Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
saroybon, zindonbon singari yasamalar “biror narsaga qarab turuvchi, qo‘riqlovchi
shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Ushbu qo‘shimcha eski o‘zbek adabiy tilida nofaol ishlatilib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida yangi so‘zlar hosil qilmaydi. Misol: Kuni - kecha saroyboni qurg‘ur qo‘yarda -qo‘ymay meni o‘shanikida yotqizdi (G‘.G‘ulom, Netay); Buxoroga o‘xshash Isfaxonning ham o‘n ikki darvozasi bo‘lar, ustiga tog‘da yuk ortilgan fillar ham bemalol o‘ta oladigan bu darvozadagi hamma darvozabonlar uni yaxshi tanir edi (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo); - Bunaqa halol xufiyalarga men ham tan beraman, cho‘pon ota, - dedi bog‘bon (P.Qodirov, Botirlar va bahillar). 14 Qoraqalpoq tilida o‘zbek tilidagi -bon qo‘shimchasining varianti -ban //-man qo‘shimchasi bo‘lib, bu qo‘shimcha “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani qo‘riqlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qoraqalpoq tilidagi -ban//-man qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan bag‘man, dәro‘azaman, jыlqыman, peshman, sayaman kabi yasamalar “biror kasb va o‘rin ma’nosini ifodalovchi shaxs” otlari ekanligi qayd qilingan. Misol: Jazlar bolsa bag‘man terer miyo‘eni, Tәo‘ip tabar bul dәrtine dao‘anы (Qыrq qыz); Jыlqыman үyretip miner tayыnы, Aytыo‘g‘a sөzimiz jүdә qыyыmdы, Olaysha dep jalg‘ыzыmdы g‘arg‘ama, Dushpanlar taptыma keo‘il jayыңdы (Qoblan); Bul jerde Kubanың g‘әllekeshi de, Moldavshe menen Armeniyanың jүzimger bag‘manlarы da, Sibirdiң aңshыsы da bar (Ө.Xojaniyazov, Aydana). O‘zbek tilida -bon qo‘shimchasining kasb-kor ma’nosini ifodalash xususiyati mavjud emas. Bu qo‘shimcha vositasida yasalgan otlar “ma’lum muddat davomida biror narsani qo‘riqlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qoraqalpoq tilida ham bu xildagi yasamalarga shunday baho berilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi. O‘zbek tilida -paz qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani pishiruvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, pishirmoq, tayyorlamoq ma’nosini aks ettiradi. U asosan, ovqat nomlariga qo‘shilib, shuni pishirish, tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxsni, kasb egasini bildirib, kabobpaz, oshpaz, somsapaz singari yasamalarni hosil qiladi. Misol: Oshpaz yigit qayrag‘och tagidagi katta supaga joy qilib, dasturxon yozdi (S.Ahmad, Ufq); Kafeda bironta bo‘sh joy yo‘q. Kabobpazlarning, choy tashuvchilarning qo‘li - qo‘liga tegmaydi (S.Ahmad, Jimjitlik). Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, barcha ovqat turlarini tayyorlaydigan, jumladan, somsa, kabob pishiruvchi kishiga nisbatan ham oshpaz yasamasi ishlatiladi. O‘zbek adabiy tilidagi kabobpaz, somsapaz singari yasamalar nutq jarayonida kabobchi, somsachi kabi qo‘llaniladi. Kabobpaz va somsapaz yasamalari faqat “kabob va somsani tayyorlovchi shaxs” ma’nosini anglatsa, kabobchi, somsachi 15 yasamalari esa “kabob, somsani ham tayyorlovchi, ham sotuvchi shaxs” ma’nolarini ifodalaydi. Qoraqalpoq tiliga -paz qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashmagan. Ammo bevosita o‘zbek tili ta’sirida kirib kelgan aspaz so‘zi tarkibida bu qo‘shimcha kuzatiladi. Bu yasamada “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani pishiruvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosi aks etgan. Misol: Aspazlar qasыq-tabag‘ыn jap - jaqsы etip juo‘adы (Jayen). O‘zbek tiliga -furush qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, hozirda juda kammahsul so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilib, “alohida sotiluvchi narsalarni sotuvchi shaxs” ma’nosini ifodalovchi otlar hosil qiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida do‘ppifurush yasamasining ma’nosi “do‘ppi sotuvchi, do‘ppi bilan savdo qiluvchi” deb izohlangan 1 . Mazkur qo‘shimcha XX asrning 20–30 yillarida juda keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning yordamida Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling