Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


O‘rtacha otar yog‘dirish mashinalari va qurilmalari


Download 4.87 Mb.
bet11/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

O‘rtacha otar yog‘dirish mashinalari va qurilmalari


O‘zi yurar sug‘orish mashinasi, suvni 20-25 m uzoqlikka otadigan, 15-25 m suv ustuni bosimida ishlaydigan purkagichlar o‘rtacha suv otar apparatlari deyiladi.
O‘rtacha otar apparatlar asosan ikkiga: aktiv gidravlik trubinachali va koromisloli apparatlarga bo‘linadi. Koromisloli apparatlar ham ikki xil bo‘ladi. 1. Qo‘zg‘alma deflektorli apparat. 2. Reaktiv kurakli apparat.
1. O‘rtacha otar yog‘dirish qurilmalari bir necha turlardan iborat bo‘lib, shulardan biri SDU № 10 qurilmasidir. Bu qurilmaning 25 m uzunlikdagi qanoti bo‘lib, unga 6 ta o‘rtacha otar apparat o‘rnatiladi. Yomg‘ir qanoti 5 m uzunlikdagi trubalardan iborat bo‘lib, uning suv sarfi 6 l/sek. Bir yomg‘ir sepish vaqti 0,11-0,12 mm/min. Bir joyda turib sug‘ora olish maydoni 0,3-0,5 ga tengdir.
2. DU-50 o‘rta yog‘dirish qurilmasi.Bu qurilmaning har birining uzunligi 246 m li ikkita yomg‘ir yog‘dirish qanoti va har birining uzunligi 36 m li ikkita qo‘shimcha qanotli truboprovodlaridan iborat. Bu qurilmaga hammasi bo‘lib 14 ta SDA-2 apparati o‘rnatiladi.
3. DN-115 o‘rtacha otar mashinasi, bu mashinaning yuqorida keltirilgan qurilmalardan farqi, uning ikkita konsoli bo‘lib, DT-54 traktoriga osiladi. Mashina bir joyda turib, yurib turib yomg‘ir yog‘diradi. Bu mashina suvni ariqlardan olib, maxsus nasoslar yordamida sepadi. Uning suv sarfi 115 l/sek, sug‘orish normasi 300 m3/ga bo‘lganda mashina 7-8 soat davomida sug‘orish imkonini beradi.
4. Hozirga kunga kelib, keng qo‘llaniladigan mashinalardan biri "Fregat" va "Voljanka"dir (DDSH-64). Bu mashinaning ish unumi katta bo‘lib, har xil qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishga mo‘ljallangandir. Misol uchun, Fregat mashinasini ish bajarish tizimini ko‘radigan bo‘lsak, bu mashina maxsus arava tayanchlari ustiga o‘rnatilgan quvurga ma’lum oraliqda joylashtirilgan purkash apparatlari (o‘rtacha otar)dan hamda qo‘zg‘almas tayanchdan tuzilgan.
Quvur uzunligi 9,75 va 4,88 m bo‘lgan quvurlardan yig‘iladi. O‘z tuzilishi va modellarga qarab, Fregat mashinasiga 10 dan 16 tagacha arava o‘rnatiladi. Mashina quvurining maksimal uzunligi 459,8 m, minimal uzunligi esa 197,2 m bo‘lib, mashina quvuri bo‘ylab har 30 m da bittadan arava-tayanch o‘rnatiladi.
Mashina quvuri maksimal uzunlikda olinsa, bir joyda turib tax¬minan 73 (72,6) ga maydonni sug‘ora oladi, agar mashina quvuri minimal uzunlikda olinsa, bir joyda turib 16,2 ga yerni sug‘ora oladi.
"Fregat" mashinasining suv sarfi:30-100 l/sek bo‘lib, o‘rtacha yogdirish intensivligi 0,20-0,32 mm/min. Bu mashinalar bosimli quvurlardan suv oladi.
Hozirgi kunda bu mashinaning mukammallashgani qo‘llanilmoqda. Hozirgi Fregat mashinalarining uzunligi 396 m bo‘lib, bir joyda turib 64,7 ga yerni sug‘ora oladi va shuncha gektar yerni 3-10 sutka davomida bemalol sug‘ora olish qobiliyatiga ega.
"Voljanka" (DKSH-54) mashinasi esa g‘ildiraklar ustiga o‘rnatilgan quvurdan iborat bo‘lib, bir joyda turib ishlaydi va yerda yurib, o‘zi ko‘chib o‘tadi.
Bu mashina qurilmasi quyidagicha tashkil topgan: 2 ta yog‘dirish qanoti, purkash apparatlari, yurgizish aravasi, 2 ta yurish g‘ildiraklari (har qaysi qanotga bittadan), suv olish uzeli, suv tushirish klapanlari va tormozdan iborat.
Yog‘dirish qanoti 32 ta trubadan iborat bo‘lib, ulardan 30 tasining uzunligi 12,6 m dan, ikkitasiniki esa 5,9 m bo‘lib, ular flanetslar vositasida ulanadi. Har qaysi zvenoning bittadan teshigi bo‘lib, unga o‘rtacha otar purkagichlar o‘rnatiladi. Mashina quvuri orqali keladigan suvni bu purkagichlar aylanma harakat qilib sachratadi. Mashinadagi quvur g‘ildiraklar yoki ko‘targichlar vazifasini ham bajaradi. Uzunligi 400 m bo‘lgan quvurga 132 ta g‘ildirak o‘rnatiladi. Mashina quvurdagi suvni to‘kish uchun (boshqa joyga ko‘chirilayotganda) teshikli klapanlari ochiladi.
Hamma yomg‘irlatib sug‘orish asboblari o‘zining suvini sepish radiusi bo‘yicha yaqiniga sepadigan (R<20 m), o‘rtacha sepadigan (R=20-40) va uzoq masofaga sepadigan (R>40 m) agregatlarga bo‘linadi.
Yaqin masofaga sepadigan qurilmalar past naporli, o‘rtacha sepadigani o‘rtacha bosimli va uzoq masofaga sepadigani kuchli bosimliga bo‘linadi.
Bu arava shvellerlardan yasalgan rama bo‘lib, unga dvigatelli reduktor, zanjirli uzatma, g‘ildiraklar va asboblar yashigi o‘rnatilgan bo‘ladi.
Mashina qanotlari yurish o‘qiga perpendikulyar joylashgan bo‘lishi shart, aks holda sug‘orish sifati yomonlashadi.
"Voljanka" mashinasi bir joyda turib 1,44 ga yerni sug‘ora oladi, uning suv sarfi 63 l/sek, suv yog‘dirish intensivligi 0,25-0,80 mm/min. Sug‘orish normasi 300 m/ga bo‘lganda, u soatiga 0,75 ga yerni sug‘oradi.
"Voljanka" yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling