Tuproqshunoslikda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratish va saqlash


Mantiqiy (datalogik) loyihalashtirish


Download 162.83 Kb.
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi162.83 Kb.
#1057475
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tuproqshunoslik

Mantiqiy (datalogik) loyihalashtirish - aniq ma‟lumotlar modeli, masalan
- ma‟lumotlarning relyasion modeli asosida ma‟lumotlar bazasining sxemasini yaratish hisoblanadi.
Ma‟lumotlarning relyasion modeli asosida ishlab chiqilgan datalogik model - bu odatda, birlamchi kalitlarni, Shuningdek tashqi kalitlardan tashkil topgan aloqadorliklar o„rtasidagi «bog’liqliklar»ni ko„rsatish asosida tuzib chiqilgan aloqadorliklar sxemasi to„plami hisoblanadi.
O„z navbatida, konseptual modelning mantiqiy modulga qayta o„zgartirilishi amalga oshirilishi uchun, rasmiy belgilangan tartib- qoidalar asosida ish tutiladi. Bu bosqich sezilarli darajada avtomatlashtirilishi mumkin.
Mantiqiy loyihalashtirish bosqichida ma‟lum bir aniq ma‟lumotlar modelining o„ziga xos jihatlari hisobga olinadi, biroq aniq turdagi MBBTning o„ziga xos jihatlari hisobga olinmasligi mumkin.
Fizik loyihalashtirish - bu aniq turdagi MBBT uchun ma‟lumotlar bazasini tuzib chiqishdan tashkil topadi. Aniq turdagi MBBTning o„ziga xos spetsifik jihatlari o„z tarkibiga ma‟lumotlar bazalari ob‟ektlarining nomlanishlaridagi cheklanishlar, ma‟lumotlar tiplari bilan ishlashning cheklanishi va hakozo shunga o„xshash holatlarni qamrab olishi mumkin. Bundan tashqari, fizik loyihalashtirish jarayonini amalga oshirish davomida aniq turdagi MBBTning o„ziga xos spetsifik jihatlari ma‟lumotlarni saqlashning fizik muhiti bilan bog„liq bo„lgan echimlarni tanlab olish (jumladan, diskdagi xotirani boshqarish uslublarini tanlash, ma‟lumotlar bazasining fayllar va qurilmalar bo„yicha bo„lib chiqilishi, ma‟lumotlarga kirish uslublarini tanlash), indekslarni yaratish va hakozo shunga o„xshash holatlarni ham o„z ichiga qamrab olishi mumkin.
Odatda, relyasion ma‟lumotlar bazasini loyihalashtirish davomida me‟yoriylashtirish (normalizatsiya) deb nomlanuvchi jarayon amalga oshiriladi. «Mohiyat-aloqadorlik» modeli (ingliz tilida - «entity-relationship model» deb nomlanadi) yoki ER-modeli 1976-yilda P.Chen tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, predmet sohasiga tegishli bo„lgan semantik modellarning (konseptual, infologik) nisbatan tanish bo„lgan turlaridan biri hisoblanadi. Odatda, ER-modeli grafik shaklda ifodalanadi, bu shakl P.Chen tomonidan keltirilgan asl notatsiyalarda - ER-diagramma deb nomlangan yoki boshqa grafik notatsiyalardan (Crow’s Foot, Information Engineering va boshqalar) foydalanish bilan birgalikda qayd qilinadi.
«Mohiyat-aloqadorlik» modelining asosiy afzalliklari quyidagilardan tashkil topgan:

  • Ko„rgazmalilik;

  • Bu model ob‟ektlar va atributlarning nisbatan ko„p sonda bo„lishi bilan tavsiflanuvchi ma‟lumotlar bazalarini loyihalashtirish imkonini beradi;

  • «Mohiyat-aloqadorlik» modeli ko„plab ma‟lumotlar bazalarini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirish tizimlarida (masalan, ERWin) foydalaniladi;

«Mohiyat-aloqadorlik» modelining asosiy tarkibiy elementlari quyidagilardan tashkil topgan:

  • Ob‟ektlar (mohiyatlar);

  • Ob‟ektlarning atributlari;

  • Ob‟ektlar o„rtasidagi bog„liqliklar.


Download 162.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling