«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
“Turkiston milliy birligi” tashkiloti
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
“Turkiston milliy birligi” tashkiloti. Sovetlarning Turkistonda olib borgan
bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatiga qarshi faol kurash olib borgan tashkilotlardan yana bittasi “Turkiston milliy birligi”dir. U 1920-yilda Buxoroda tashkil etildi. Uning tashkilotchilari Ahmad Zaki Validiy To’g’on, Munavvarqori, F. Xo’jayev, Hoshim Shayx Qushbegiyev, A.Muhitdinov, S. Tursunxo’jayev va 112 Жазо муддатини ўтаб бўлгач. Азиз Лазиззодага ўша ернинг ўзида яшаб қолишга рухсат этилди. Ётти йилдн сўнг у Тошкентга келди. 1949 йилда яна камокка олиниб, Сибирнинг Красноярск ўлкасида доимий яшаш учун сургун килинди. Ора-Дан беш йил ўтгач. 1954 йилда унга ўз Ватанига кайтишга рухсат берилди. 113 СССР Халк комиссарлари қошидаги махсус Давлат сиёсий Бошкармасининг У рта Осиё (Тошкент)даги ваколатли вакиллиги архиви. ИИ 22291-иш, 3-ж., 15-в. 114 'O'sha joyda, 706-bet. 89 boshqalar bo’ldi. 1921-yil, avgustda «Markazlar markazi» «Turkiston milliy birligi» nomi bilan qayta tashkil etildi 115 . Bu tashkilotning tashkil etilishida otashin turkparast A.Z.Validiyning xizmati katta bo’ldi. U Lenin boshliq rus sovet hukumatining turk-musulmon xalqlariga nisbatan olib borayotgan mustamlakachilik siyosati mohiyatini juda tez anglagan edi. 1917-yildayoq Oktabr harbiy to’ntarishidan 22 kun o’tgach Zaki Validiy Boshqirdistonda milliy muxtoriyat hukumati va milliy qo’shin tuzdi. Sovet hokimiyatiga qarshi bosh ko’targan Kolchak uni 1918-yil, 3-fevralda sovetlar tarafdori sifatida qamoqqa oldi. Aprel oyida Z.Validiy qamoqdan qochib chiqib, harbiy vazir va hukumat boshlig’i sifatida Boshqirdiston mustaqilligini himoya qildi. Nihoyat 1919-yil 18-fevralda A.Z.Validiy boshliq Muvaqqat hukumati RSFSR hukumatiga yordam berish va ittifoqdosh bo’lishni so’rab murojaat etdi. Tez orada “bitim” ham imzolandi. Shundan so’ng Lenin, Stalin va boshqa Kreml rahbarlari bilan 15 oy hamkorlikda ishladi. Lekin bu davrda Z.Validiyning milliy masalada markaz bilan kelishmovchiligi, jiddiy tus oldi. Nihoyat Bokuda ish olib borgan Sharq xalqlari qurultoyida yashirincha borib qatnashadi va u yerda Turkiston vakillari (T.Risqulov, Munavvarqori, T.Norbo’tabekov, va boshqalar) bilan uchrashdi, o’zaro muloqot va suhbatlar chog’ida Sovetlarning hamma turk- musulmon muxtor hukumatlari va xalqlariga nisbatan bir xil mustamlakachilik siyosati olib borilayotganligi oshkor bo’ldi. Zaki Validiy 1920-yil, 12-sentabrda Lenin, Stalin, Trotskiy va Rikovga maxsus xatlar yozib, Turkistonning milliy birligi g’oyasi uchun ochiq kurashishga ahd qildi. Bu xatlarida A.Z.Validiy rus- sovet hukumatining Turkiston va Boshqirdistonga nisbatan ikkiyuzlamachilik siyosatini fosh etib bunday deb yozadi: “Markazqo’m bizga qarshi siyosat tuta boshlashidan anglashildiki, siz Preobrajenskiy, Artem va ular safdoshlarining, ya’ni haqiqiy millatchi rus shovinistlarining fikrlarini Sharq xalqlariga nisbatan olib boradigan siyosatingizning asosi qilib etibsiz. ...Turkkomissiyaning tepasida turgan Frunze va Kuybishev bu tashkilotning umumiy yig’ilishida yerli Turkiston kommunistlariga qarshi olti oydan beri riyokor bir siyosat o’tkazib kelayotganini, 115 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob . Тошкент “Sharq” -2010. 231-bet. 90 Turk MIK bilan hamkorlikning yasamaligini va faqat Risqulov va uning do’stlari bu tashkilotdan chiqqanidan so’nggina bu siyosatning riyokorona ekanligini ochiq aytish imkoni hosil bo’lganini... gapirdilar. Ayni Turkkomissiya a’zolaridan biri esa bulardan ham o’tkazib, yerli Turkiston aholisida sinfiy kurashni atayin qizitmoqqa kelishilganini va millatchilar (millatparvarlar ma’nosida -mualliflar) mahalliy mehnatkash sinfning dushmani deb ko’rsatajaklarini Risqulov va Validov sheriklarini o’sha sinfing dushmani qilib o’rtaga chiqarishlarini... bildirgan”. U yana bu sinfiy kurash to’g’risidagi fikrni davom ettirib yozadi: “Markazqo’m bu xususda qay darajada xato yo’lga burilib ketganini yaqinda ko’rajak va “sinfiy kurash”ni faqat terror va sun’iy yaratmoq yo’liga kirajakdir... Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling