Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 
 
_____________ 
 
DАK kotibi: 
 
M.Sa’dullayeva 
 
«___» iyun 2017 yil 



MAVZU: TURKIY TILLARDA SO‘Z YASALISHI HODISASI
(o‘zbek va qoraqalpoq tillari misolida) 
REJA 
Kirish
I bob. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar 
semantikasi 
a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi 
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi 
v) narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi 
II bob. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub ot 
yasovchi qo‘shimchalar doirasidagi sinonimiya hodisasi
a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi 
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Ma’lumki, turkiyshunoslikda ilk bor so‘z yasalishi muammosining 
o‘rganilishi turkiyshunos M.A.Kazembek nomi bilan bog‘liq
1
. O‘sha davrda 
turkiyshunoslik endigina shakllanish arafasida bo‘lganligi tufayli so‘z yasalishi 
masalasini o‘rganishga unchalik jiddiy e’tibor qaratilmagan
2
. SHuni ham qayd 
qilish kerakki, tatar tilshunoslarining so‘z yasalishi hodisasini o‘rganishdagi 
xizmati ayniqsa katta bo‘lgan. Tatar tilidagi so‘z yasalishi masalasiga doir 
mulohazakor fikrlar nafaqat o‘sha davrga tegishli ilmiy grammatikalarda, balki 
maxsus tadqiqotlarda, ilmiy maqolalarda ham ko‘zga tashlanadi
3
.
Ko‘pchilikka ayonki, turkiyshunoslikda turk tilidagi so‘z yasalishini o‘rganish 
orqali katta tajriba maktabi vujudga kelgan. SHu o‘rinda, M.A.Kazembek, 
A.N.Samoylovich, V.A.Gordlevskiy, A.N.Kononov nomlarini alohida tilga olish 
joiz. Qayd qilish kerakki, so‘z yasalishi muammosi ilk marotaba turk tili misolida 
o‘rganila boshlangan. XX asrning 30- yillarida turk tilidagi so‘z yasalishi masalasi 
bilan jiddiy shug‘ullanishga astoydil kirishgan tilshunoslar dastlab bu bo‘yicha 
material to‘plash, uni tartibga solish, so‘z yasalish imkoniyatlarini aniqlash bilan 
mashg‘ul bo‘lgan va ba’zi muammolarning hal etilishiga imkon qadar o‘z hissasini 
qo‘shgan. XX asrning 40-60 yillari arafasida turk tilida so‘z yasalishi masalasini 
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgan.
XX asrning 30-40 yillarida o‘zbek tilshunosligida Ulug‘ Tursunning 
“O‘zbekchada fe’llarning yasalishi”, Zokir Ma’rufovning “O‘zbek tilida ot 
yasovchi suffikslar” nomli maxsus asarlari yaratildi. Biroq so‘z yasalishi hodisasini 
o‘rganish bo‘yicha hali maxsus tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan edi.
O‘zbek tilshunosligida tarixiy so‘z yasalishi masalasini yoritishga 
bag‘ishlangan dastlabki “Problemы istoricheskogo slovoobrazovaniya uzbekskogo 
yazыka. Affiksatsiya. CHast I” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi 1955- yilda 
A.G‘ulomov tomonidan himoya qilingan. Tadqiqotda o‘zbek adabiy tilidagi 
mahsulli, kammahsul so‘z yasovchi qo‘shimchalar sinxron va diaxron aspektda 
1
Казембек М.А. Общая грамматика турецко-татарского языка. – Казань, изд.1-1839; изд. 2-1846. 
2
Севортян Э.В. Аффиксы именного словообразования в азербайджанском языке. – М.: Наука, 1966. –С7. 
3
Ганиев Ф.А. Некоторые итоги исследования словообразования в современном татарском языке и задачи 
его дальнейшего изучения // Сб: Вопросы татарского языкознания. – Казань, 1971. – С. 102.



o‘rganilgan. SHuningdek, dissertatsiya ishida otlarning bir xil so‘z turkumi va har 
xil so‘z turkumi doirasida (ichki va tashqi yasalish asosida) yasalishi masalasiga 
e’tibor qaratilgan. 
A.Berdialiev 1970-yilda “Slovoobrazuyushie slojnie affiksi v uzbekskom 
yazike” (O‘zbek tilida so‘z yasovchi murakkab affikslar) mavzusidagi nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning nomzodlik ishida so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar sinxron va diaxron aspektda tahlil etilib, dissertant o‘zbek tilida 
shaxs oti yasovchi -dosh qo‘shimchasi atamalar tarkibida kelganda sifat ham 
yasaydi, degan xulosaga keladi. Biz dissertatsiyaning asosiy qismida bu haqidagi 
fikrlarimizni bildiramiz. 
1972- yilda K.SHaripovaning “Slovoobrazuyushie affiksi -lik, -li, -chilik v 
uzbekskom yazike” (O‘zbek tilida so‘z yasovchi -lik, -li, -chilik qo‘shimchalari) 
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘lgan. U nomzodlik ishida 
o‘zbek tilidagi ot, sifat yasovchi qo‘shimchalar etimologiyasiga e’tibor qaratib, bu 
qo‘shimchalarning funksional xususiyatlarini yoritib beradi. Dissertatsiyada o‘zbek 
tilidagi ot yasovchi qo‘shimchalar boshqa turkiy tillarga xos variantlari bilan yo‘l-
yo‘lakay qiyoslangan. 
M.A.Jo‘rabaeva 1975-yilda “O‘zbek tilida affiksal omonimiya” mavzusidagi 
nomzodlik ishini himoya qiladi. U qo‘shimchalarning omonimik munosabat hosil 
qilish masalasini o‘rganishni tadqiqotining obekti qilib belgilagan.
1999- yilda M.B.Abdievning “Affiksalniy sposob obrazovaniya nazvaniy lits 
v uzbekskom yazike” (O‘zbek tilida shaxs nomlarining affiksal usul bilan 
yasalishi) 
mavzusidagi 
nomzodlik 
dissertatsiyasining 
himoyasi 
bo‘lgan. 
Dissertatsiya o‘zbek tilidagi shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni maxsus 
o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar orasida alohida diqqatga sazovordir. Tadqiqotda 
shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar genetik jihatdan tahlil etilib, ularning 
semantikasi, funksional xususiyatlariga doir qimmatli fikrlar aks etgan. 
SHuningdek, ishda O‘rxun-Enasoy obidalarida, Mahmud Koshg‘ariy devonida
Alisher Navoiy, Bobur asarlarida shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarning so‘z 
yasash uchun faol qo‘llanilganligi misollar orqali ko‘rsatib beriladi.



Professor Y.Tojievning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” mavzusidagi 
1991-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasining birinchi bobi o‘zbek tilidagi 
ot yasovchi qo‘shimchalarning sinonimik munosabat hosil qilish masalasiga 
bag‘ishlanadi. Mazkur dissertatsiya o‘zbek tilshunosligida, shuningdek, umuman 
turkiyshunoslikda affiksal sinonimiya haqidagi har-xil munozarali fikrlarga 
barham bergan tadqiqot ishi hisoblanadi. Dissertatsiyada hozirgi o‘zbek adabiy 
tilida mavjud bo‘lgan va o‘zaro sinonimik munosabatga kirisha oladigan barcha ot, 
sifat, fe’l yasovchi qo‘shimchalarning semantik-uslubiy xususiyatlari tadqiq 
qilingan. Ular orasidagi sinonimik munosabatni yuzaga keltiruvchi sabablarni 
aniqlash hamda asoslash, sinonimik qatorlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalarning 
birlashtiruvchi va farqli ma’nolarini aniqlash, ularning uslublararo xoslanganligini 
ko‘rsatib berish dissertantning diqqat markazida bo‘lgan. Binobarin, yaqin 
kunlargacha ma’nolari bir-biriga yaqin keladigan qo‘shimchalar ham leksik 
sinonimlar qatorida tilga olinar edi. Tilshunos YO.Tojiev esa bu xildagi sinonimlar 
tarmog‘ini “affiksal sinonimiya” sifatida atash maqsadga muvofiqligini ta’kidlab, 
o‘z nuqtai nazarlarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan. 
Qoraqalpoq tilshunosligida so‘z yasalishi masalasini o‘rganish bilan jiddiy 
shug‘ullanish ishlari o‘tgan asrning 70-80 yillarida yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu 
tilshunoslikda so‘z yasalishining mustaqil tarmoq sifatida shakllanishida ayniqsa 
A.Qidirbaev, A.Bekbergenovlarning xizmati katta bo‘lgan. A.Qidirbaevning 
“Qaraqalpaq til iliminiң geypara mәseleleri” ilmiy risolasida qoraqalpoq 
tilshunosligining ba’zi masalalari, jumladan, so‘z yasalishi hodisasiga taalluqli 
fikrlar bildirilgan. A.Bekbergenovning “Qaraqalpaq tilinde sөzlerdiң jasalыo‘ы 
(sөzlerdiң qosыlыo‘ usыlы)” maxsus ishida esa qoraqalpoq tilida qo‘shma 
so‘zlarning hosil qilinishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalar aks etgan. 
Qoraqalpoq tilshunosligida H.Hamidovning 1990-yilda himoya qilgan 
“Karakalpakskiy yazыk XIX nachala XX v.v po dannim pismennix pamyatnikov 
(fonetika, 
morfologiya, 
slovoobrazovaniya)” 
mavzusidagi 
doktorlik 
dissertatsiyasining uchinchi bobi yozma manbalardagi so‘z yasalishi hodisasini 
o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ot yasovchi qo‘shimchalarning yangi 



yasamalar hosil qilishdagi imkoniyati ko‘rsatib berilgan. Umuman, har ikki 
tilshunoslikda tillararo ot yasovchi qo‘shimchalar qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq 
qilinmagan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda bu tillarni tilshunoslikning dialektologiya, 
leksikologiya va frazeologiya sohalari bo‘yicha monografik yo‘nalishda qiyosiy 
o‘rganish ob’ekt qilib belgilangan ishlar yuzaga kelganligini ta’kidlash joiz.
Qoraqalpoq tilining tadqiq qilinishiga turkiyshunos N.A.Baskakovning 
benihoyat katta xizmati singgan. Qoraqalpoq tiliga doir dastlabki ilmiy grammatika 
unga tegishlidir. Mazkur tilda so‘z yasalishi masalasi alohida tadqiqot ob’ekti qilib 
ilk bor N.A.Baskakov tomonidan o‘rganilgan edi. Qoraqalpoq tilshunosligida so‘z 
yasalishining mustaqil tarmoq sifatida ajratish va o‘rganish zarurligini ham 
zabardast turkiyshunos o‘rtaga qo‘ygan edi. SHunga qaramay, yaqin kunlargacha 
bu soha morfologiya bo‘limi tarkibida o‘rganilib kelindi. Bu albatta, hind-ovrupo 
tilshunosligiga taqlidan ergashish, fonetika va morfologiyani birinchi darajaga 
qo‘yib, so‘zning ma’no qirralarini e’tiborga olmaslik natijasi edi. Eski grammatik 
ta’limotdan voz kechish fursati kelganini anglab yetgan qoraqalpoq tilshunoslari 
so‘z yasalishini mustaqil soha sifatida o‘rganish lozimligini tan oldi. Endilikda 
so‘z yasalishi hodisasi qoraqalpoq tilshunosligida alohida tarmoq bo‘lib ajratilgan. 
“Hәzirgi qaraqalpaq әdebiy tiliniң grammatikasы” (Nөkis, 1994 jыl), “Hәzirgi 
qaraqalpaq әdebiy tili” (Nөkis, 2010 jыl) darsliklarida so‘z yasalishi tilda yangi 
yasamalar hosil qilinishini, shuningdek, so‘zlarning yasalish tizimini o‘rganuvchi 
tilshunoslikning alohida bo‘limi ekanligi qayd qilingan. 
Qoraqalpoq tili haqidagi dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari XX asrning 30-
yillaridan e’tiboran yuzaga kela boshlaganiga qaramay, istiqlol davrida, bugungi 
kunda qoraqalpoq tilshunosligi turkiyshunoslikda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi
1
. Bu 
natija qoraqalpoq tilshunoslarining astoydil mehnati, tilshunoslikni taraqqiy 
toptirish sari olib borgan ilmiy faoliyatining samarasidir.
Xullas, kuzatishlar o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligida har bir til doirasidagi 
so‘z yasalishi masalasining atroflicha yoritilganligidan darak beradi. Shunday 

Қудайбергенов М. Қорақалпоқ тилида морфонологик ҳодисалар: Филол. фан. д-ри дис. …автореф. – 
Нукус, 2004. – Б. 3.



bo‘lsa-da, hali yangicha talqindagi tadqiqotlarni taqozo qiluvchi muammolar ham 
mavjud. Biz mazkur bitiruv-malakaviy ishda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida 
o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalarning umumiy va xususiy jihatlarini ko‘rsatib 
berishni; o‘zlashma qatlamga doir ot yasovchi qo‘shimchalarning semantik 
xususiyatlarini tahlil etishni; tillararo o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub ot 
yasovchi qo‘shimchalar doirasidagi sinonimik munosabatni qiyoslash orqali 
o‘xshash va farqli qirralarini ajratishni oldimizga maqsad qilib qo‘ygan holda 
fikrlarimizni asoslab berishga ahd qildik. 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling