Turizmda marketing xizmatini tashkil etish
Download 54.42 Kb.
|
turizmda marketing kurs ishi300
Turistik mahsulot – sayohat davrida paydo bo’ladigan, turist ehtiyojini qondirishga kerak bo’ladigan, iste’mol qiymatiga ega bo’lgan moddiy va nomoddiy mahsulotlardir. Turistik mahsulot uch qismdan iborat: tur (aniq marshrut bo’yicha turistik harakat); turistik – ekskursiya xizmatlari ( joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlari, ekskursiya dasturlari va sayohat maqsadiga taaluqli bo’lgan marshrutdagi boshqa xizmatlar ) va iste’mol tovarlari.
Turistik xizmatlar bozorini yaratish, milliy turistik majmuani rivojlantirish, turistik faoliyatni tijoratlashtirish, turtistik korxonalar faoliyatiga amalda marketing tamoyillarini tadbiq qilish zarurligini ko’rsatyapti. Turizm sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish mazmuni turizm bozorini segmentatsiyalash, turistik mahsulotning bozordagi mavqeini aniqlash, aloqa vositalaridan foydalanish, turistik xizmatlarga bo’lgan to’lovga qobiliyatli talabni miqdoriy va sifatli baholash kabi masalalarni hal qilishni talab etadi. Turizmda marketingni samarali rivojlantirishning quyidagi shartlari bor: erkin bozor munosabatlari, ya’ni mahsulotlar bozorini, hamkor sheriklarni tanlash imkoniyati, erkin narx o’rnatish, tijorat muzokaralarini olib boorish; firma maqsadini, strategiyasini, boshqaruv tuzilmasini, byudjet bandlari bo’yicha mablag’larni taqsimlashni aniqlash uchun turistik korxona ichki ma’muriyatining erkin faoliyati; turistik firmalarning kuchli raqobat kurashi. Bu shartlar umumiy turizm bozori uchun xarakterli hisoblanadi. Lekin bozorlarning alohida segmentlari taraqqiyoti darajasida bir qancha farqlar ham borligini ta’kidlash lozim. Bugungi kunda bemalol gfapirish mumkinki, chiqish turizmi bozori to’yingan bozor hisoblanadi, ya’ni xorijiy turlarning katta takliflari ko’p. Xorijiy sayohatlarni taklif qiluvchi turistik firmalar bugungi kunda iqtisodiy mustaqillik va qattiq raqobat ostida ishlayaptilar. Turistik korxonalarning hozirgi holatini tahlil qilish asosida ularo’z faoliyatlarini rejalashtirish,o’rganish, bozorni yangi segmentlarini tanlash kerak degan qarorga kelishyapti. Bunday segmentlardan biri bo’lib aniq shartlarda milliy turizm bo’lishi kerak. Maxsus dastaklarda ishlab chiqilgan marketing nazariyasi va amaliyoti, o’zgaruvchan bozor shartlariga mos keluvchi korxona faoliyatini, talabni mo’ljallash imkonini beradi. Turistik klaster taraqqiyoti uchun marketing kontseptsiyasi zarurligi asosiy rol o’ynaydi. Turistik marketingning asosiy maqsadi ko’rsatiladigan xizmatlarni tashkil etish, iste’molchi segmentidagi talabni qondirishga kuchli mo’ljallangan va xizmat ko’rsatishning samaraliroq shakl va uslublarini qo’llash hisoblanadi. Turizm sohasidagi tashkilotlar va korxonalar faoliyatining asosiy maqsadi turli xil bo’lishi mumkin: hududga imkon qadar ko’proq turistlarni jalb qilish, bozordagi ulushni egallash, foydani ko’paytirish va boshqalar. Lekin bozor sharoitida bu maqsadlarga marketing bilimlari va uslublarisiz erishib bo’lmaydi. Turizm sohasida marketingdan foydalanish quyidagi darajalarga bo’linadi: Download 54.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling