Yog‘dirib sug‘orish usuli Yog‘dirib sug‘orish usuli deb, uskunalar yordamida o‘simliklar va tuproqning ustidan sun’iy sug‘orishga aytiladi. Bu usul bilan sug‘orilganda, bir vaqtning o‘zida ham o‘simlik bargi tanasi orqali namlantirilsa, ikkinchidan, tuproqqa kerakli bo‘lgan namlikni yetkazib berish mumkin. Chunki keyingi vaqtda res¬publikada sug‘orish ishlari birmuncha orqada qolmoqda va sug‘o¬rshi tannarxi ancha qimmatga tushmoqda. Misol uchun, bir gektar yerdagi g‘o‘zani sug‘orish uchun 10 va undan ortiq mehnat kuni sarf bo‘lmoqda, bundan tashqari egat olib sug‘orishda sug‘o¬rish texnikasini tanlash va belgilangan ma’lum normada sug‘orish ancha qiyindir. Shuning uchun yog‘dirib sug‘orish usuli bir muncha afzallik tomonlarga ega. Bularga: 1.Tomchila¬tib sug‘orish natijasida tuproqning haydalma qatlamigina emas, bal¬ki o‘simlik va uning atrofidagi tuproq qatlamida (ya’ni mikroiqlim hosil bo‘ladi). 2. Bu usul bilan sug‘orilganda, yer mavsumiy sug‘orish normalarida 30-40% kamayishi bilan birga, ekindan yuqori hosil olishga imkon yaratiladi. 3. Sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan yerlarda suvda oson eriydigan tuzlar sizot suvi bilan birga yer yuzasiga chiqmaydi. 4. O‘q ariq va sug‘orish egatlari olishga hojat qolmaydi, yer tekislash ishlarining hajmi birmuncha kamayadi va past balandli bo‘lgan yerlarni ham osongina sug‘orib olish mumkin. 5. Tuproq zichlanmaydi, ya’ni cho‘kmaydi. 6. Doimiy sug‘orish kanallari o‘rniga har xil hajmdagi trubalar ishlatish yo‘li bilan sug‘orish shaxobchalarining hajmini kamaytirish mumkin. 7. Sug‘orishda chuqur oqadigan kanallarning oqadigan suvlaridan osongina foydalanish mumkin. 8. Yog‘dirib sug‘orishda paxtadan va boshqa qish¬loq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosil birmuncha ortadi, chunki yerlar bunday usul bilan sug‘orilganda, tuproqlarda ketadigan nitrifikatsiya protsessi ortadi va o‘simliklarni ozuqa elementlari bi¬lan ta’minlash metodi uzayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |