Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

vatanfurush, vijdonfurush kabi so‘zlar tarkibida kirib kelganligi fikrimizni 
tasdiqlaydi. Misol: O‘z yurtini imperialistlarga sotgan vatanfurush xoinlarga 
qarshi o‘t och! (SH.Toshmatov, Erk qushi). Tillarning keyingi rivojlanish 
bosqichlarida tahlildagi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan yasamalar “so‘z 
yasalish asosidan anglashilgan narsani yakka tartibda olib sotuvchi, pullashga 
ishtiyoqi baland kishi” ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan.
O‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaga 
egalik” yoki narsaning shunga xos, taalluqli ekanligini anglatuvchi mansabdor, 
amaldor kabi otlar yasaydi. Bu yasamalar fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib,
shaxs oti hosil qilingan. Misol: Hoji bo‘lsa ishning ko‘zini biladi, undan keyin 
ba’zi amaldorlarga inobatli (A.Qahhor, Sarob); Kattaroq mansabdor yoki 
biznesmen bo‘lmasa, shaharda yashashdan ham naf yo‘q, deyishadi, to‘g‘riyov! 
(SH.Bo‘taev, Ko‘chada qolgan ovoz). 
Qoraqalpoq tilida ham -dar qo‘shimchasi әmeldar, beldar, jaradar, 
hasыldar, өnimdar singari yasamalar tarkibida shaxsning ma’lum narsa yoki 
xususiyatga ega ekanligini ifodalaydi. Misol: Jaradar qыzdы өңgerip, at qosarg‘a 
aladы, Bedeo‘di jolg‘a saladы (Mәspatsha); Jer hasыldar eken, bәlkim, abaysыz 
taslang‘an bir shaңg‘alaqtan kөgergen shыg‘ar (T.Qayыpbergenov).
Har ikki tilda -dor, - dar qo‘shimchalari aslida “so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsa yoki xususiyatga egalik” ni bildiruvchi sifatlar hosil qiladi. 
Mavjud ilmiy adabiyotlarning aksariyatida -dor qo‘shimchasining shaxs oti ham 
yasashi keltiriladi. Bu qo‘shimchalar orqali yasalgan sifatlarning ot vazifasida 
qo‘llanish xususiyati kuchli ekanligi ta’kidlanib, o‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi 
qatnashgan quldor, bog‘dor, do‘kondor, mulkdor singari ba’zi yasamalarning 
butunlay otga ko‘chganligi qayd qilingan. Misol: Asr namozning vaqti o‘tib 


18 
borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olish uchun suv 
so‘radi (A.Qodiriy, O‘tgan kunlar); Bu do‘kondorlar bilan bo‘lgan o‘tirish 
ko‘pincha shularning uyida yoki shularning harajati bilan bo‘lgani uchun, Saidiy 
dastlab tortinadi, nimalardir uni bu do‘kondorlardan ajratib turadi (A.Qahhor, 
Sarob). Shunday bo‘lsa-da, bu qo‘shimcha o‘zbek tilida asosan sifat turkumiga oid 
yasamalarning yuzaga keltirishi ta’kidlanadi. 
Darhaqiqat, o‘zbek tilida -dor o‘zlashgan qo‘shimchasi yordamida hosil 
qilingan yasamalarning ko‘pchiligi hali to‘la otlashmagan bo‘lib, zangdor, 
rangdor, guldor, vafodor kabi yasamalar hali sifatlik xususiyatini saqlagan. Misol: 
Qiz - kelinchaklarning aksari qizil guldor ko‘ylak kiygan, oyoqlarida, qizil, ko‘k, 
sariq saxtiyon etikcha, boshlarida esa o‘sha, uchiga ikki pati qadalgan qizil 
chambarak qalpoqchalarni qo‘ndirib olishgan (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo). 
O‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalar orasida 
sifatdan otga o‘tish jarayoni birmuncha ortiq. Qoraqalpoq tilida -dar qo‘shimchasi 
bilan yasalgan sifatlarda otlashish holati ancha chegaralangan. Bu tilda faqat 
әmeldar, beldar kabi yasamalargina shaxs oti sifatida e’tirof etiladi. 
“So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani yeydigan, ichadigan yoki ko‘p 
yeydigan, ko‘p ichadigan shaxs” ma’nosini ifodalovchi go‘jaxo‘r, palovxo‘r, 
shaftolixo‘r, nonxo‘r, go‘shtxo‘r, choyxo‘r singari yasamalarda o‘zbek tilida 
tojikcha - xo‘r “xo‘ridan” yemoq fe’lidan o‘zlashgan qo‘shimcha qo‘llaniladi. 
Misol: Bu xonadonda tez-tez palovxo‘rlik bo‘lgani sababli nemis ayoli ham osh 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling