Turdialiyeva-sh pdf
III BOB. O ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI TAFAKKUR
Download 436.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tafakkur fe\'llari
III BOB. O ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI TAFAKKUR
ʻ FE'LLARINI O RGANILISHI NATIJALARI ʻ 3.1- §. Ingliz va o zbek tafakkur fe'llarning freym tahlili ʻ “Freym” tushunchasining lingvistik atama sifatida tilshunoslikka kirib kelib bugungi kunda eng ko p talab darajasida ishlatiladigan tahlillardan biri ʻ hisoblanadi. Tafakkur fe’llarining freym tahlilini tahlilning mohiyatidan kelib chiqib xulosa qilamiz. 47 Lisoniy faoliyat kognitiv tahlil nazariyasining tayanch tushunchalari bo lgan axborotni jamlash va qayta ishlash, bilim zahirasi, kognitiv qolip, ʻ konseptual tizim kabilar ekanligi aytib o tildi. Ushbu tushunchalar o zaro ʻ ʻ munosabatda, zero, ulardan biri amalga oshishi uchun ikkinchisi shakllangan bo lishi kerak. Darhaqiqat, bilimni jamlash va saqlash uchun o zlashtirilgan bilim ʻ ʻ kognitiv qolipga binoan ixchamlashtirilishi zarur. Kognitiv qoliplar (konsept, obraz) bo yicha bilimni ixchamlashtirish uchun shu konseptual tizim birliklari ʻ (freym, skript, ssenariy, geshtalt kabilar) tusini olmog i darkor. ʻ Lisoniy belgining ma’lum ma’noga ega bo lishi belgining voqelik bilan ʻ to g ridan-to g ri munosabatda ekanligida emas, balki belgining shakl olishi va ʻ ʻ ʻ ʻ mazmuni insonning faoliyat tajribasi bilan bog liqligidadir ʻ 59 . Insonning har qanday axborotni egallashi bevosita uning xotirasida saqlanayotgan oldingi ʻ tajribasi va bilimi doirasi miqyosida amalga oshadi. Har bir inson xotirasida ma’lum miqdordagi bilimlar strukturasi zahirasi saqlanadi va aynan shu zahira axborotni qabul qilib idrok etish vositasi rolini o taydi. Boshqacha aytganda, har ʻ bir shaxs ongida «freymlar turi to plami» mavjudkim, ushbu to plam bilim va ʻ ʻ idrok faoliyatini ma’lum ko rinishdagi «andoza»lar asosida amalga oshishini ʻ ta’minlaydi. Freym xuddi shu guruhdagi andozali strukturalar qatoriga kiradi. «Freym» (Frame) tushunchasining ilmiy qo llanishga kiritilishi komputerni dunyoviy bilim ʻ imkoniyatlari bilan ta’minlash va sun’iy intellect nazariyasi rivojlantirish borasidagi intilishlar bilan bog liq. Komputer bilimlari bo yicha mutaxassis ʻ ʻ Marvin Minskiy freymni «andozali voqelik holatini aks ettiruvchi axborot strukturasi» deb ta’riflaydi . 60 «Freym» tushunchasini tilshunoslikka birinchilardan bo lib Ch.Filmor ʻ tatbiq etdi 61 . Ammo oldingi tajribaning yangi axborotni qabul qilish va idrok etishdagi rolini maxsus o rgangan psixolog F.Bartlett ushbu faoliyat «bilishning ʻ stereotip namunalari hamda ma’lum ijtimoiy guruh uchun xos bo lgan normalar ʻ 59 Кравченко А. В. К когнитивной теории времени и вида //Филологические науки. 1990. № 6. С. 81—90. 60 Minsky 1975: 212; Minskiy 1979. 61 Fillmore, Charles J. 1985. Frames and the semantics of understanding. QuadernidiSemantica, VI(2):222–254. 48 (me’yorlar)» zamirida kechishini ta’kidlagan 62 . F.Bartlett fikricha, inson har qanday axborotni qabul qilishda oldindan tayyor strukturalardan foydalanadi va ushbu andozaviy tuzilmalar axborotni eslab qolish, xotirada saqlash vazifasini osonlashtiradi 63 . Bundan tashqari, freymga monand bo lgan sxema nazariyasiga ʻ asos solinishi xotirada iz qoldirgan oldingi tajribaning yangi axborotni qanday yo l bilan faol idrok etilishiga ta’sir ko rsatishi masalasini oydinlashtirishga ʻ ʻ imkon beradi. Tilshunsolikda talab darajasida bo lgan bir necha metod qo llaniladi: ʻ ʻ umumiy metodlari va lingvistik tahlil metodlari. Bular ham bir qancha kichik sohalarni o z ichiga oladi. Kognitiv lingvistikada ba’zi bir metodlar borki, ular ʻ juda ham muhim bo lib, bu fanni chuqurroq tushunishga yordam beradi, ular: ʻ 1) freym tahlili; 2) kognitiv metafora; 3) kognitiv xarita. Freym atamasi ilk bora sun’iy tafakkur bilan bog liq muammolarni ʻ yechishga qaratilgan bo lsa, keyinchalik tilshunoslikda ham qo llanila boshladi. ʻ ʻ Bu terminni ilk bora tilshunoslikka ta’tbiq qilgan olim Filmor bo ladi. Bizga ʻ ma’lumki, insonning miyyasida tajribalarga suyangan ma’lum miqdordagi bilimlar zaxirasi bo ladi va inson axborotni shu zaxiraga asoslanib tatbiq qiladi va ʻ idrok etadi. Inson borliq yoki u–bu holatlarni anglashda o z bilimlarini, ya’ni ʻ xotirasidagi freymlarni qo llaydi. Turli olimlar va tilshunoslarning fikrlarini ʻ umumlashtirgan holda frem atamasiga quyidagicha izoh berish mumkin: 1) freym bu kognitiv til hodisasi; 2) u ob’ekt haqidagi bilimlar tafsilotlari; 3) ob’ekt va sub’ekt munosabati haqidagi bilimlar; 4) sotsial o zaro harakat majmui. ʻ 62 Гриднева H.H. Роль когнитивных и грамматических факторов в создании семантико-синтаксической организации конструкций со свернутыми сентенциональными комплементами: Автореф. . канд. филол. н., СПб, 2005. – C. 7. 63 Клишин, А. И. Конкретные и абстрактно-метафорические значения в структуре глагола: проблемы семантики (на материале английского языка): Автореферат дис. . д-ра. филол. наук (специальность 10.02.19) / А. И. Клишин. СПб., 2000 – C.11. 49 Filmorning fikriga ko ra freym – bu konseptual nuqtai nazarda ʻ ifodalanadigan va uzoq muddatli xotirada saqlanadigan, tartibga solingan tajribadir. Freym ba’zi elementlarni inson tajribasidagi madaniy manzara bilan bog liq bo lgan birliklar bilan bog laydi. Filmor shuni ta’kidlaydiki, so zlar va ʻ ʻ ʻ ʻ Grammatik qurilmalar freymga bog langan bo ladi, ya’ni biror so zga (yoki ʻ ʻ ʻ Grammatik strukturaga) bog liq bo lgan ma’no o zi bog langan freymdan mustaqil ʻ ʻ ʻ ʻ tushunilmaydi. 1985–yildagi maqolasida ma’lum bir leksik konseptdan freymni farqlash maqsadida Filmor Geshtalt psixologiyasidan shakl va qiziqish doirasi tushunchalarini tilshunoslikka kiritgan. Leksik birlik bildirgan maxsus ma’no shakllarda aks ettiriladi va shakl tushuniladigan qiziqish doirasini ifodalaydigan kattaroq freymning ahamiyatli bir qismi bo lib xizmat qiladi. Shu sababli freymlar, ʻ masalan, bir biriga bog liq so zlar guruhini tushunishda va ularning Grammatik ʻ ʻ xususiyatlarini aniqlashda muhim rol o ynaydigan kompleks bilim strukturasini ʻ ifodalaydi 64 . D .U. Ashurova freym tahlili va atamsini quyidagicha ta’riflaydi: idrok qilishjarayonida maxsus til shakllari alohida o rin tutadi, ularning yordami ʻ bilan bilim strukturasi tayyorlanadi va ular freymlar deb ataladi. Shuningdek, sxema, senariy, plan va shu kabi terminlar ham mavjud. Ba’zi arzimas farqlarga qaramay, bu terminlarning barchasi shunday fikrni yuzaga keltiradiki, bilim alohida olingan faktlarning emas, balki murakkab iyerarxik tizimning, ma’lumotlarni taqdim etishning kognitiv modelining yig indisi hisoblanadi. Til ʻ strukturasi va ularning aqliy modellari o rtasidagi aloqani o rganish freym analizi ʻ ʻ deb ataladi. Matn freym analizi bosqichma bosqich jarayon bo lib, u o z ichiga ʻ ʻ quyidagilarni oladi: a) Konseptual muhim freymlarni ifodalovchi og zaki signallarni qidirish; ʻ b) Ularning freym semantikasini, o zaro bog liq, majoziy, kontekstual ʻ ʻ bog lanishlarini topish; ʻ c) Bilim strukturasini, kontekstual va muammoviy vazifalarni faollashtirish; 64 Evans, V., &Green, M. (2006). Cognitivelinguistics: Anintroduction. – LawrenceErlbaumAssociatesPublishers. – р.222. 50 d) Matn ko rinishidagi ma’lumotni konseptuallashtirish (umumlashtirish, ʻ xulosachiqarish, og zaki signal va ularning freymlari asosida bilim hosil qilish). ʻ Professor D.U. Ashurova freym analizini shunday aniq ochib beradiki, bu tahlilni keltirmay ilojimiz yo q. Analiz jarayonining barcha bosqichlari kognitiv ʻ matn tahliliga o z hissasini qo shadi. Freym analizi jarayonida yetishmaydigan ʻ ʻ yashirin komponentlar va ularning bog lanishlari qayta tiklanishi mumkin; ʻ yashirin ma’no va xulosalar chiqariladi. Eng qiziqarli fakt shuki, freym analizi badiiy asarlarda ham ataylab ishlatilishi mumkin 65 . Hugesning "Men ham amerikalikman" nomliasari bunga yorqin misol bo la oladi. Matnni tahlil qilishda ʻ davom etishdan avval shuni ta’kidlash joizki, tahlil ostidagi matn dialog ko rinishida hamda u asar muallifi va asar qahramonlaridan biri, Simpl, yosh ʻ amerikalik qora tanli bilan tasavvuriy suhbatdir. Asarda asosiy e’tibor irqiy kamsitilishga qaratilgan. Bu muammoga qora so zining tahlili orqali qaralgan. ʻ Aslida, ushbu analizni freym tahlili deyish mumkin. Goh yozuvchi, goh Simpl tomonidan gavdalantirilgan murojaat etuvchi obrazi qora so zi va uning salbiy ʻ ma’nolarini muhokama qilib, tushunishga yordam beradigan til strukturasi va ensiklopedik bilimni ko rsatib beradi ʻ 66 . Ushbu so zning ma’nosi murojaat ʻ etuvchining xotirasida saqlangan hayot voqeliklari bilan bog liq va turli til ʻ birliklari yordamida matnda aks ettirilgan: qora to p, qora ro yxat, qora yurak, ʻ ʻ qora xat, qora bozor, qora mushuk, qora mantiq, qora dog , qora qo y (oila sha’ni ʻ ʻ toptalishiga sabab bo lgan o sha oila a’zosi). Bu so zlar freym va fikr ʻ ʻ ʻ shakllantirgan salbiy ma’nolarni aniq ko rsatib beradi. Misol uchun, "qora ʻ mushuk" iborasi "omadsizlik" tushunchasi bilan bog liq, chunki ko pchilik ʻ ʻ millatlarda yo lni qora mushuk kesib o tishi omadsizlik, deya baholanadi. ʻ ʻ Download 436.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling