1. Muloqot tili bo’yicha:
Ochiq tizim - bu tizimda ma‟lumotlar bazasi bilan muloqot qilish uchun universal dasturlash tilidan foydalaniladi;
Yopiq tizim - bu tizimda ma‟lumotlar bazasidan foydalanuvchilar xususiy muloqot qilish tiliga ega hisoblanadi;
Aralash tizim.
2. Arxitektura tarkibida mavjud darajalar (pag’onalar) soni bo’yicha:
Bir darajali;
Ikki darajali;
Uch darajali.
Umumiy holatda tamoyil jihatidan olib qaralganda, bunda ko„p sondagi darajalarni ajratib chiqish mumkin.
3. Bajaruvchi funksiyalar bo’yicha:
Axborotlarga oid (informatsion) - bunda axborotlarni saqlash va ularga kirish imkoniyatlari mavjud hisoblanadi. Nisbatan ko„proq darajada murakkab qayta ishlashlarni amalga oshirish uchun, maxsus dasturlarni yozib chiqish (ya‟ni, ishlab chiqish) talab qilinadi;
Operatsion - bunda etarlicha darajada murakkab qayta ishlashlarni amalga oshirish mumkin, masalan bevosita ma‟lumotlar bazasi tarkibida saqlanmaydigan tarzda, agregatsion ko„rsatkichlarni xosil qilish, Shuningdek qayta ishlash algoritmini o„zgartirish va hakozo funksiyalarni bajarish mumkin.
Foydalanilish sohasi bo’yicha:
Universal;
Ixtisoslashtirilgan (odatda, aniq masalalarni hal qilishga mo„ljallangan
MBBT). Ob‟ektlarga tegishli MBBT murakkab ob‟ektlarni bevosita modellashtirish uchun, etarlicha kuchli ifodalash imkoniyatlariga ega hisoblanadi.
5. Quvvati (kuchi) bo’yicha:
Shaxsiy kompterlar uchun mo’ljallangan - bunda texnik vositalarga nisbatan yuqori talablar qo„yilmaydi, ya‟ni tannarhning past bo„lishi, yakuniy foydalunuvchining ishlashi qulaylashtirilishi hisobga olinadi;
Korporativ - taqsimlanish tavsifdagi muhitda ishlash ta‟minlanadi, Shuningdek ish unumdorligining yuqoriligi, tizimni ishlab chiqishda jamoaviy ish olib borishning qulaylashtirilishi, bir butunlikda ishlashning boshqarilishi imkoniyatlari rivojlantirilishi va nisbatan boshqa keng ko„lamdagi imkoniyatlar ta‟minlanishi e‟tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |