Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Tuproq ustidan sug‘orish (bostirib sug‘orish)


Download 4.87 Mb.
bet4/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Tuproq ustidan sug‘orish (bostirib sug‘orish)


Bu usul bilan sug‘oriladigan dala maydonini yoppasiga suv bosadi va suv yerga tikkasiga singadi. Jo‘yak yoki egat olib sug‘orilganda esa suv tuproqqa asosan yon tomonlardan singadi. Sug‘orish usullari ekinlarning turlariga qarab tanlanadi.
Sholini sug‘orishda va tuproqlarning sho‘rini yuvishda asosan bostirib sug‘orish usulidan foydalaniladi, beda va donli ekinlar esa taxtalarga bo‘linib sug‘oriladi. Poliz ekinlari jo‘yaklar olib sug‘oriladi. G‘o‘za, lavlagi, tok, makkajo‘xorilar va shunga o‘xshash ko‘pchilik ekinlar egat olib sug‘oriladi.
Suvdan to‘g‘ri samarali foydalanishda hamda sug‘orish tizimiga normal ekspluatatsiya qo‘llashda sug‘orish texnikasi katta ahamiyatga ega.

Sug‘orish texnikasi:


1. Tuproqdagi suv, havo, oziq moddalar, tuz va issiqlik tartibotlarining agrotexnika tadbirlari hamda tuproq unumdorligi bilan to‘g‘ri, bog‘lab sug‘oriladigan ekinlardan mo‘l hosil yetishtirishni ta’minlash.
2. Tuproqlarni bir tekisda va kerakli miqdorda namlanishi.
3. Tuproq struktura holatini (mayda kesakli) saqlash.
4. Dala ishlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish uchun qulay sharoit yaratish.
5. Sug‘orish tartibotiga qat’iy rioya qilgan holda suvni tejab-tergab sarflash va uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
6. Sug‘orish ishlarini iloji boricha mexanizatsiya-lashtirish va avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish kabi asosiy talablarni qo‘yadi.

Taxtalarga (pollarga) bo‘lib sug‘orish


Bostirib sug‘orishdan oldin sug‘oriladigan maydonlar oldindan tayyorlab qo‘yiladi, buning uchun sug‘oriladigan yerlar har xil kattalikdagi pollarga bo‘linadi. Masalan, yerlarning tekisligi, nishabi va h.k. ga qarab 0,2-0,3-0,5 va 1-1,5 ga kattalikdagi pollarga bo‘linadi va uning to‘rt tomoniga uvat olinadi.
Yerlarning sho‘rlanishi ekin maydonlaridan mo‘l hosil yetish-tirishga imkon bermaydi. Shuning uchun biz qishloq xo‘jalik ekin¬la¬ri¬ni yetishtirishdan oldin tuproqning sho‘rini yuvib olishimiz kerak.
Yerning nishabiga qarab, pollarning eni ko‘ndalanligiga 40 m dan 70 m gacha olinadi, bo‘yi esa dala maydonining uzunasiga, uning nishabiga va polga qancha qalinlikda suv bostirilishiga qarab belgilanadi. Katta nishabli yerlarda ikkala yondosh polning belgisidan ayirma 20 sm dan, kichik nishabli yerlarda esa 10 sm dan, shuningdek pol ichidagi nishab 0,002 dan oshmasligi kerak. Pollarga 10-15 sm gacha chuqurlikda suv bostiriladi. Bostirilib sug‘orishda pollarga quyiladigan suv sarfi 25-50 l/sek bo‘lishi kerak. Tuproqning sho‘rini yuvib bo‘lgandan keyin uvatlar tekislanib yuboriladi, chunki u qishloq xo‘jalik mashinalarining terishiga halaqit bermasligi kerak. Pollar to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida qilinadi. Polning uzun tomoni dalaning kichik nishabli tomoniga qarab tekislanadi.

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling