Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

ilimpaz, masqarapaz, qag‘azpaz, өnerpaz, oyыnpaz, qumarpaz, mәjilispaz  kabi 7-
8 ta yasama hosil qilinganligi kuzatiladi. Hozir bu qo‘shimcha qoraqalpoq tilida 
mahsulsiz so‘z yasovchiga aylangan bo‘lib, so‘z yasash vazifasini bajarmaydi. 
Misol: Folklordың turmыsta tutatыg‘ыn ornыn ataqlы qazaq ilimpazы Choqan 
Valixanov jazg‘an edi (B.Ismaylov); Dүnyanы teksergen xalыqtың g‘amы ushыn, 
Aqыlgөy qыz-jigit өnerpazlarg‘a (J.Aymurzaev); Toyda gүres, oyыn, masqarapaz, 
sazendeler, gөyendeler, balamanshы - tүrli oyыn qurыlыp atыr (Mәspatsha); 
Gүzde balыq ao‘lao‘g‘a, balыqshыlar qumarpaz (J.Aymurzaev). 
Mazkur tilga oid manbada -baz//-paz qo‘shimchasi arab tilidan o‘zlashgan 
so‘zlarga qo‘shilib, biror kasb egasini yoki ma’lum xususiyatiga ko‘ra ajralib 
turuvchi ilimpaz, mәjilispaz singari shaxs otlari yasaydi deb izohlangan. Biroq bu 
qo‘shimchaning kasb tushunchasini ifodalashi to‘g‘risidagi fikrga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Chunki u orqali hosil qilingan yasamalar “so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsaga ishtiyoqi baland shaxs” ma’nosini anglatishiga shak-shubha 
yo‘q. Qoraqalpoq tilidagi ilimpaz yasamasi o‘zbek tilida “ma’lum sohaning yetuk 
mutaxassisi” ma’nosini ifodalovchi olim so‘ziga to‘g‘ri keladi.
Boshqa bir manbada esa qoraqalpoq tilida masqarapaz, өnerpaz, oyыnpaz, 
qumarpaz singari yasamalar -baz // -paz qo‘shimchasi orqali yasalgan bo‘lib, “so‘z 
yasalish asosidan anglashilgan narsani qilishga qiziquvchi shaxs” tushunchasini 
ifodalaydi degan fikrlar keltirilgan. Bu qarash ushbu qo‘shimcha haqidagi to‘g‘ri 
bahodir. Keltirilgan yasamalar o‘zbek tilida masxaraboz, hunarmand, o‘yinchi, 
qimorboz kabi hosil qilingan.
-mand qo‘shimchasi o‘zbek tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
muayyan kasb-hunarni egallagan, ma’lum narsaga qiziqishi me’yordan ortiq 
shaxs” ma’nosini ifodalovchi hunarmand, ishtiyoqmand, davlatmand, orzumand 
kabi shaxs otlari yasaydi. Misol: Bulardan ko‘p qismli mayda hunarmand, kosib 


23 
yigitlar bo‘lib, ahyon-ahyon boyvachcha bolalar ham ko‘rinib qolar edi 
(O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo); Amir Soribug‘a jaloyir otasining tutumlaridan 
xabardorligi bois, hamisha o‘zini Amir Temurga fidoyi qilib ko‘rsatishga 
ishtiyoqmandligini bo‘rttirishga urinar edi (M.Ali, Ulug‘ saltanat); Yaxshi oilaga 
kuyov bo‘lganidek, shahardagi boshqa davlatmandlar bilan aloqa bog‘ladi va 
ularning ziyofatlari vositasida ba’zi madrasalarning mudarrislari, mukarrirlari 
bilan ham tanishdi, qisqasi bir oz burni ko‘tarilayozdi (A.Qodiriy, Mehrobdan 
chayon). 
Bu yasamalar otlar oldida kelganda sifat kabi qo‘llaniladi. Ammo tahlildagi 
qo‘shimchalarning asosiy vazifasi shaxs oti yasashdir. Hosil qilingan yasamalarda 
sifatga xos xususiyat mavjud bo‘lsa-da, matnda shaxs oti deb qaraladi. 
Qoraqalpoq tilida -mand qo‘shimchasining fonetik varianti sifatida 
o‘zlashgan -ment qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Bu qo‘shimcha anglatgan ma’no 
mazkur tilda ham xuddi o‘zbek tilidagi kabi bo‘lib, so‘z yasalish asoslariga 
qo‘shilishiga ko‘ra farqlanadi.
Qoraqalpoq tilida -ment qo‘shimchasining so‘z yasash imkoniyati 
chegaralangan bo‘lib, faqat bir-ikkita, өnerment, duo‘ayment singari yasamalar 
tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilib, shaxs otlari hosil qilgan. 
Misol: Өnermentler dүkannың өzinde jurttың kөzinshe islep atыr (N.Dәo‘qaraev).
Qoraqalpoq tilidagi duo‘ayment yasamasining anglatgan ma’nosi o‘zbek 
tilidagi duogo‘y yasamasi ifodalagan ma’noga to‘la mos keladi. Misol: O‘tirganlar 
dast turib, xon duogo‘yiga qulluq qiladilar (S.Siyoev, Avaz). Bu o‘rinda o‘zbek 
tilida “shaxsning tabiati, fe’l-atvori” ma’nosini ifodalash uchun so‘z yasash 
vazifasida qo‘llaniluvchi o‘zlashgan -go‘y qo‘shimchasiga xos vazifani qoraqalpoq 
tilida duo‘ayment yasamasi tarkibida -ment qo‘shimchasi bajargan.
O‘zbek tiliga -go‘y qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, so‘z 
yasalish asosidan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq xarakter-xususiyatni 
ifodalovchi nasihatgo‘y, maslahatgo‘y, haqiqatgo‘y, latifago‘y singari shaxs otlari 
hosil qiladi. Bunday yasamalar nutq jarayonida nasihatchi, maslahatchi, 
haqiqatchi, latifachi kabi hosil qilinadi. Misol: Maslahatgo‘yning Abdulla akaga 


24 
bergan samimiy, dono maslahatlari uzoq vaqt yodimda bo‘ldi (O‘.Umarbekov, 
Qizimga 
maktublar); 
Birinchi 
maslahatchi: 
ayblanuvchi 
boya 
Zamira 
Murodovaning fojiali o‘lganini uyiga kelib eshitdim, dedi (O‘.Umarbekov, Sud); 
Latifago‘y va lofchilar talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar bo‘ladilar (O‘zbek 
xalq og‘zaki ijodi); Ishonsangiz, o‘zim ham shuni talab qila boshladim, chunki 
Roziq tog‘am qishlog‘imizning eng usta latifachisi, kattalar bilan o‘tirganda 
hammani sharaqlatib kuldirgani kuldirgan (X.To‘xtaboev, Besh bolali yigitcha).
Qoraqalpoq tilida -gөy qo‘shimchasi “kishining muayyan bir narsaga 
moyilligi” ma’nosini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha orqali arzagөy, aqыlgөy, 
zamanagөy, tamashagөy, ыrasgөy, nәsiyatgөy kabi yasamalar hosil qilingan. 
Misol: Arzagөydi uslap aldы, Moynыna qыl arqan saldы, Qarqыratыp malday 
shaldы, Xalыqtы jaman qыsqan eken (Berdaq); Tamashagөy dostыm, shыday tur 
biraq, Hәzir baslanadы kutken oyыnың (I.YUsupov). 
Qoraqalpoq tili og‘zaki so‘zlashuv nutqida nәsiyatgөy yasamasi nәsiyatshы 
kabi qo‘llaniladi va ma’nolar bir xilligi ta’minlanadi. Qoraqalpoq tilida hosil 
qilingan zamanagөy, tamashagөy, arzagөy kabi yasamalar o‘zbek tilida mavjud 
emas. O‘zbek tilidagi zamona, tamosha, ariza so‘zlarining -go‘y qo‘shimchasini 
qabul qilishi adabiy til uchun umumiy me’yor hisoblanmaydi.

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling