Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 -purыsh qo‘shimchasi azaldan qoraqalpoq xalqi orasida ham alohida 
sotiluvchi narsalarni ifodalovchi ba’zi so‘zlarga qo‘shilib kelib, ularni sotuvchi 
shaxs ma’nosini ifodalagan. Hozirgi kunda bunday narsalarni alohida sotuvchilar 
miqdorining kamayishi natijasida bu shaxslarni anglatuvchi -purыsh qo‘shimchasi 
yordamida yuzaga kelgan yasamalar kam miqdorni tashkil qiladi.
O‘zbek tilida ba’zi o‘rinlarda -chi qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsani pishiruvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nolarini ifodalashda -paz 
qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Adabiy tilda kabobpaz, 
somsapaz kabi yasamalar “kabobni, somsani pishiruvchi shaxs” ma’nosini 
anglatadi. Bu xildagi yasamalar kabobchi, somsachi singari yasamalar bilan 
sinonimik munosabatga kirisha oladi. Misol: So‘ng kabobpazning do‘koniga kirib, 
ovqatlanib, o‘tgan-ketganni tomosha qilib o‘tirishdi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik 
orasi); Keling, keling! …pishdi kabob!..g‘archa moy!...mazza qilasiz, kelib 
qoling!...maqtaydi kabobchilar (Oybek, Ulug‘ yo‘l). 
O‘zbek adabiy tilida qo‘llaniluvchi kabobpaz, somsapaz singari yasamalar 
faqat “kabob, somsani tayyorlovchi, pishiruvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Nutq 


38 
jarayonida hosil qilingan kabobchi, somsachi kabi yasamalar esa “kabobni ham 
pishiruvchi, ham sotuvchi shaxs” ma’nolarini bildiradi.
Qoraqalpoq tiliga -paz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Bu tilda mavjud ba’zi 
aspaz singari yasamalar qoraqalpoq tili lug‘at tarkibiga bevosita o‘zbek tili 
ta’sirida kirib kelgan bo‘lib, u bilan hech bir yasama sinonimiyaga kirishmaydi. 
Misol: Quo‘ыrdaqshы, kәbapshы, As pisirip aspaz (Er Ziyo‘ar). 
O‘zbek tilida -chi qo‘shimchasi so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
tushuncha bilan bog‘liq xarakter-xususiyatni ifodalab kelganda nasihatchi // 
nasihatgo‘y, latifachi // latifago‘y, qasidachi // qasidago‘y kabi yasamalarda -go‘y 
qo‘shimchasiga sinonim bo‘la oladi. Keltirilgan yasamalarga e’tibor qaratilsa, -chi 
va -go‘y qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalarning so‘z yasalish asosi 
mavhum tushunchani ifodalaydi. Misol: Aksari shunday yig‘ilishlarda 
qasidachilar, g‘azalchilar, muammo ustodlari o‘z asarlarini yoki o‘zgalarning 
yangi asarlarini o‘qishar, bahslashar edilar (Oybek, Navoiy); Qasidago‘yligi 
aftidan bilinib turgan shoir Abu Mansur taxt ro‘parasiga kelib, ta’zim qildi 
(M.Osim, Karvon yo‘llarida).
O‘zbek tilida -go‘y qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalarning 
katta qismi fors-tojik tiliga tegishli bo‘lib, hanuzga qadar mazkur qo‘shimchaning 
asli o‘zbek tiliga xos bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilib kelib, yangi yasamalar hosil 
qilishi deyarlik uchramaydi. Bu qo‘shimcha bilan birgalikda fors-tojik tilidan 
o‘zlashgan yasamalar hozirda asli o‘zbek tilinikidek qo‘llaniladi.
Qoraqalpoq tiliga ham -gөy alohida qo‘shimcha sifatida o‘zlashgan bo‘lib, 
nәsiyatgөy, arzagөy, zamanagөy, tamashagөy, aqыlgөy, ыrasgөy kabi yasamalarda 
kuzatiladi. Bu tilda nәsiyatgөy yasamasi “nasihat qiluvchi, nasihat beruvchi shaxs” 
ma’nosini ifodalaydi. U nәsiyatshы yasamasi bilan sinonimik munosabat hosil 
qiladi. Misol: Ao‘ыl - qыslao‘larg‘a oqыo‘shы jaslardan nәsiyatshыlar jiberildi 
(Gazetadan). 
O‘zbek tilida ham nasihatgo‘y // nasihatchi kabi yasamalar “nasihat qilish, 
nasihat berish” ma’nolarini o‘zida mujassam qiladi. Bu yasamalar bir-biri bilan 


39 
sinonimik munosabatga kirishadi. Misol: O‘zining es-hushi joyida, nasihatgo‘ylik 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling