«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
“Ittihodi taraqqiy” Turkiston o’lkasi xalqlarining siyosiy uyg’onishi va
demokratik hayotida muhim rol o’ynagan tashkilotlardan biri “Ittihodi taraqqiy” (“Taraqqiyparvarlar uyushmasi”)dir. U 1917-yil, avgustda Toshkentda tashkil topdi 109 . Unga rasman Turkiya muhojirlari Usmonbek bilan Haydar afandi rahbar bo’lsada, amalda Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’siri kuchli edi. Jamiyataing dasturi turk tilida tuzildi. Munavvarqori esa uni o’zbek tiliga ag’dardi. Mazkur dastur avgust oyida Munavvarqorining uyida bo’lib o’tgan jamiyat a’zolarining yig’ilishida qabul qilindi va jamiyatning uch kishilik boshqaruv organi-rayosati (prezidiumi) saylandi: Usmonbek rais, Haydar Afandi esa rahbar bo’ldi. Uchinchi kishi mahalliy taraqqiyparvar jadidlardan bo’lishi kerak edi. Uni tanlab, kooptatsiya qilish vakolati Usmonbek bilan Haydar afandiga berildi. Bu o’ringa Munavvarqori kooptatsiya qilingan bo’lsa kerak, degan taxminlar bor. Jamiyatning dasturi hozircha topilgan emas. “Ittihodi taraqqiy” asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan. U sovet hukumatiga muholifatlikda bo’lib, uning siyosatini tanqid qilgan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muhojirlariga yordam berish, maktab ishlarini isloh qilish kabi talablarni ilgari surgan. “Ittihodi taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va “Ittihod va taraqqiy” partiyasi yordamiga katta umid bog’lagan edi. Munavvarqorining ko’rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat a’zolarining “soni 50 ga yetraagan bo’lsada, ularning xalq orasida obro’si juda yuqori darajada” bo’lgan. 110 “Ittihodi taraqqiy” (“Ittihod va taraqqiy”) ikki marta yordam so’rab, Turkiyaga maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon va Saidnosir Mirjalilovlardan iborat vakillar 1918-yilda Istambulga borganda yosh turkiyaliklar hukumati ag’darilgan va xorijga qochib ketgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq vakillar turkiya hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda jamiyat raisi Usmonbek ham Toshkentda qamoqqa olinib, uning o’rniga Yusuf Ziyabek tayinlangan edi. Turkiyaga “Ittihodi taraqqiy” nomidan ikkinchi marta vakillar 1919-yilda Kamol Ota turk hokimiyati o’rnatilgach borgan edi. Bu safar vakillar tarkibiga Tosbkentdan Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev va Saidnosir Mirjalilov, 109 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob . Тошкент “Sharq” -2010. 213-bet. 110 Турон тарихи. Тўплам. Т - 1992 йил, 18-bet. 86 Samarqanddan Mahmudxo’ja Behbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar kiritil- gan edi. Ikkinchi safar ham samara bermadi. Chunki yashirin safardan sovet hukumatining ChK xodimlari xabardor bo’lganlar. Munavvarqori o’zining “Xotiralarimdan” asarida (qo’lyozma) ko’rsatishicha Mahmudxo’ja Behbudiy va uning sheriklari yo’lda ushlanib, qatl qilingan. Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev Moskvada, Saidnosir Mirjalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo’ldi. M.Behbudiy va uning sheriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda ushlanib, Qarshida Tog’aybek tomonidan o’ldirilgan degan fikr tarqalgan. Bu haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa kerak. Chunki bu paytda Buxoroda ichki siyosiy vaziyat juda taranglashgan. tashqaridan esa M.Frunze boshliq sovetlar bosqini kuchayib borayotgan edi. Shunday bir holatda amirning Behbudiyga nisbatan “e’tibor” qaratib, u bilan bevosita shug’ullanganligi aqlga to’g’ri kelmaydi. Uning o’limi ChK xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo’lishi esa haqiqatga yaqinroqdir. Bu paytda sovet hukumati Turkiston muxtoriyati hukumatini qonga botirib, milliy mustaqillikka qarshi bosqinchilik urushini avj oldirgan edi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling