Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


O‘zbekistonda tarqalgan asosiy tuproqlarda eng kam nam sig‘imi va tuproqda tutilib qoladigan umumiy suv jamg‘armasi


Download 4.87 Mb.
bet15/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

O‘zbekistonda tarqalgan asosiy tuproqlarda eng kam nam sig‘imi va tuproqda tutilib qoladigan umumiy suv jamg‘armasi


Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ayonki, sog‘ tuproq eng ko‘p, qumli tuproq esa eng kam nam sig‘imiga egadir. Biroq suv zonasining hammasidan o‘simlik foydalanadi, deb bo‘lmaydi. Chunki suv sof holda emas, balki tutash kuchiga ega birmuncha kontsentratsiyali eritma holda bo‘ladi. Ana shu kuch suvning miqdoriga qarab o‘zgarib turadi: tuproqda suv nechog‘liq ko‘p bo‘lsa, u shu qadar kam kuch bilan va aksincha bo‘lganda esa juda katta kuch bilan tutib turiladi. Nam kamayganda tuproq eritmasining kontsentratsiyasi kamayadi, shu bilan birga osmotik bosim, suv tutish kuchi ham ortadi. Tuproqda suv tutish kuchi atmosfera hisobida o‘lchanadi

Tuproq namligiga qarab suv tutish kuchining o‘zgarishi


Akademik N.Ya.Maksimov (1935) isbot qilganidek, o‘simlik-larda namni alohida batartib qiluvchi mexanizm bor, chunonchi tuproq eritmasining kontsentratsiyasi nechog‘liq yuqori bo‘lsa, o‘simlik naychalaridagi eritma kontsentratsiyasi ham shu qadar yuqori bo‘ladi. Biroq bu xususiyat faqat cheklangan me’yorda ta’sir ko‘rsatadi, tuproq eritmasining kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kuchli sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za o‘smay qoladi. Demak, ana shu kuchni susaytirish va ildizlar suvni to‘liq shimishi uchun qandaydir namlik va sho‘rsizlanish sharoiti yaratish, chunonchi tuproqning suvsizlanishi va sho‘rsizlanishining cheklangan daraja¬sini muhayyo qilish zarur. Ma’lumki, mineral moddalar kontsent¬ratsiyasi taxminan 0,08 – 0,15% bo‘lgan taxminiy hisoblarga ko‘ra eritmaning osmotik bosimi 1 – 1,5 atmosferadan oshmaydi.
Tuproqning eritmasi kontsentratsiyasi kuchsiz hamda namlik kam bo‘lganda tuproqning suv tutish kuchi 0,2-0,5 atmosferani tashkil qiladi.

Tuproqning tuz va nam miqdoriga qarab suv tutish kuchining o‘zgarishi

Sho‘rlanishga moyil yerlarda tuproq eritmasi kontsentratsiyasini pasaytirish maqsadida namlik CHDNS ga nisbatan 75% bo‘lishi lozim. Shunday qilib, tuproqning fiziologik manzur namligi CHDNS ga nisbatan 30-35% ni tashkil etadi. Buni nam taqsimligi yoki sug‘orish normasi deyiladi. Sug‘orish normasi S.N.Rijovning taklif qilgan quyidagi formulasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi:


Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling