Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

Arbakesh atlardың jыlao‘larыn tartыo‘dan-aq atlar aldыlarыna qaray arba 
tartыp pәtlene joneldi (Ә.Paxratdinov). 
Bu qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga ham dastlab fors-tojik tilidagi miynetkesh, 
japakesh, hәzilkesh, jәnjelkesh, arbakesh kabi so‘zlar bilan birga kirib kelgan 
bo‘lib, keyinchalik qoraqalpoq tilida u orqali paxtakesh, salыkesh, pillekesh, 
nasыbaykesh singari yasamalar yuzaga kelgan. Ammo -kesh qo‘shimchasi orqali 


35 
yasalgan so‘zlar qoraqalpoq tilida miqdor jihatdan ancha kam. Shu bois 
qoraqalpoq tilida -kesh qo‘shimchasining shaxs oti yasovchi -shы//-shi 
qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishishi yuqorida keltirilganidek, 3-4 ta 
o‘rinlarda kuzatiladi xolos. 
O‘zbek tilida “mojaroni, janjalni yaxshi ko‘radigan, bo‘lar-bo‘lmasga nizo 
chiqaradigan kishi” ma’nosini ifodalash uchun janjalkash yasamasi qo‘llaniladi. 
Bu yasama janjalchi yasamasi bilan sinonim bo‘ladi
1
. Misollar: - Odamlarning 
so‘zga ustaligi, janjalkashligiga qarab emas, ish bilishiga, ongiga qarab ko‘tarish 
kerak, - dedi yana Po‘latjon Sodiqovich (Mirmuhsin,Umid). Qoraqalpoq tilida esa 
jәnjelkesh yasamasi o‘zining yaqin ma’no anglatuvchi sinonimiga ega emas.
O‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi “asosdan anglashilgan 
biror narsani sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalashda chiptachi 
// chiptafurush, telpakchi // telpakfurush, pistachi // pistafurush, qatiqchi // 
qatiqfurush kabi yasamalarda -furush qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatga 
kirishadi. Misol: Qatiqfurush ayollardan-ku filga yo‘liqqanday hurkib qochishni 
odat qildi (L.Bo‘rixon, Hizr ko‘rgan yigit).
 Bu hodisa odatda har ikkala qo‘shimcha asosan turdosh va aniq otlarga 
qo‘shilib kelganda yoki ba’zan ayrim otlashgan sifatlar tarkibida kelgandagina 
eskichi // eskifurush, chakanachi // chakanafurush singari yasamalarda sodir 
bo‘ladi. Misol: Abu Shilqim keyin bilsa, eskifurushlar rastasida kitob titib yuruvchi 
bu hayolparast mullavachcha tabobat ilmini o‘rganibdiki, Buxoro hokimi No‘x ibn 
Mansurning og‘ir dardiga davo topib, uning katta ehsonlariga sazovor 
bo‘libdi!...(O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo). 
O‘zbek tilida -furush qo‘shimchasi barcha hollarda -chi qo‘shimchasi bilan 
sinonimik munosabat hosil qilmaydi. Jumladan, choyfurush, vatanfurush, 
xotinfurush kabi yasamalarni choychi, vatanchi, xotinchi singari ishlatib 
bo‘lmaydi.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 71-
72. 


36 
Ba’zi manbalarda -chi qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalar 
oddiy so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lsa, - furush qo‘shimchasi orqali yasalganlari 
kitobiy uslubga tegishlidir deb izohlangan. Bu fikrni biz ham ma’qullaymiz. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida -furush qo‘shimchasi bilan hosil qilingan yasamalar 
“sotuvchi” ma’nosida qo‘llaniladi. Bu yasamalarning sinonimiyaga kirishuvchi 
juftligi esa nutq jarayonida ma’no ifodalash chegarasini kengaytiradi.
O‘zbek tilida qovunchi // qovunfurush tipidagi yasamalar ma’no jihatdan bir-
biriga yaqin kelib, sinonimiyani vujudga keltiradi. Ammo bu yasamalarni aynan 
bir xil ma’noga ega deb baholanishi to‘g‘ri hisoblanmaydi. Qovunfurush yasamasi 
adabiy tilda “qovunni sotuvchi shaxs” ma’nosini anglatadi. Qovunchi yasamasi esa 
“qovunni yetishtirish, qovun seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi kishi” ma’nosini 
ifodalaydi
1
. Nutqda qovunchi yasamasi “qovunni sotuvchi shaxs” ma’nosini ham 
bildiradi. Misol: Qovunchiga borsang, Turkistonga borsang, Chinozga borsang, 
Moskvaga borsang, hech kim churq etmasa, keta bersang, keta bersang, maza, - 
deyman (G‘.G‘ulom, Shum bola). 
O‘zbek xalqi orasida -furush qo‘shimchasi yordamida yasalgan so‘zlar o‘z 
davrida adabiy tilda faol qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda oddiy xalq so‘zlashuv 
nutqida ham qo‘llanilyapti.
Qaralayotgan qo‘shimcha do‘ppifurush // do‘ppichi kabi yasamalarda 
“sotuvchi shaxs” ma’nosini anglatsa, shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi 
yordamida hosil qilingan yasama “ham yetishtiruvchi, ham sotuvchi shaxs” 
ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida do‘ppichi “do‘ppi tikuvchi, 
do‘ppido‘z” ma’nosini bildirishi, do‘ppifurush esa “do‘ppi sotuvchi, do‘ppi bilan
savdo qiluvchi kishi” ma’nosini ifodalashi keltirilgan
2
. Misol: Dadam qo‘limdan 
mahkam tutgancha do‘ppifurushlar to‘dasiga kirdi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik 
orasi). 
Demak, do‘ppichi yasamasi o‘zida “do‘ppini sotuvchi kishi” ma’nosini ham 
ifodalaydi. Bu ma’no adabiy tilda emas, balki nutq jarayonida anglashiladi.
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. – Б. 320. 
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 677. 


37 
Qoraqalpoq tilida -purыsh qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
narsani sotuvchi shaxs” ma’nosini bildirganda qisman -shы//-shi qo‘shimchasi 
bilan sinonimiyaga kirishadi. Buning boisi shuki, qoraqalpoq tiliga -purыsh 
qo‘shimchasi orqali yasalgan so‘zlar fors-tojik tilidan unchalik ko‘p 
o‘zlashmaganligi va bu qo‘shimcha orqali nihoyatda kam yasamalar yuzaga 
kelganligidir. Ba’zi chaypurыsh, otыnpurыsh kabi yasamalar -purыsh 
qo‘shimchasi yordamida yasalgan bo‘lib, birinchisi o‘zining sinonimiyaga 
kirishuvchi juftligiga ega emas. Ikkinchi yasama esa “o‘tinni sotuvchi shaxs” 
ma’nosida qo‘llaniladi. Qoraqalpoq tilida otыnshы yasamasi ham hosil qilingan 
bo‘lib, “o‘tinni teruvchi, o‘tinni sotuvchi kishi” ma’nolarini ifodalaydi. 
Otыnpurыsh yasamasi tildagi otыnshы yasamasining ikkinchi ma’nosiga mos 
keladi. Misol: Otыnshыlardың әңgimesin tыңlay berejaq edi, olar alыslap ketti 
(T.Qayыpbergenov). 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling