Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi 
O‘zbek tilida o‘tloq // o‘tzor tipidagi yasamalar ayrim hollarda kuzatilib, bu 
o‘rinda -loq va - zor qo‘shimchalari o‘zaro sinonim bo‘la oladi. Bu tilda -loq 
qo‘shimchasi ot turkumiga mansub suv, tosh, qum, o‘t kabi so‘z yasalish asoslariga 
qo‘shilib, suvloq, toshloq, qumloq, o‘tloq singari yasamalarda “so‘z yasalish 
asosidan anglashilgan narsaning o‘rnini”, ba’zan shu o‘rinda o‘sha “narsaning 
mo‘lligi” ma’nosini bildiradi. Misol: Butun bepoyon Oqsoy o‘zining barcha 
o‘tloqlari, yalangliklari, adirlari-yu past-balandliklari bilan uzoq - uzoqlargacha 
ko‘zga yaqqol tashlanib turardi (Ch.Aytmatov, Erta qaytgan turnalar); Dalaning 
arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, qumloqdan, tasma tortgan qirg‘oq 
ortida ulkan ko‘l to‘q samoviy rangda tovlanardi (Ch.Aytmatov, Oq kema); Ish 
davomida g‘iq etmay o‘tirdim, hatto jahl bilan traktorni toshloq yerlarga solib 
borganida ham, plug dam - badam jo‘yaklardan sakrab chiqib ketdi 
(Ch.Aytmatov, Bo‘tako‘z).
Tarixan -loq qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalar tarkibida bu 
qo‘shimcha alohida qismlarga ajratilgan bo‘lsa, hozirda qumloq, o‘tloq, toshloq 
singari yasamalarda bir sodda qo‘shimcha sifatida qaraladi va ma’noli qismlarga 
ajratilmaydi. 
O‘zbek tilida -zor qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
narsaning mavjud bo‘lishi” ma’nosini bildiruvchi paxtazor, olmazor, o‘tzor, 


44 
bodomzor, gulzor, chakalakzor, uzumzor, qamishzor kabi otlar hosil qiladi. Misol: 
Qamishzordan boldoqdek yarim doira yasagan yalanglikka chiqishdi, o‘ng taraf 
ko‘z ilg‘amas to‘qay, chap taraf sap-sariq yo‘l edi (S.Ahmad, Ufq); Halilovning 
uyini bilarsan, ho-o terakzorning orqasida (E.A’zam, Ta’ziya). 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘tzor “o‘t-alaf bilan qoplangan yer, o‘tlar 
o‘sib turgan maydon”, o‘tloq “o‘t-alaf o‘sib yotgan, chorva o‘tlatiladigan joy, 
dala” deb izohlangan. Ma’nolarning bunday muvofiqligi o‘tloq va o‘tzor 
yasamalarining sinonimik munosabatga kirishishini ta’minlaydi. Misol: O‘tloqning 
u yer-bu yerida o‘tlab yurgan otlar qorayib ko‘rinardi (Ch.Aytmatov, Jamila); Shu 
vaqt o‘tzor orasidan to‘satdan katta bir ilon chiqib qoldi (H.Qodiriy, Otam 
haqida).
Haqiqatan ham, o‘zbek tilida o‘tloq // o‘tzor tipidagi yasamalarda “o‘t 
o‘sadigan maydon” ma’nosi mujassam bo‘lib, o‘tzor yasamasiga nisbatan o‘tloq 
yasamasida mo‘llikni ifodalash xususiyati ancha kuchli. Shu nuqtai nazardan, ba’zi 
manbalarda qayd qilingan -zor qo‘shimchasining mo‘llik va o‘rinni ifodalash 
xususiyati xiralashgan degan fikrni biz ham ma’qullaymiz.
O‘tloq, o‘tzor kabi yasamalar o‘zbek adabiy tili uchun umumiy me’yor 
darajasida qo‘llaniladi. Adabiy tildagi -zor qo‘shimchasiga xos vazifani ba’zan 
oddiy so‘zlashuv nutqida mavhum ot yasovchi -lik qo‘shimchasi bajarib, 
yasamalar to‘qaylik // to‘qayzor, qamishlik // qamishzor, tutlik // tutzor kabi hosil 
qilinadi. Misol: Oldimda bir to‘qaylik paydo bo‘lib qoldi (G‘.G‘ulom, Shum bola); 
Qo‘rqa pisa zovurdan chiqib, to‘qayzordagi so‘qmoq yo‘l bilan keta boshladim 
(G‘.G‘ulom, Shum bola); Azizxon doira shaklidagi qamishlikdan o‘tib, 
yalanglikning narigi burchagiga yugurib ketdi (S.Ahmad, Ufq); Bir vaqtlar ana 
shu dalam g‘uj-g‘uj qamishzor edi, qirg‘ovulzor edi (T.Murod, Otamdan qolgan 
dalalar). 
Qoraqalpoq tiliga ham fors-tojik tilidan o‘rin-joy ma’nosini ifodalovchi -zor 
qo‘shimchasi o‘zlashgan bo‘lib, yasamalar tarkibida u tilda mavjud bo‘lgan, o‘rin 
ma’nosini anglatuvchi -laq qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabat hosil 


45 
qilmaydi. Chunki bu tilda ot so‘z yasalish asosining -zor qo‘shimchasini qabul 
qilishi adabiy til me’yori talablariga muvofiq kelmaydi.
Qoraqalpoq tilida -laq qo‘shimchasi ba’zi otlarga qo‘shilgan holda shu 
narsalardan tashkil topgan o‘rinning nomini bildiruvchi qumlaq, taslaq kabi 
yasamalarni hosil qilgan
1
.
Bu tilda otlaq yasamasi “mayda o‘t-cho‘plarning o‘sgan 
yeri, o‘tli joy”
2
deb izohlangan. Misol: Jerimiz otlaqlы, qыsta mallardың өzleri 
jayыladы (J.Aymurzaev); …tөbe-tөbe bolыp үyilgen shag‘ыr qum ba ya taslaq pa, 
biraq usы gedirgыlerden og‘an өtip barыo‘ qыyыn ekeni kөrgen kөzge bep-
belgыli (Ө.Xojaniyazov). Bu o‘rinda -laq qo‘shimchasi qumlыq, taslыq kabi 
yasamalar tarkibida sof turkiy tillarga doir mavhum ot yasovchi -lыq qo‘shimchasi 
bilan sinonimiyaga kirishadi. Bu haqidagi mulohazalarimizni o‘z qatlamga tegishli 
ot yasovchi qo‘shimchalar orasidagi o‘zaro sinonimiya qismida bildirganmiz.
Keyingi davrlarda qoraqalpoq tilida faol iste’molda bo‘layotgan gүlzar, 
almazar, kөklemzar kabi narsalarga xos o‘rin ma’nosini anglatuvchi ot turkumiga 
mansub yasamalar tarkibida o‘zlashgan -zar qo‘shimchasi kuzatiladi
3
. Bu xildagi 
yasamalar ham o‘zbek tilining qoraqalpoq tiliga bevosita ta’siri natijasida kirib 
kelgan bo‘lib, ularning so‘z yasalish asosi o‘z qatlamga doir qo‘shimchani qabul 
qilmaydi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ular sinonimik munosabatga 
kirishuvchi juftligiga ega emas. 

Ҳәзирги қарақалпақ тили. Морфология. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. – Б. 29.
2
Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 40. 
3
Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 31. 


46 
XULOSA
Turkiy tillarga mansub o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi 
qo‘shimchalar qiyosi tadqiq qilinib, ularga xos umumiy va xususiy jihatlar 
aniqlandi: 
-qoraqalpoq tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tikuvchi, 
tuzatuvchi shaxs” tushunchalarini ifodalashda malaqayshы, etikshi, sandыqshы, 
saatshы kabi yasamalar qo‘llaniladi. O‘zbek adabiy tilida do‘ppi, etik, sandiq, soat 
singari so‘z yasalish asoslari “tikuvchi, tuzatuvchi shaxs” ma’nolarini ifodalashda 
o‘zlashma shaxs oti yasovchi -do‘z va -soz qo‘shimchalarini qabul qilib, yasamalar 
do‘ppido‘z, etikdo‘z, sandiqsoz, soatsoz kabi yuzaga keladi. Bu yasamalar o‘zbek 
tilining so‘zlashuv nutqida do‘ppichi, etikchi, sandiqchi, soatchi singari 
qo‘llaniladi; 
-qoraqalpoq adabiy tilida o‘rin ma’nosini ifodalashda biydaylыq, qamыslыq, 
tog‘aylыq kabi yasamalar -lыq qo‘shimchasi orqali hosil qilingan bo‘lib, o‘zbek 
adabiy tilida bu xildagi yasamalarning so‘z yasalish asosi o‘rin-joy oti yasovchi 
o‘zlashma -zor qo‘shimchasini qabul qilib, yasamalar bug‘doyzor, qamishzor, 
to‘qayzor kabi yuzaga keladi; 
-qoraqalpoq tili lug‘at tarkibidagi xabarnama, ruxsatnama, sorao‘nama, 
mag‘lыo‘matnama singari yasamalar mustaqillikka erishgach, bevosita o‘zbek 
tilining ta’sirida, Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek va qoraqalpoq tillarining 
rasmiy davlat tili sifatida yonma-yon o‘rgatilishi va iste’molda bo‘lishi natijasida 
vujudga kelgan; 
-o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma qatlamga mansub shaxs oti 
yasovchi -kash // -kesh, -kor // -ker, -paz // -paz, -dor // -dar, -xo‘r // -xor, -go‘y //

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling