Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

pishirishni bilardi (Tohir Malik, Shaytanat); Kabobxo‘rda-kabobi, mantixo‘rda-
dumba solingan mantilar pishib turibdi, palovpazlar boshlariga oq xalta kiyib, 
kapgirlarini o‘ynatib, dunyoda bizdan ustaroq oshpaz yo‘q, deb maqtanishib 
turishibdi (X.To‘xtaboev, Sariq devni minib); Biz maktabga bordik, hali nonxo‘rak 
vaqt bo‘lganicha yo‘q edi, maktab oldiga bir otliq keldi: 
-Domla, domla! - deb domlalarni chaqirdi (S.Ayniy, Sudxo‘rning 
o‘limi).
Ba’zi hollarda -xo‘r qo‘shimchasi sifatlarga qo‘shilib, shaxsni belgi orqali 
anglatuvchi tekinxo‘r, merosxo‘r kabi yasamalarni ham hosil qiladi. Misol: Saidiy 


19 
o‘zining “hunuk bo‘lsa ham istarasi issiq” rafiqasi bilan Murodxo‘ja domlasining 
merosxo‘ri..(A.Qahhor, Sarob); Ahmadga o‘xshagan sof vijdonli odam uchun eng 
yomoni - o‘zini bekorchi, tekinxo‘r sezish (F.Musajonov, Himmat). 
Qoraqalpoq tiliga -xor qo‘shimchasi fors-tojik tilidan shu tildagi so‘zlar orqali 
o‘zlashgan bo‘lib, chayxor, jemxor, paraxor, qanxor, araqxor kabi yasamalarda 
“so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani (oziq -ovqat va boshqa narsalarni) 
haddan ziyod miqdorda iste’mol qiluvchi shaxs” ma’nosini yoki shu narsalar bilan 
shug‘ullanishga moyillikni bildiradi
1
. Misol: Bul eshektiң maңlayы sor. Otqa 
qoreң өzi jemxor, Moynы kishi xыzmeti zor, Aq g‘ashыrdan ullыraq pa? (Berdaq); 
Hәtte..bul chayxorlar hәm basqa hәzlik qurыo‘shыlardan өzin kem dep 
esaplag‘ыsы kelmedi (Q.Ayыmbetov). 
Bu xildagi yasamalar qoraqalpoq tiliga o‘zbek tili orqali kirib kelgan bo‘lib, 
qoraqalpoq tilida -xor qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalar mavjud 
emas
2
.
Kuzatishlar natijasida har ikki tilda -xo‘r, -xor qo‘shimchalarining xususiy 
tomonlari mavjudligi aniqlandi. O‘zbek tilida -xo‘r qo‘shimchasi aniq va mavhum 
ma’nodagi shaxs otlari yasaydi. Qoraqalpoq tilida -xor qo‘shimchasi faqat aniq 
tushunchani ifodalovchi shaxs otlari ma’nosini ifodalaydi. O‘zbek tili so‘z 
yasalishidagi tekinxo‘r, merosxo‘r  kabi yasamalar qoraqalpoq tilida mavjud emas.
O‘zbek tiliga -do‘z qo‘shimchasi tojikcha “tikmoq” ma’nosidagi fe’ldan 
o‘zlashgan bo‘lib, “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tikuvchi 
hunarmand” ma’nosidagi do‘ppido‘z, etikdo‘z, chopondo‘z, kashtado‘z singari 
shaxs otlarini yuzaga keltiradi. Misol: Usta Miraziz etikdo‘zlikda mening ustam 
(G‘.G‘ulom, Shum bola); Sa’dullaning dadasi asli mahsido‘z edi (S.Boboev, Bir 
kam dunyo). 
 Qoraqalpoq tiliga -do‘z qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashmagan. O‘zbek 
tilidagi -do‘z qo‘shimchasi ifodalagan ma’no qoraqalpoq tilida sof turkiy tillarga 
mansub -shы//-shi qo‘shimchasi orqali anglashiladi: telpekshi, etikshi  kabi. Misol: 

Ҳәзирги қарақалпақ тили. Морфология. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. – Б. 62. 
2
Пахратдинов Қ., Сейтназарова И. Қарақалпақ тилиндеги сөз жасаўшы аффикслер. – Нөкис: 
Қарақалпақстан, 2010. – Б. 14.


20 
Etikshi keldi de jumыsыn baslay basladы (Q.Aralbaev); ..bul jigit biziң ao‘ыlda 
etikshilik penen shug‘ыllanadы (Q.Ayыmbetov).
“Qaraqalpaq tiliniң tүsindirme sөzligi”da telpekshi yasamasi “telpakni 
tikuvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosini ifodalashi keltirilgan. Qoraqalpoq tilida 
so‘zlashuvchi kishilar nutqida “telpakni sotuvchi shaxs” ma’nosi ham telpekshi 
yasamasi orqali ifodalanadi. 
O‘zbek adabiy tilida do‘ppido‘z, etikdo‘z yasamalari “do‘ppini, etikni 
tikuvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosini anglatadi. O‘zbek tilining so‘zlashuv 
nutqida “do‘ppini, etikni tikuvchi va sotuvchi shaxs” ma’nolari do‘ppichi, etikchi 
yasamalari orqali ifodalanadi. “Do‘ppini sotuvchi shaxs” ma’nosi adabiy tilda 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling