Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi
Download 4.87 Mb.
|
4-мавзу — (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- M = (wn-wm) •100•dxCE:k.
- CE - sug‘orish paytida bug‘lanib ketgan suv, m3/ga.
- Sholini sug‘orish tartiboti
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Sho‘rlanishga moyil yerlarda tuproq eritmasi kontsentratsiyasini pasaytirish maqsadida namlik CHDNS ga nisbatan 75% bo‘lishi lozim. Shunday qilib, tuproqning fiziologik manzur namligi CHDNS ga nisbatan 30-35% ni tashkil etadi. Buni nam taqsimligi yoki sug‘orish normasi deyiladi. Sug‘orish normasi S.N.Rijovning taklif qilgan quyidagi formulasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi:M = (wn-wm) •100•dxCE:k.Bunda M - sug‘orish normasi, m3 /ga;wn - dala nam sig‘imi quruq tuproq vazniga nisbatan foiz hisobida;wm - sug‘orish oldidan o‘sha qatlamdagi namlik %;d - tuproqning hajm massasi. U 1,3 dan 1,6 g/sm3 gacha o‘zgarib turadi;CE - sug‘orish paytida bug‘lanib ketgan suv, m3/ga.Bu miqdor hisobiy qatlamning nam tanqisligiga nisbatan 10% deb qabul qilinadi. Fiziologik faol tarmoqlangan ildizlarning eng ko‘p to‘plangan (ildiz taraladigan) tuproq qatlamini uning aktiv qatlami deb qabul qilingan bo‘lib, sug‘orish normalari shunga qarab hisoblanadi.Sholini sug‘orish tartibotiSholi serhosil donli o‘simlik hisoblanib, yer sharining yarmidan ko‘p aholisining eng keng iste’mol qiladigan oziq-ovqati hisob¬lanadi.Sholi asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda o‘stiriladi va bunday sharoitda sholidan 2-4 marotaba hosil olinadi. Sholini butun vegetatsiya davri deyarli suvda o‘sishiga qaramasdan, u issiq sevuvchi o‘simlik hisoblanadi. Shunga binoan yoz oylarining umumiy temperatura yig‘indisi 2000°C dan oshsa, o‘simlik yaxshi rivojlanadi. Sholini sug‘orish doimiy suv ostida va tez-tez bostirib sug‘orish bilan olib boriladi ,shulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani bostirib sug‘orishdir. Bunda tuproq sharoitiga qarab suv berish uchta tartibotda olib boriladi.1. Doimiy bostirib sug‘orish - sho‘rlangan ifloslangan yerlar¬da qo‘llanilib, zaharli tuzlarning miqdori 2% dan oshsa va filtratsiya koeffitsiyenti (Fk) 0,5 sm/sut dan kichik bo‘lsa, bu tartibot yaxshi effekt berishi mumkin, lekin o‘simlikning unib chiqishi siyrak¬lashadi. Shuning uchun qisqartirilgan sug‘orish tartiboti qo‘llansa yaxshiroq bo‘ladi. Bu usulda suv oz miqdorda, lekin bostirib beriladi, unda urug‘ unib chiqadigan paytda suv bo‘ktirib berilmaydi va tuproq sho‘rlangan yoki o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda Fk 0,5 sm/sut dan yuqori bo‘lgan yerlar¬da yaxshi natija beradi. Suv o‘tkazuvchanligi yaxshi Fk 2 sm/sut dan oshiq bo‘lgan tuproqlarda vaqti-vaqti bilan bostirib sug‘orish tavsiya etiladi. Bostirib sug‘orish vaqti har 5-6 kunda qaytariladi va bu usul bilan sug‘orilganda, sug‘orish normasi ikki va undan ortiqqa qisqar-tiriladi. Tropik mamlakatlardagina (Vetnam, Hindiston va boshqalar) bir sug‘orish usuli mavjud bo‘lib, u daryo bo‘ylarida ko‘proq qo‘lla¬ni¬ladi. Bu usulda sholi sug‘orilganda toshqin suvlari bilan 2-3 m qalinlikda suv quyiladi. Sholi poyasi esa elastik holga kelib rivojlanadi. Sholini sug‘orish tizimida sug‘oriladigan kartalarga uzunasiga 400 dan 1500 m ga, eni esa 150-250 m qilib olinadi va chor atrofiga marzalar qurilib, gektarga bo‘linadi. Cheklarni maydoni 0,24 - 4 ga dan oshishi kerak emas. Bundan tashqari marzalar shunday qurilishi kerakki, u qishloq xo‘jalik mashinalariga halaqit bermasligi kerak hamda bir vaqtning o‘zida sug‘oriladigan suv bir nechta cheklarga bir vaqtning o‘zida beriladi, chunki bu chiqindi kanallarga suvni bir vaqtda chiqishini taminlaydi. Bizning sholi yetishtiriladigan rayonlarimiz yaxshilab tekislanadi hamda urug‘i ekilib olinadi. Sholi suv va issiqlikni ko‘p talab qilganligi uchun butun vegetatsiya davri davomida 10-15 sm suv qatlami ichida o‘sadi. Sholi dastlab 20-30 kun suvga bostiriladi. Bu davrda sizot suvlarning yuza yoki chuqur turishiga hamda sholipoyadagi suvning oqib ketish tezligiga qarab, har gektariga 20000-30000 m suv sarflanadi. Bu mavsum davomida sholiga berilish lozim bo‘lgan suv normasining 35%i ishlatiladi. Suvga bostirishning ikkinchi davrida sholipoyaga suv 10-15 sm qalinlikda muttasil oqizib qo‘yiladi. Bu davr 70-80 kun davom etadi va beriladigan suv normasining 55 foizi shu davrda sarflanadi. Sholi pishish davrida esa pollardagi suv chiqindi kanallar orqali chiqarilib yuboriladi. Bu davrda berilgan suv mavsumiy sug‘orish norma¬sining 10% ni tashkil etadi. Suvdan foydalanish belgilangan planlar¬da mavsumiy sug‘orish normasi 20-30 ming m3 belgilansa ham, odatda sholini sug‘orish uchun mavsum davomida 45-60 ming m3 suv sarflanadi. Sholini har 5-10 kunda sug‘orib turilganda mavsu¬miy sug‘orish normasini 20-25 ming m3 ga kamaytirish mumkin. Sholipoyalarda issiqlik tartibotini bir me’yorda saqlash maqsadida sholi doim suvda o‘stiriladi. Shunday qilinganda tuproqdagi kun¬duz¬¬gi maksimal temperatura pasayadi, tungi minimal temperatura esa ko‘tariladi. Shuning uchun suv tanqis bo‘lgan paytlarda sholini sug‘orish tizimida vaqti-vaqti bilan sug‘orish lozimdir. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 4.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling