Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

shы//-shi qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalar bajaradi. Bunda o‘zlashgan 
qo‘shimchalardan ular bilan sinonimik munosabatni yuzaga keltiruvchi juftligi 
mavjud bo‘lmaydi. Mabodo -shы // -shi qo‘shimchasi o‘zlashgan qo‘shimchalar 
bilan sinonimiyaga kirishsa, o‘zlashgan qo‘shimcha orqali hosil qilingan yasama 
o‘z ma’nosida adabiy til uchun umumiy me’yor, o‘z qatlamga mansub qo‘shimcha 
yordamida yuzaga kelgan yangi so‘z esa ayrim hollarda nutqqa xos yasama sifatida 
namoyon bo‘ladi.

a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi 
O‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsani tayyorlovchi, parvarish qiluvchi shaxslarni ifodalaganda
tarkibida -kor qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan jinoyatchi // jinoyatkor, ijodchi // 
ijodkor, hiyonatchi // hiyonatkor, san’atchi // san’atkor kabi so‘zlarning xuddi 


32 
shunday ma’no anglatgan holati bilan sinonimik munosabat hosil qiladi. Misol: 
Bularning aksari maxsus maktab ko‘rmagan bo‘lsalar-da, asrlarning tajribasini 
mukammal o‘zlashtirgan, ijodchi fikrga ega ajoyib ustalar edi (Oybek, Navoiy); 
Kitob yozishga jazm etishdan avval oqibatini astoydil o‘ylab ko‘rish ijodkorning 
nafsoniyati, 
fahm-farosati, 
halolligiga 
bog‘liq 
(T.Qayipbergenov, 
Qoraqalpoqnoma).
O‘zbek tilining izohli lug‘atida paxtakor “chigit ekish bilan shug‘ullanuvchi, 
paxta yetishtiruvchi kishi” ma’nosini ifodalashi keltirilgan. Paxtachi yasamasi: 1) 
paxta tozalash va paxta savdosi bilan shug‘ullangan boy; 2) chigit ekish, paxta 
yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi dehqon; paxtakor ma’nolarini anglatishi 
izohlangan. O‘zbek adabiy tilida paxtakor yasamasining ma’nosi paxtachi 
yasamasi anglatgan ikkinchi ma’noga muvofiq keladi. Misol: Pakana metroda 
ketmoqchi bo‘lib, “Paxtakor” bekatiga tushayotsa, chiqib kelayotganlar orasidan 
kimdir ko‘ziga issiq ko‘rindi (E.A’zam, Pakananing oshiq ko‘ngli); Eshitishimizga 
ko‘ra, bayonlar orasida paxtachi boylar ko‘p emish (Oybek, Ulug‘ yo‘l). 
Bu xildagi yasamalar tarixiy so‘z yasalishi nuqtai nazaridan qaraganda bir-
biriga sinonim hisoblanadi. Ammo paxtachi yasamasi bugungi kunda adabiy tilda 
qo‘llanilmaydi, balki ba’zan oddiy so‘zlashuv nutqida paxtakor yasamasi 
anglatgan ma’noni ifodalaydi. Tahlildagi paxtachi yasamasi ma’lum davrlarda 
dastlabki ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur yasamaning 
birinchi ma’nosi o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan.
Qoraqalpoq tilida -shы//-shi qo‘shimchasi shaxs ma’nosini anglatuvchi 
hamma o‘zlashgan qo‘shimchalar bilan sinonimik munosabat hosil qilmaydi. Shu 
nuqtai nazardan, qoraqalpoq tilida “asosdan anglashilgan biror narsani 
parvarishlovchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosini anglatishda paxtakesh, pillekesh, 
salыkesh kabi yasamalarda o‘zlashgan -ker qo‘shimchasi emas, balki -kesh 
qo‘shimchasi so‘z yasovchi vazifasini bajaradi
1
. Misol: Qaraqalpaqstan 
salыkeshleri salы өsirio‘ jumыsыnың barlыq tүrlerin tabыslы jүrgizdi 
(Gazetadan).

Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 31. 


33 
Qoraqalpoq tilidagi ayrim shыpaker, sebepker, xыzmetker kabi yasamalarda 
o‘zbek tilidagi -kor qo‘shimchasiga xos ma’no aks etadi.
Qoraqalpoq tilida shaxs oti yasovchi -shы //-shi qo‘shimchasining o‘zlashgan 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling