«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
“Milliy istiqlol” tashkiloti.1925-yilda Munavvarqori tashabbusi bilan “Birlik
ittihod”, “Ittihodi milliy”, “Milliy istiqloll” degan nom bilan qayta tashkil etiladi. Bu tashkilotning tuzilishiga O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi, Turkiston birligi uchun kurashning o’ta mushkul bo’lib qolganligi sabab bo’ldi. O’zbekiston jadidlari endi o’z oldilariga asosiy vazifa qilib, mustaqil O’zbekiston uchun kurashni qo’ydilar. Lekin bu bilan ular umumturkiy olam birligi g’oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona makon ekanligi, turkiy milliy madaniyat va qadriyatlar o’chog’i g’o-yasini inkor etmaganlar. “Ittihodi taraqqiy” va “Milliy ittihod” mustaqil Turkiston uchun kurashgan edi. “Milliy ittihod”ning tashkiliy tizimi, kurash usullari “Milliy istiqlol”da ham saqlanib qoldi. “Milliy istiqlol” Markaziy “uchlik” boshqaruvi Munavvarqorining ishongan shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va G’ofurjon Musaxonovlardan iborat bo’ldi. Aziz Lazizzoda 1926-yil O’rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetini ikki yilda tugatgan yosh zamonaviy ziyolilardan edi. Shu yilning oxirida Moskvadagi nokommunistik universitetga o’qituvchi qilib yuborildi va 111 Мунавварқори Абдурашидхонов. Хотираларимдан. T-2001… 74-bet. 88 auditoriyaga ma’ruza o’qish uchun kirgan kuniyoq qamoqqa olinib, uch yilga Qalmiqistonga surgun qilindi 112 . Tashkilotning Namangan, Andijon, Samarqandda bo’limlari bor edi. Tashkilotga rahbarlikni maxfiy suratda Munavvarqori Toshkentda turib amalga oshirdi. Munavvarqori qamoqqa olinguniga qadar asosiy maqsadi O’zbekistonni mustaqil ko’rishdan iborat bo’lgan “Milliy istiqlol” tashkilotiga rahbarlik qildi. Uning haqida Salimxon Tillaxonov GPU tergovichisi so’rog’iga bergan javobida bunday degan edi: “Bizning tashkilotimizning (ya’ni “Miliy istiqlol”-ning - mualliflar) dasturi yo’q edi. Uning dasturi ham rahbari va ilhomchisi ham Munavvarqorining o’zi bo’lgan” 113 . Aziz Lazizzoda ham o’z ustozining siyosiy faoliyati haqida quyidagini yozib qoldirgan: “U tashkilotning yakka-yu yagona rahbari, teran aqllik mafkurachisi, ilhomlantiruvchi strategi, usta diplomat va boshqa shu kabi juda ham ijobiy kishi hisoblanadi. Uning aql-zakovati har doim hissiyotdan ustun bo’lgan, shuning uchun ham o’z harakatida kamdan kam xatolikka yo’l qo’yadi. Agar Munavvarqori tashkilotga rahbar bo’lmaganida, bu qadar muvaffaqiyatlarga erishmas edi” 114 . “Milliy istiqlol” o’z yig’ilishlarini uning a’zolari xonadonlarida “gap” bazmi, har xil mehmondorchilik bahonasi ostida o’tkazgan. Tashkilot faollaridan biri Fatxiddin Maxsum Ismatullayevning guvohlik berishicha shunday “gap”lardan biri Munavvarqorining bog’ida o’tkazilgan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling