Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Har 800 m masofaga bittadan suv borish quvurlari o‘rnatilib, ularning oralig‘idagi masofa 18 m dir


Download 4.87 Mb.
bet12/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Har 800 m masofaga bittadan suv borish quvurlari o‘rnatilib, ularning oralig‘idagi masofa 18 m dir.

Har 800 m masofaga bittadan suv borish quvurlari o‘rnatilib, ularning oralig‘idagi masofa 18 m dir.

Dvigatelli yurgizish aravasi suv quvurning qoq o‘rtasiga joylashtiriladi.


O‘zi yurar yomg‘irlatib sepadigan "Voljanka" mashinasi

Tuproqni ostidan sug‘orish tarmoqlari va tizimlari


Yer ostida sug‘orish tarmoqlari tuproqning aktiv qismiga, ya’ni 45-50 sm chuqurlikka, sopol quvurlar shox bog‘lamlari, ichiga chaqich yoki tosh shag‘al solingan navlar hamda g‘ovak metallardan quriladi.
Yer nasos stantsiyasining bosimi ta’sirida suv bu tarmoqqa yuboriladi. Sug‘orish quvurlariga (nav yoki shox bog‘lamlariga) keltirilgan suv uning g‘ovak joylari (quvur g‘ovak bo‘lsa) yoki quvurning ulangan joylarida maxsus qoldirilgan tirqish (yopiq)lar (agar quvur g‘ovak bo‘lmasa) orqali chiqib, kapillyar qaytarilish qonuniga hamda tuproqning suv shimish (so‘rish) xossasiga binoan tarmoq atrofidagi maydonni namiqtiradi.
Tuproqning ostidan (ichidan) sug‘orishning ko‘pgina afzalliklari mavjud:
1. Ekin maydonlariga egat olinmaydi, muvaqqat shaxobchalar qurilmaydi, bu esa o‘z o‘rnida qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizatsiyalashtirishga qulay sharoit yaratadi.
2. Yer tekislash ishlari kamayadi.
3. Sug‘oriladigan yerlarda foydalanish koeffitsiyenti (YeFK) oshadi.
4. Yer sug‘orilgach, uning ustida qatqaloq hosil bo‘lmaydi, tuproq aktiv qatlamining strukturasi buzilmaydi.
5. Yerning nami uzoq vaqtgacha saqlanadi, chunki tuproqning ustki 10-15 sm qalinlikdagi qatlami quruqligicha qoladi.
6.6.Begona o‘tlar va o‘simlik zararkunandalari rivojlana olmaydi.
7. Yerni chiqindi suvlar bilan sug‘orishda sanitariya qoidalari buzilmaydi.
8.Ertangi sabzavotlarni yetishtirish maqsadida ilitma sug‘orish (iliq suv berish)ga imkon yaratadi.
9.Sug‘orish ishi avtomatlashtirilganligidan kam mehnat sarflanadi.
Tuproqning ostidan sug‘orishning bunday afzalliklariga qaramasdan bu usul hozircha turli tuproq-gidroleologik sharoitlar hisobiga olingan tarzda yaxshilab ishlab chiqilgani yo‘q. Bunga sabab, birinchidan – sug‘orish tarmog‘i qurishning qimmatiga tushishi, ikkinchidan - sug‘orish yo‘lining filtratsiyaga ko‘proq sarf bo‘lishi, uchinchidan - mexanik tarkibi yengil, qumloq va qumli, shuningdek, toshloq tuproqlarda bu usuldan foydalanishning mumkin emasligi, to‘rtinchidan - quvurning ichiga loyqa tiqilib qolishi kabi kamchiliklar bor.
Endi tuproq ostidan sug‘orish tizimlarini ta’riflaydigan bo‘lsak, bu tizimlar quyidagilardan iborat: 1. Nasos stantsiyasi. 2. Suv keltirish kanallari yoki quvurlar.
Sug‘orish quvurlari, inshootlari, ventillari, jo‘mraklari va boshqalar

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling