Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
ortiqcha, deb biladi (S.Ahmad, Azob); Ish bitgach, nasihatchi ko‘payar (Maqol).
O‘zbek tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan biror narsani tikish ishi bilan shug‘ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalashda etikchi // etikdo‘z, telpakchi // telpakdo‘z, gilamchi // gilamdo‘z, maxsichi // maxsido‘z kabi yasamalarda -chi qo‘shimchasi -do‘z o‘zlashgan qo‘shimchasi bilan sinonimiya hosil qiladi. Misol: Bu ko‘chada boy savdogar, uzangisoz, sarroj, mahsido‘z, kavushdo‘z, telpakdo‘z, duradgor kabi hunarmandlar bor (M.Muhammadjonov, Turmush urinishlari). Bu xildagi yasamalarning -chi qo‘shimchasi bilan yasalganlari “tikuvchi va sotuvchi shaxs” ma’nosini, -do‘z qo‘shimchasi orqali hosil qilingani esa faqat “tikuvchi shaxs” ma’nosini anglatadi. Har ikki ma’noni o‘zida aks ettirgan etikchi, telpakchi, gilamchi singari yasamalar ko‘proq oddiy so‘zlashuv nutqida qo‘llaniladi, -do‘z qo‘shimchasi bilan yuzaga kelgan yasamalar esa adabiy tilda faqat “tikuvchi shaxs” ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi. Qoraqalpoq tiliga -do‘z qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Shu tufayli adabiy tilda telpekshi, etikshi, malaqayshы singari yasamalar “tikuvchi va sotuvchi shaxs” ma’nosini ifodaydi. Misol: Etikshi etikke jarыmas (Maqol). O‘zbek tiliga soz fors-tojik tilidan kirgan mustaqil so‘z bo‘lib, “yasamoq, yaratmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Ushbu so‘z o‘zbek tilida aravasoz, mashinasoz, asbobsoz, soatsoz, kemasoz, kompyutersoz kabi yasamalar tarkibida qo‘shimcha sifatida e’tirof etiladi. Misol: Tong otishi bilanoq duradgorlar, kemasozlar ishga ketdilar (M.Osim, Karvon yo‘llarida). Soz so‘zining fors-tojik tilida anglatadigan ma’nosidan ma’lumki, u orqali yuzaga kelgan yasamalar aslida “so‘z yasalish asosidan anglashiladigan narsalarni yaratuvchi, yasovchi shaxs” tushunchasini ifodalashi kerak. O‘zbek tilidagi aravasoz, asbobsoz kabi yasamalar dastlab xuddi shunday ma’no ifodalagan. Lekin so‘nggi davrlarda qo‘l mehnatining o‘rnini texnika egalladi. Natijada bunday narsalar maxsus joylarda, firmalarda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Shu sababli -soz qo‘shimchasiga xos “yasovchi” ma’nosining o‘rnini “tuzatuvchi” ma’nosi egalladi. 40 O‘zbek adabiy tilida soatsoz, kompyutersoz kabi yasamalar “soatni, kompyuterni tuzatuvchi” ma’nosidagi shaxs otlari hosil qilsa, nutq jarayonida qo‘llaniluvchi soatchi yasamasi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi”, kompyuterchi yasamasi esa “kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” ma’nolarini ifodalaydi. Dastlabki ma’nosiga ko‘ra ular bir-biri bilan sinonimiyaga kirishadi. Qoraqalpoq tiliga fors-tojik tilidan -soz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Shunday bo‘lsa-da, bu tildagi saatshы, kemeshi, kompyutershi singari yasamalar o‘zbek tilidagi kabi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi”, “kemani boshqaruvchi va tuzatuvchi”, “kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” tushunchalarini ham ifodalaydi. Misol: Tuңg‘ыyыqqa endi kettim! - deo‘ende, bir kemeshi suo‘dan sүyrep alыptы (K.Sultanov). Ma’lumki, tilda muayyan me’yorlarga solingan, ko‘pchilik tomonidan tan olingan vositalar umumiy, nutqiy talablar asosida hosil qilingan okkazionalizmlar esa xususiy hisoblanadi. Garchi bu mezon ko‘proq so‘zlarga tegishli bo‘lsa-da, ma’lum ma’noda qo‘shimchalarga ham taalluqlidir. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida shaxs oti yasovchi -chi, -shы//-shi qo‘shimchalari orqali hosil qilingan yasamalarning ko‘pchiligi adabiy til uchun umumiy me’yor darajasida iste’molda bo‘lsa, ayrim hollarda nutqiy yasama sifatida ko‘zga tashlanadi. O‘zbek tilida tilchi yasamasi “til bo‘yicha mutaxassis, tildan dars beruvchi shaxs, o‘qituvchi” deb izohlangan 1 . Qoraqalpoq tilida ham tilshi yasamasi “til bo‘yicha mutaxassis, tilni o‘rganadigan, tilshunoslik bo‘yicha mutaxassis kishi” ma’nosini anglatadi 2 . O‘zbek tilida tilchi yasamasi tilshunos yasamasi bilan sinonimiyaga kirishadi. Ammo tilchi yasamasi ko‘pincha nutq doirasida, ba’zan adabiy tilda ishlatiluvchi yasama hisoblanib, tilshunos esa uning adabiy til uchun umumiy me’yor qilib belgilangan ko‘rinishidir. Misol: Ammo shahardagi bir qism ziyolilar unga faqat 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. IV жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. – Б. 98. 2 Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 322. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling