bir joydan ikkinchi joyga sil¬jitiladigan maxsus moslama bo‘lib, unga yomg‘irlatib sepadigan mashina o‘rnatiladi, lekin sug‘orish agregatlaridan farqi bosim hosil qi¬lib beradigan nasoslar, yomg‘irlatib sepish mashinasidan ajralgan holda bo‘ladi. Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi esa bir joydan ikkinchi joyga siljitilmaydigan qilib o‘rnatiladi va suv sepgichga keladigan suvlar bosimli sug‘orish shaxobchalari yoki nasos stantsiyalarida olib boriladi.

Yaqinga otar yog‘dirish qurilmalari


Hozirgi kunda yaqinga otar yog‘dirish agregatlaridan DDN-100 m, DDA-100m lar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular bog‘lardan tashqari hamma ekinlarni sug‘orishga mo‘ljallangandir. Bu agregatlar maxsus DT-54 yoki DT-75 traktorlariga o‘rnatilib, ikki tomoni yopilgan holda uzunligi 110,3 m bo‘lib, pastki quvurlarda har 10 metrda teshiklar bo‘lib, unga yog‘dirish deflektorlari o‘rnatiladi. Har bir teshikning suv sepish radiusi 5 m.
Ikki tomoni bekilgan agregat traktorga nasos orqali o‘rnatiladi (DDA-100m mashina uchun). Har ish kunida (8 soat) 300 m suv sepib, 6-7 gektar yerni sug‘orish mumkin, bu esa har mavsumda 100-120 ga, agar DDA-100m mashinasida bo‘lsa, 120-150 ga yerni sug‘orishi mumkin.
Yomg‘irlatib sepadigan "Rosa-2" apparati
Sug‘orish suvlari agregatlarga maxsus nasos orqali keladi. Har bir agregatning oralig‘i 120 m chamasi o‘rnatiladi. Sug‘orish shaxobchalari (ariqlar yoki beton lotoklar)ning uzunligi 400 m dan 800 m gacha bo‘lib, chuqurligi 1 m va kengligi 0,5-0,6 m bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki traktor qurilgan maxsus yo‘ldan yurishi suvni bir xilda sepishiga imkon yaratadi.
Bundan tashqari qurilgan yo‘lning qiyaligi 0,001-0,0005 m bo‘lib, agregatlarning harakati 200-1000 m/s bo‘lsa, yog‘ayotgan yomg‘ir yerning ustki qismiga 7-20 mm qalinlikda tushib, sug‘orish normasi 70-200 m /ga atrofida bo‘ladi. Bu esa o‘z vaqtida ham suvdan tejab-tergab foydalanish, ham yerni va o‘simliklar qoplamini bir xilda suv bilan ta’minlash imkonini beradi.

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling