Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


-gөy, mand // -ment, -furush // -purыsh, -bon, -ban // -man, -boz, -baz // -paz


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

-gөy, mand // -ment, -furush // -purыsh, -bon, -ban // -man, -boz, -baz // -paz 
qo‘shimchalari; o‘rin-joy oti yasovchi -zor // -zar; -xona // -xana qo‘shimchalari; 
narsa-buyum oti yasovchi -noma// -nama qo‘shimchalarining semantik imkoniyati 
o‘rganildi. O‘zbek tilida do‘ppido‘z, soatsoz kabi yasamalar tarkibidagi o‘zlashma 
shaxs oti yasovchi -do‘z, -soz qo‘shimchalari qoraqalpoq tiliga o‘zlashmaganligi 
aniqlandi. Shu sababli “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tikuvchi 


47 
shaxs”, “tuzatuvchi shaxs” ma’nolari qoraqalpoq tilida o‘z qatlamga mansub -shы 
// -shi qo‘shimchasi bilan hosil qilingan malaqayshы, saatshы kabi yasamalar 
orqali anglashiladi;
-qoraqalpoq tilida o‘zlashma qatlamga mansub -boz qo‘shimchasining fonetik 
varianti -baz // -paz qo‘shimchasi bo‘lib, u orqali hosil qilingan “biror narsaga 
qiziquvchi shaxs” ma’nosidagi өnerpaz, oyыnpaz singari yasamalarning so‘z 
yasalish asosi o‘zbek tilida butunlay boshqa yasovchilarni qabul qilib, yasamalar 
hunarmand, o‘yinchi singari hosil qilinadi; 
-qoraqalpoq tilida o‘zlashma -purыsh qo‘shimchasi yordamida chaypurыsh 
yasamasi hosil qilingan bo‘lib, aslida “sotuvchi shaxs” ma’nosida qo‘llaniluvchi -
purыsh qo‘shimchasi bu o‘rinda “tayyorlovchi, qaynatuvchi shaxs” tushunchasini 
bildiradi;
-o‘zbek tilida -xo‘r qo‘shimchasi bilan mavhum ma’nodagi merosxo‘r, 
tekinxo‘r singari yasamalar yuzaga kelgan. Qoraqalpoq tilida -xor qo‘shimchasi 
mavhum tushunchani ifodalovchi so‘z yasalish asosiga qo‘shilmaydi, balki aniq 
tushunchani 
ifodalovchi 
araqxor, 
qanxor, 
jemxor 
singari 
yasamalarni 
shakllantiradi;
-o‘zbek tilida o‘z qatlamga mansub shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi 
o‘zlashma shaxs ma’nosini ifodalovchi -kor, -kash, -bon, -furush, -do‘z, -paz, -

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling