Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -kash
-ker qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishishi xыzmetshi // xыzmetker, sebepshi
// sebepker singari yasamalarda kuzatiladi 2 . Misol : Otao‘dag‘ыlar qollarыn juo‘ыp bolыo‘dan esiktegi xыzmetshiler tabaqlardы kөterip kele qaldы (Ә.Paxratdinov, Өmir soqpaqlarы); Eger tүn bolmag‘anda baylardың esigindegi jallanыp jүrgen diyqanы, xыzmetkerleri, shopanlarы өlip qalg‘an bolar edi (Ә.Paxratdinov, Өmir soqpaqlarы). Qoraqalpoq tilida paxtashы yasamasi ba’zan og‘zaki so‘zlashuv nutqida qo‘llaniladi. Bu yasama “paxtani teruvchi, yig‘uvchi kishi” ma’nosini anglatadi 3 . Qoraqalpoq xalqi orasida dastlabki vaqtda “paxta oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanuvchi boy” ma’nosini ifodalash uchun paxtashы yasamasi qo‘llanilgan. Keyingi vaqtlarda u “paxtani teruvchi shaxs” ma’nosida so‘zlashuv nutqida faol ishlatiladigan nutqiy yasama hisoblanadi. Adabiy tilda “paxtani yig‘ib-terib oluvchi kishi” ma’nosi paxtakesh yasamasi orqali ifodalanadi. Demak, o‘zbek adabiy tilidagi -kor qo‘shimchasi ifodalaydigan ma’no bu o‘rinda qoraqalpoq tilida -kesh qo‘shimchasi yordamida anglashiladi. O‘zbek tilida “talab qiluvchi, istovchi, xohlovchi shaxs” ma’nolarini ifodalovchi talabgor yasamasi ishlatiladi. Qoraqalpoq tilida ham xuddi shunday ma’no anglatuvchi talapker yasamasi qo‘llaniladi. “Qaraqalpaq tiliniң tүsindirme sөzligi”da bu yasama “talab izlovchi, ish izlovchi, intiluvchan” deb izohlangan. Bu tilda talapker yasamasi talapshы singari qo‘llanilmaydi, ya’ni talapker yasamasi o‘zining sinonimik juftligiga ega emas. O‘zbek tilida ham talabgor yasamasi talabchi singari qo‘llanilmaydi. O‘zbek tilida “birovlarning shaxsiy xizmatini, uy ishini qiluvchi kishi”, shuningdek, “biror idorada yozish-chizish ishi bilan shug‘ullanuvchi xodim” ma’nosini ifodalashda xizmatchi // xizmatkor yasamalari sinonim bo‘la oladi. 2 Қарақалпақ тилиниң орфографиялық сөзлиги. – Нөкис: Билим, 1990. – Б. 257. 3 Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 94. 34 Misol: Uning ming janoblar hisoblagan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim zarur bo‘lib turar ekan (G‘.G‘ulom, Shum bola); Xizmatchi dasturxonni yig‘ishtirgandan so‘ng, shahzodaning yigitlaridan biri kirdi (Oybek, Navoiy). O‘zbek tilida -chi qo‘shimchasi asosdan “anglashilgan narsani boshqaruvchi, yurgizuvchi shaxs” larni bildirib kelganda tuyachi // tuyakash, kemachi // kemakash, mehnatchi // mehnatkash singari yasamalarda -kash qo‘shimchasi unga sinonim bo‘ladi. Misol: Tuyachi uzun tayog‘iga suyangan holda ortidagi yuk ortilgan tuyasining tizginini ushlab, qoshi ustiga bostirib kiygan telpagi ostidan onaning yaqinlashib kelayotganini bamaylixotir kuzatib turdi (Ch.Aytmatov, Asrga tatigulik kun); Tuyakashlar katta qoplardagi g‘allani yelkalariga chapdastlik bilan olib, bizning omborga bo‘shataverdilar (Oybek, Bolalik). Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilida -kash qo‘shimchasi - chi qo‘shimchasiga ular ba’zi aniq va mavhum otlarga qo‘shilib kelgandagina o‘zaro sinonim bo‘la oladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘zbek tilida tarkibida -kash qo‘shimchasi mavjud o‘zlashgan yasovchi asosga -chi qo‘shimchasi qo‘shila olmaydi. Chunki bunday holatda hayolkash // hayolchi, dardkash // dardchi yasamalarida uslubiy g‘alizlik yuz beradi. Bu o‘rinda -chi va -kash qo‘shimchasining sinonimiyaga kirisha olmasligining yagona sababi shuki, -kash qo‘shimchasi qatnashgan yasamalarning katta qismi o‘zlashgan qatlamga mansubligidir. Qoraqalpoq tilida shaxs oti yasovchi -shы //-shi qo‘shimchasi o‘zbek tilidan nisbatan kamroq hollarda so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani ifodalab kelganda arbashы // arbakesh, paxtashы // paxtakesh, tүyeshi // tүyekesh kabi yasamalarda o‘zlashgan -kesh qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishadi. Misol: Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling