«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana08.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1250089
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

 
3.3.& III-bob bo’yicha xulosa 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Turkiston o’lkasida sovet hukumatiga 
qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan olib borilgan ommaviy 
qatag’onlik siyosati o‘lkamizning ijtimoiy iqtisodiy hayotini larzaga keltirdi. 
Ko‘plab ilm fan fidoyilari va xalq vatanparvarlari qatag‘on qurbonlariga 
aylandilar. Sovet mustabid hukumatining ikkiyuzlamachi siyosatiga ko‘r ko‘rona 
ishongan ba’zi milliy rahbarlarning fojiali qismati bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. 
Jumladan, Sovet hokimiyatining o’lkada yuritgan mustamlakachilik, shovinistik va 
imperiyachilik siyosatiga qarshi kurashgan shaxslardan Nazir To’raqulov, Abdulla 
Rahimboyev, Turar Risqulov, Fayzulla Xo’jayevlar shular jumlasidan edilar. 
Bundan tashqari, mustamlakachilikka qarshi kurash ishiga siyosiy partiyalar va 
tashkilotlar ham o‘zlarining salmoqli hissasini qo‘shgan edilar. Xususan, Sho’royi 
Islomiya, Ittihodi taraqqiy, Birlik uyushmasi, Milliy istiqlol, Turkiston milliy 
birligi» kabi tashkilotlar vatanimiz mustaqilligi uchun kurashdailar va O‘zbekiston 
tarixidan o‘chmas iz qoldirdilar. 
 
 
 


91 
UMUMIY XULOSA 
Millatimiz boshiga tushgan erk va ozodlik yo’lida shahid bo’lgan millionlar 
vatandoshlarimiz qismatidan, xalq taqdiri bilan o’ynashgan, uni manqurtga 
aylantirib, o’zgalar qo’liga qaytarishga uringan siyosiy va tarixiy vaziyatdan 
xabardor qilindi. Sovet hokimiyati qurolli qarshilik harakatini bostirish, harakat 
qatnashchilarini jismonan yo‘q qilish borasida hech qanday qabixlikdan qaytmadi: 
 Qurolli harakat qatnashchilariga qarshi kurash uchun dastlab alohida 
qo‘mondonlik va front tashkil etilib qizil armiyaning sara kuchlari hamda 
zamonaviy qurol yarog‘lardan keng foydalanildi; 
 Qurolli harakat qatnashchilariga qarshi kurashda siyosiy o‘yinlardan keng 
foydalanib, harakat qatnashchilari bo‘lgan qo‘rboshilar orasiga nizo 
urug‘lari sochilib, bir-biriga gij-gijlab borildi
 Qurolli harakat qatnashchilarini iqtisodiy jihatdan ham ta’minot 
zahiralaridan uzib qo‘yish, oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmonlardan 
mahrum qilish maqsadida maxalliy axoli orasida ularga yordam berganlarga 
ta’qib va ta’ziqni kuchaytirdilar. 
 Sovet hokimiyati qurolli harakat qatnashchilariga qarshi targ‘ibot va 
tashviqotni kuchaytirib avflar e’lon qilish orqali ularni o‘z tomoniga 
ag‘darib keyin sekin astalik bilan ularni jismonan yo‘q qilish siyosatini 
qo‘lladilar. 
 Qurolli harakat qatnashchilarini butunlay tashqi dunyodan uzib qo‘yib 
ularga chetdan keladigan yordamni ham yo‘q qildilar va ularga g‘oyaviy 
ko‘mak beruvchi ichki kuchlarni
ham jismonan yo‘q qildilar. 
Prezidentimiz I.A.Karimov “ Tabiatda ham jamiyatda ham vakum bo’shliq
bo’lishi mumkin bo’lmaganidek, mafkura sohasida ham bo’shliq vujudga 
kelishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi”
116
deya yurtida tarixiy xotira va o’tmishni 
to’g’ri va to’la idrok etish esa, shubhasiz, milliy mafkuraning ajralmas eng 
116
Islom Karimov jamiyatimz mafkurasi xalqni-xalq millati-millatligi xizmat etsin. Toshkent “O’zbekiston”- 1998 
yil. 7-bet 


92 
muhim olimlaridan biri hisoblanadi.Mana shu omilga tayanib biz o’zligimizni 
anglaymiz jahon halqlari orasida tutgan o’rnimizni belgilaymiz, bugungi 
kunimizni mazmunli qilishga va kelajagimiz tarixlarini chizishga harakat 
qilamiz. 
Xulosa shuki har qanday mamlakat har bir millat faqat va faqat to’la
ozodlik, sharoitida, siyosiy, iqtisodiy, manaviy va ruhiy mustaqillik muhitidagina 
taraqqiy etishi, dunyo ham jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida o’z mavqeiga
ega bo’lishi, bugungi kuni va istiqbolini erkin belgilashi, haq-huquqlari va 
fuqoralarni himoya qilish, amalda, qonun ustivorligiga erishish ma’naviy kamolat 
sari qadam qo’yish ajdodlar yaratgan ma’naviy madaniy boyliklaridan 
g’ururlanishi yurt tabiati va boyliklariga egalik qilishi ajdodlarining tarbiyachisi 
bo’lishi mumkin. Va aksincha imtibdodning harqanday ko’rinishi mamlakat va 
millat hayotini shubhasiz izdan chiqaradi siyosiy va ijtimoiy muhitni 
barqarorlashtiradi, iqtisodiy munosabatlarni boshi berk ko’chaga olib kirib 
qo’yadi, fuqoralardagi milliy g’urur va hamiyatni yemiradi, kishilar ruhiyatida
o’zining kuch qudratiga ko’rayotgan kuni va kelajagiga ishonchsizlik ohir
oqibatda hayotga befarqlik kayfiyatini vujudga keltiradi. Millat or-nomussini 
toptaydi. 
Men bu ilmiy dessertatsiyamda Turkistonda sho’rolar mustamlakachiligi 
istibdodining o’rnatilishi, Turkistoda sho’rolar istibdodining o’rnatilish arafasidagi 
tarixiy vaziyat, oktyabr to’ntarilishi. Turkiston o’lkasida sovetlar istibdodining 
yo’natilishi,Turkiston Muxtariyatining tashkil topishi, Turkiston muxtariyati 
omma tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, Turkiston muxtariyatni qonga botirilishi 
va tugatilishi, Turkistonda ochorchilik, Turkistonda siyosiy bo’ron Turkiston 
muxtor sho’rolar sotsiolistik Respublikasi ( TASSR)ning tashkil etilishi, Turkiston 
komfirkasining tashkil etilishi, Osipov isyoni, Turkistonda bolsheviklar yakka 
xokimlik tizimining o’rnatilishi haqida batafsil ma’lumot berilib o’tildi.
“ Men fanni ilg’or, tarraqiyot, progres degan so’zlar bilan yonma-yon qabul 
qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoilini yaratib berish 


93 
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonunniyatlarini, uning qanday 
bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat, deb tushinaman. Odamlarga mustaqillikning 
afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir 
qonuniyat ekanini isbotlab, tushintirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a 
siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”.
117
117
I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T: “ Sharq”-1998 yil. 25- bet. 


94 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling