Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish - bu ma‟lumotlar bazasining sxemasini tuzib chiqish va bir butunlik bo„yicha zaruriy talab qilingan cheklanishlarni aniqlashdan tashkil topadi.
Ma‟lumotlar bazasini loyihalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ma‟lumotlar bazasi tarkibida barcha zaruriy axborotlarning saqlanishini ta‟minlash;
Barcha zaruriy so„rovlar bo„yicha ma‟lumotlarning olinishi imkoniyatlarini ta‟minlash;
Ortiqcha ma‟lumotlarni va bir-birini takrorlovchi ma‟lumotlarni qisqartirish;
Ma‟lumotlar bazasining bir butunligini ta‟minlash.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishning asosiy bosqichlari
Konseptual (infologik) loyihalashtirish - bu predmet sohalari bo„yicha semantik modellarni tuzib chiqishdan tashkil topgan bo„lib, ya‟ni abstraksiya darajasi nisbatan yuqori bo„lgan axborotlar modellarini ishlab chiqishni ifodalaydi.
Bu ko„rinishdagi model qandaydir aniq MBBT va ma‟lumotlar modeliga asoslangan holatda mo„ljal olishsiz yaratiladi. «Semantik model», «konseptual model», va «infologik model» atamalari o„zaro sinonim tushunchalar hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu nuqtai nazardan «ma’lumotlar bazasi modeli» va «predmet sohasi modeli» kabi so„z birikmalaridan foydalanish (masalan - «ma’lumotlar bazasining konseptual modeli» va «predmet sohasining konseptual modeli») teng ma‟noga ega hisoblanishi mumkin, bunday model haqiqiy mavjudlikning timsoli va Shuningdek, ushbu haqiqiy mavjudlik uchun loyihalashtiriluvchi ma‟lumotlar bazasi hisoblanadi. Konseptual ma‟lumotlar bazasi ko„pincha holatlarda o„z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
Axborotlarga tegishli ob‟ektlarning yoki predmet sohasining tushunchalari va ular o„rtasidagi o„zaro aloqadorliklarning tavsiflanishi;
Bir butunlikning cheklanishlarini tavsiflash, ya‟ni ruxsat etilgan ma‟lumotlarga va ularning o„zaro bog„lanishlariga qo„yiluvchi talablar mavjud hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |