Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Download 4.87 Mb.
bet7/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Egat olib sug‘orish

Egat olib sug‘orish oqar suv bilan sug‘orishning eng mukammal progressiv usulidir. Bundan tashqari, bu usul mexanizatsiyadan to‘la foy¬dalanish imkonini beradi.

Egat olib sug‘orilganda, tuproq strukturasi buzilmaydi, tuproq bir tekis namlanadi, tuproq haydalma qatlami sug‘orilgandan keyin zichlanmaydi va qatqaloq paydo bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning havo, issiqlik va oziqlanish tartiboti yaxshilanadi, bundan tashqari har qanday relyefli yerlarni egat olib sug‘orish mumkin, bunda suv tejab sarflanadi, natijada sug‘oriladigan yerning zaxlanish va sho‘r¬la¬nish xavfi bartaraf qilinadi. Shuning uchun g‘o‘za, lavlagi, kanop va boshqa texnik ekinlar faqat egat olib sug‘oriladi.


Egatlarni ikki xil usulda qazish mumkin: ochiq va berk.
Ochiq egatlar nishabi 0,001-0,01 yoki undan qiyaroq yerlardan olinadi, agar nishabi 0,002-0,003 bo‘lsa, egat olib sug‘orish yanada yaxshiroq natija beradi.
Berk egatlar nishabi 0,001-0,0005 va undan ham kichik bo‘lgan yerlar olinadi. Berk egatlarga quyiladigan suv sarfi 1-2 l/sek bo‘ladi. Shunda egatlarning bo‘yi 40 m dan 100 m gacha bo‘ladi.
Egatlarda suvning oqish tezligi sug‘oriladigan yerning relyefiga va uning qay darajada tekislanganligiga bog‘liq, tuproqning mexa¬nik tarkibi yengil va mikrorelyefli murakkab bo‘lgan yerlarda egatlar qisqaroq olinadi. Yaxshi tekislangan yerlarda egat 400-600 m uzunlik¬da va undan ham uzunroq olinishi mumkin. Nishabi kichik yerlarda esa berk egatlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Egatlar yerning nishabiga qaratib olinadi, lekin yerning nishabi 0,02 dan katta bo‘lsa, egatlardan suvning tez oqishiga va tuproqning yuvi¬lib ketmasligi uchun ular gorizontal chiziqlarga nisbatan sal kamay¬tirib olinadi.
Egatlarning uzunligini to‘g‘ri belgilash sug‘orishni to‘g‘ri tash¬kil qilishda katta rol o‘ynaydi. Egatlarning normaga qaraganda uzun oli¬nishi o‘qariqlar olishni osonlashtiradi, lekin bunda ekinzorlar¬ning hamma joyi bir vaqtda yetilmaydi, kultivatsiya qilish grafigi buziladi

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling