Turk xalqaro tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti
Download 237.63 Kb.
|
Ot va uning turlari 3 чи мавзу(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turk tilida
Tayanch tushunchalar: ot (ad, isimj, aniq otlar (somut adlar), mavhum otlar (soyut adlar), atoali otlar (ozel adlar), turdosh otlar (cins adlari), ko'plik otlari (gogul adlar), guruh otlari (topluluk adlan), sodda otlar (yalin adlar), yasama otlar (turemi§ adlar), turlanish (qekim), egalik (iyelik), oidlik (aitlik), kelishik (durum, hal), kichraytirish (kiiQultme), otdan ot yasovchi qo ‘shimchalar (isimden isim yapan ekler), fe 'ldan ot yasovchi qo ‘shimchalar (fiilden isim yapan ekler). Ot turk tilida adyoki isim deyiladi.
Turk tilida Ot va uning turlari Ot va uning turlari (ad ve ge§itleri) Mavzuning o‘quv maqsadi: turk tilidagi ot, uning ma’no turlari, turk tilidagi kelishik qo‘shimchalari haqida maTumot berish; turk tilidagi otning ko‘plik shakli, otlardagi egalik qo‘shimchalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. Turk tilshunosiigida ot keng ma’noda, bir nechta turkum (ot, sifat, son, oimosh va ravishjni o‘z ichiga oluvchi umumiv so‘z turkumi hisoblanadi. Bularning ichidan ot turkumiga kiruvchi so‘zlar predmet yoki hodisalarning asl nomlaridir: masa (stol), kapi (eshik, darvoza), araba (mashina, arava), i$ik (chiroq, yorugTik) kabi. Sifatpredmetning belgi nomidir: buyilk (masa), demir (kapi), yeni (araba), kirmizi (i§tk) kabi. Son predmetning miqdori va siralash tartibini bildiruvchi nomdir: bir, iki, otuz, sekizinci, ytizde elli, birer, onar kabi. Olmoshlar predmetlarni atash, ko‘rsatish, belgilash yoTi bilan ifodalovchi so‘zlardir: ben, sen, bu, §u, o, kim, kirni va h. Ravishlar makon, zamon, holat nomlaridir: ileri, a§agi, dtin, §imdi, boyle, gok kabi. Demak, turk tili grammatikasida ot deb nomlangan umumiy so‘z turkumining besh xil turi (ot, sifat, son, olmosh, ravish) mavjud ekan. Voqelikda yoki tasavvurda bir borliqning ism (nom)i boTgan so‘zlarga ot deyiladi: Turgut, Ay§e, ta§, kum, ku§, nefret, dtiyunce vah. Asl otlar (Asdadlar). Turktilshunosligida«ot» atamasining feT atamasiga teskari tushuncha ekanligi ta'kidlanadi. Bu ma’noda «ot» deyilganda, otlardan tashqari sifatlar, sonlar, ravishlar va olmoshlar ham tushuniladi. Sintaktik qurshovda fe’l bilan yonma-yon keluvchi so‘z - ot deb; sifat, son, ravisb va olmosh bilan yonma-yon keluvchi 21 www.ziyouz.com kutubxonasi ot esa asl ot deviladi. Asl otlar jonli, jonsiz barcha mavjudot va tushunchalaming nomidir: gocuk, gigek, Istanbul va h. Dunyodagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlar. predmetlar va voqea-hodisalarni ko‘rish, qo‘l bilan tegish, hidlash mumkin: agag, su, gocuk, ev, yagmnr va h. Lekin, goniil, sevgi, ozgiirluk kabi tushunchalar borki, ularni ko‘rish, qo‘l bilan tegishning iloji yo‘q. Shu nuqtai nazardan otlami ikki guruhga ajratish mumkin: 1. Aniq otlar (somut adlarj; 2. Mavhum otlar (soyut adlar). Aniq otlar (Somut Adlar) muayyan (konkret) predmet, borliqdagi barcha narsaning nomlaridir. Ularni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan tutish munrkin: ta?, kavak, giivercin, gigek, sandalye va h. Mavhum otlar (SoyutAdlar). Insonning ongida mavjud boMgan, qo‘l bilan tutib, lco'z bilan ko‘rib boMmaydigan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlami mavhum (abstrakt) otlar deymiz. Ular turk tilshunosligida soyut adlar deyiladi. Bular duygu (luyg'u), geref (nomus, shon-sharaf), ayk (ishq, sevgi), nefret (nafrat), diiyimce (fikr, tushuncha), diifmanhk (dushmanlik) kabi so‘zlardir, MaMumki, otlar o‘z (asosiy) ma'nosidan tashqari ko‘chma mamolarda ham qoMlanadi. Masalan, “stolning oyog‘i ”, “kemaning bum i” kabi. Agar “odamning oyog‘i” birikmasini olsak, “stolning °yog‘i ” birikmasidagi “oyoq” so‘zining ma’nosi paydo qilingan, ya’ni yasama ma!no hisoblanadi. Demak, ma'no kengayishi yo‘li bilan, ko‘pincha, aniq ot mavhum ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, turkcha yiirek so'zi o‘z ma'nosida qo'llanganda inson tanasining muhim a’zosini bildiruvchi aniq ot boMsa, ko‘chma ma’noda jasorat, qo‘rqmaslik ma’nosini ifodalab, inavhum otga aylanadi. Otlar asl va ko‘chma ma'nolaridan tashqari munosabat va o‘xshashlik vo'li bilan bir tushunchani anglatgan holda, majoziy ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, turkcha yuva so‘zi “uya” (qush uyasi) va “uy” (insonlar yashaydigan joy, makon) ma’nosida, ekmek so‘zi “non” (inson ozigM) va “kun kechirish uchun ishlab topiladigan mablag‘”, yoki koltuk - “o‘tiradigan uy jihozi” (mebel turi) va “lavozim”, “mansab” ma’nosida qoMlanadi. Bu misollardagi majoziy ma’no to‘g'ridan-to‘g'ri predmetning nomini bildirmaydi, nutqda ifodaviylikni oshirish, ma’noni kuchaytirish maqsadida qoMlanadi. 22 www.ziyouz.com kutubxonasi Aniq otlardan bir guruhi faqatgina bir borliq yoki muayyan bir guruhni ko‘rsatishga xizmat qiladi: Turgut, Sarman (mushukning oti), Adana, htanbul, Rize va h. Bular atoqli otlar (6zel adlar) dir. Atoqliotlar (OzelAdlar). Atoqli otlarjonli mavjudotlar, predmet va narsalarning dunyoga kelgandan keyin olgan xususiy nomlaridir. Atoqli otlar dunyoda yagona, o‘xshashi bo'lmagan mavjudot va predmetlarni bildiruvchi so'zlar, inson, hayvon va joy nomlaridir. Boshqa bir shaklda turk tilshunoslari ularni “taqib qo‘yiladigan” ma’nosida “yorliq otlari” harn deyishadi: Ahmet, Ihrahim, Erol, Tiirkan, Yilmaz, Tolga, Ankara, Almanya kabi. Download 237.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling