Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Marganets, temir, alyuminiyning amorf oksidlari


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

1. Marganets, temir, alyuminiyning amorf oksidlari
tuproq 
tarkibida uchrab turadi. 
Vadilar
. Marganes ikki oksidli qora-qo‘ng‘ir, shokolad rangdagi 
minerallardan iborat bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdorda suv va boshqa 
qo‘shimchalardan shakllangan vadi tarkibida kaliy, mis, rux, kobalg‘t, 
bariy, nikelg‘ va boshqa elementlar uchraydi. 
Psilomelanlar
. Marganes yoki marganes kislotasining tuzilishidan 
iborat bo‘lgan metakolloid yoki kristallik tuzilishiga ega. Ba’zi olimlar 
psilomelanlarni polipermanganat toifasida quyidagi formulaga –
(R
1
Mn)OmMnO

·hH
2
O to‘g‘ri keladigan moddalar qatoriga kiritishgan. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
59 
Vadi bilan psilomelanlar tabiatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ammo 
birinchisi akkumulyativ qaytarilish, ikkinchisi esa oksidlanish sharoitida 
hosil bo‘ladi. 
Vernadit, pirolyuzit, manganit
. Marganes oksidining bunday 
minerallari o‘zaro aralashgan yoki psilomelan va vadilar bilan birgalikda 
keng tarqalgan bo‘ladi. 
Vernadit
– MnO
2
· H
2
O amorf yoki kuchsiz kristallik, yersimon 
kollomorf, konkreksiya shaklidagi mineraldir. 
Pirolyuzit
- MnO
2
metakolloid yoki soxta kristallik qora yer 
rangidagi konkretsiyalar yoki plitalar shaklida uchraydigan mineraldir. 
Manganit
– Mn
2
O
3
· H
2
O kristallik va metakolloid holatda bo‘lib, 
po‘stloqsimon, sferik, qazilmalar shaklida konkretsiyalar hosil qiladi. 
Limonit, gematit, magnetit
. Limonit tuproq, yemirilish po‘stlog‘i 
va yotqiziqlarda temirning suvli minerali Fe
2
O
3
· H
2
O nH
2
O sifatida 
uchraydi. Temirning suvli gidrooksidi tuproqqa qo‘ng‘ir, qora-qo‘ng‘ir, 
jigarrang, qizg‘ish va qizil ranglarni berib, konkretsiya, plita sifatida va 
qattiq po‘stloq tuzilishdagi marganets bilan birgalikda hosil bo‘ladi. 
Tuproqda bu toifadagi birikmalar asosan amorf holatdagi temir gidrooksidi 
Fe(OH)
2
va Fe(OH)
3
hisoblanadi. U temir sulg‘fatli kolloidlar FeS · nH
2

bilan birikib, torf, loy qatlamlar, sho‘rxok yerlarda rangni hosil qiladi. 
Biroq bu moddalar o‘z tarkibidagi suvni yo‘qotib limonit, magnetit 
(Fe
2
SO
4
) va gematitni (Fe
2
SO
3
) vujudga keltiradi. Temir oksidlari sernam 
tuproqlarda uning unumdorligini oshiradi hamda subtropik tuproqlarda 
fosfor va organik kislotasini yutishda faol qatnashadi. 
Alyumosilikatli minerallar yemirilishi natijasida tuproq eritmasi va 
kolloidlarda alyuminiyning amorf birikmalarini hosil qiladi. Alyuminiy 
gidrooksidining minerallari subtropik, tropik va botqoqli tuproqlarda 
to‘planadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling