Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi 
O‘zbek tilida -zor qo‘shimchasi yordamida so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsaning o‘rnini ifodalovchi otlar hosil qilingan. Ana shu 
qo‘shimchaning qo‘llanilishida ham, ma’nosida ham til taraqqiyoti davomida 
ma’lum o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, bedazor, tutzor, terakzor, qamishzor kabi 
yasamalar tarkibida -zor qo‘shimchasi so‘z yasalish asosidan anglashilgan o‘simlik 
o‘sgan joy ma’nosini ifodalaydi. Misol: Ish bo‘lmasining ochiq turgan katta 
derazasidan sement hovuz, uning atrofidagi gulzor, butun bog‘ ko‘rinar va 
yumshoqqina kechki shabada esib turar edi (A.Qahhor, Sarob); Ajriqzor keng 
maydonni ishg‘ol qilgan bo‘lib, bir tomoni yulg‘unzor, bir tomoni qamishzor 
orasidan bug‘ ko‘tarilib turardi (Sh.Holmirzaev, Sirli militsioner); Tomorqadagi 


25 
jo‘xorizor ichida bekinmachoq o‘ynab yursak, ko‘cha tomondan shovqin-suron 
eshitildi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi). 
Mazkur qo‘shimcha orqali hosil qilingan yasamalar dastlab mo‘llik, 
me’yordan ortiqlik ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda o‘rin 
ma’nosida ishlatiladigan bo‘ldi. Endilikda qamishzor, paxtazor tipidagi 
yasamalarda qamish, paxta mo‘l bo‘lgan joy emas, balki qamish, paxta o‘sib 
yotgan joy ma’nosining kuchli ekanligi kuzatiladi.
Qoraqalpoq tilida -zar o‘zlashgan qo‘shimchasi orqali biror narsaning
o‘sadigan o‘rni bilan bog‘liq, uning ko‘pligi, mo‘lligi ma’nolaridagi gүlzar, 
lalazar, kөklemzar, paxtazar kabi otlar yasalgan
1
. Misol: Texnikalы ilim menen, 
topыldыq biz shөlistang‘a, Aylandыrdыq hasыl jerdi, paxtazarg‘a, gүlistang‘a 
(T.Seyitjanov); Jer astыnda bir shәhәr bar, gүllengen ishi lalazar 
(S.Nurыmbetov); Daryasы asao‘ tolqыnlы, jer өmir gүlzarы (T.Seyitjanov). 
Mazkur tilda -zar qo‘shimchasiga bildirilgan bunday munosabat unchalik 
to‘g‘ri emas, bizning nazarimizda. Chunki qoraqalpoq tilida ham -zar 
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalarda mo‘llikni ifodalashdan ko‘ra 
o‘simlik o‘sib yotgan joy ma’nosining kuchli ekanligi kuzatiladi. Biroq ilmiy 
manbalarda bu haqida munosabat bildirilmaydi. 
Har ikki tilda -zor, -zar qo‘shimchalari “so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
o‘simlik o‘sgan joy” ma’nosini ifodalashi ta’kidlanadi. Biroq qoraqalpoq tilida -zar  
qo‘shimchasi o‘simlik o‘sadigan joy ma’nosini ifodalashda barcha yasovchi asosga 
ham qo‘shilavermaydi. O‘zbek adabiy tilidagi to‘qayzor, qamishzor singari 
yasamalar o‘zlashgan -zar qo‘shimchasi bilan, qoraqalpoq adabiy tilidagi 
tog‘aylыq, qamыslыq kabi yasamalar esa o‘z qatlamga mansub -lыq qo‘shimchasi 
orqali hosil qilingan. Misol: Suzishni biladiganlari esa otlarining bo‘yniga 
yopishib, qamishzor qirg‘oqqa chiqay deganda balchiqqa botdi (P.Qodirov, 
Yulduzli tunlar); Jag‘asы qalың tog‘aylыq, qoynы tolы aq sazan, Bәhәrde 
shalqыp үstinen, Qumartыp өtken birg‘azan (T.Seyitjanov). 

Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 31. 


26 
“Qaraqalpoq tiliniң tүsindirme sөzligi”da tog‘aylыq yasamasi “yovvoyi 
daraxtlarning qalin o‘sgan yeri, o‘rmonlik” ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. 
Misol: …Batpaytug‘ыn tog‘aylыqtы esapqa almag‘anda qosыlip jatыrg‘an 
dalaңlыq (K.Mambetov).
O‘zbek tilida -iston O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, guliston, qabriston 
singari yasamalarda xalq nomiga qo‘shilib, ular yashaydigan joyni, boshqa narsalar 
nomiga qo‘shilib, uning o‘rnini ko‘rsatadigan o‘rin-joy otlari yasovchi mahsulsiz 
qo‘shimcha hisoblanadi. Misol: Qarangiz; Hindiston, Sharqiy Turkiston, Tunis, 
Jazoyir, Mag‘ribiston, ya’ni Marokash..Misr ham Angliya qo‘liga kirib bitdi 
(Cho‘lpon, Kecha va kunduz); Qirg‘izistondan kelgan bir qirg‘iz mehmonga domla 
Saidiyni “kuyovim”, deb tanishtirgan (A.Qahhor, Sarob).  
Qoraqalpoq tilida ham -stan qo‘shimchasi millat nomiga, shuningdek, 
o‘simlik ma’nosidagi otlarga qo‘shilib, uning o‘rnini anglatuvchi Qaraqalpaqstan, 
Өzbekstan, Qazaqstan, gүlistan, shөlistan singari otlar yasaydi. Misol: Shөlistanlar 
kүn jarasыp, shөlistanlar gүlge miyras (S.Nurыmbetov); Aradan үsh kүn өtken 
soң anamnың qәbiri bir shetinen orыn alg‘an mazarstang‘a bardыq (B.Qalbaeva).
Ikki tilda ham bu qo‘shimchalarning ma’no ifodalash vazifasi bir xil bo‘lib, 
hozirda ular mahsulsiz so‘z yasovchi qo‘shimchalarga aylangan. Ushbu 
qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash uchun asos bo‘ladigan yangi so‘zlar yuzaga 
kelsa, bu qo‘shimchalar yana mahsulli so‘z yasovchi qo‘shimchaga aylanishi 
mumkin.
Xona o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan kirgan mustaqil so‘z hisoblanadi. U 
qo‘shimcha sifatida ham qo‘llanilib, biror narsa bilan bog‘liq o‘rin-joy ma’nosini 
ifodalovchi otlar yasaydi.
O‘zbek tilida -xona qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan ish -
harakat bajariladigan bino” ma’nosini anglatuvchi affiksoid sifatida qo‘llaniladi. 
O‘zbek tilidagi pillaxona, bosmaxona, choyxona, to‘yxona, quyonxona singari 
yasamalar -xona affiksoidi yordamida yasalgan bo‘lib, dastlab bu affiksoid o‘zbek 
tiliga korxona, qiroatxona, kasalxona kabi tojikcha so‘zlar tarkibida kirib kelgan. 
Misol: Choyxonadagi kishilar meni giroy - giroy deyverib, dadamniyam o‘rgatib 


27 
qo‘yishgan (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi); - Xo‘p, yigit o‘lmaylik, balo 
ko‘rmaylik, - deya ishshaygancha fotiha o‘qivordi-da, birdan o‘ng-u so‘liga qarab, 
xuddiki to‘yxona bakovulidek baqirib yubordi (Sh.Xolmirzaev, Bulut to‘sgan oy). 
Qoraqalpoq tilida -xana qo‘shimchasi yordamida o‘rin-joy nomini bildiruvchi 
otыnxana, g‘әllexana, sabanxana, jataqxana, keselxana, asxana singari yasamalar 
hosil qilingan. Misol: Shopanlardың ekeo‘i burыng‘ы sabanxananың esigine 
barg‘an o‘aqta ishten adamnың ыңыrsыo‘ы menen iyttiң ыrыldыsы esitildi 
(A.Bekimbetov).
Bu qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga ham mustaqil so‘z sifatida o‘zlashib,
qo‘shimchalar sari yaqinlashuvi natijasida affiksoid maqomini olgan. Ushbu 
affiksoid qoraqalpoq tiliga fors-tojik tilidagi kәrxana, asxana, dәrixana, 
miymanxana, hәjetxana kabi so‘zlar bilan birga o‘zlashib, keyingi vaqtlarda -xana 
qo‘shimchasi orqali baspaxana, elshixana, qabыllao‘xana, chayxana, toyxana, 
ao‘ыrыo‘xana, qazanxana, malxana, jataqxana kabi bir qator yasamalar hosil 
qilingan. Misol: Bizler keldik, toyxanag‘a, Jarma berdi qonaqlarg‘a, Mың bir 
nәlet Qulmanbayg‘a, Teң kөrmegen hәmmelerdi (Berdaq); Malxananы 
tazalayman, otыng‘a da baraman, digirman da tartaman, qullasы usы үydiң otы 
menen kirip kүli menen shыg‘aman (J.Aymurzaev); Әdette bul jerlerge kelgen 
adamdы jataqxana aldыndag‘ы kishkene basqыshta iyinlerin qыsыp, bүrisip, 
әpsherleri qashqan bireo‘ler kүtip alatug‘ыn edi (Ө.Xojaniyazov, Aydana).
Qoraqalpoq tilida -xana qo‘shimchasi bilan hosil qilingan yasamalar unchalik 
ko‘p emas edi. Ammo tilning o‘z ichki ehtiyoji tufayli, shuningdek, o‘zbek 
tilining bevosita ta’siri natijasida keyingi vaqtlarda bu qo‘shimcha yordamida 
yangi yasamalarning yuzaga kelayotganligi uning yana mahsulli so‘z yasovchi 
qo‘shimchaga aylanayotganligidan darak beradi.
Har ikki tilda -xona, -xana affiksoidlarining ma’no anglatish vazifasi bir xil 
bo‘lsa-da, ularning tillararo imkoniyati biroz farq qiladi. O‘zbek tilidagi
qiroatxona, issiqxona kabi ayrim yasamalar qoraqalpoq tilida hosil qilinmagan. 
Misol: Yaqinginada yuz va sochlarini silab esgan shabada hozir susayib, havo 
hammomning issiqxonasidagiday dim bo‘lib qoldi (H.Nazir, So‘nmas chaqmoqlar).  


28 


Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling