Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
30 II BOB. O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA O‘Z VA O‘ZLASHMA QATLAMGA MANSUB OT YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR DOIRASIDAGI SINONIMIYA HODISASI Tilshunoslikda yaqin kunlargacha ma’no jihatdan bir-biriga mos keladigan qo‘shimchalar tarmog‘i ham leksik sinonimlar qatorida o‘rganilib kelindi. Sinonimiyaning o‘ziga xos tabiatini yoritib berish va uni ta’riflash asosan so‘z doirasida amalga oshirildi 1 . Vaholanki, tilda aynan bir ma’noni yoki bir tushunchani ifodolovchi so‘zlar yashamaganidek, bu narsa qo‘shimchalar doirasida ham sodir bo‘ladi. Qo‘shimchalar tilda ma’nosiga yoki boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan albatta farq qiladi 2 . Shunga muvofiq, qo‘shimchalar orasidagi sinonimik munosabatni “affiksal sinonimiya” sifatida atash maqsadga muvofiqligi qayd qilingan holda ilmiy jihatdan asoslab berilgan 3 . O‘zbek tilshunosligida qo‘shimchalarning sinonimiya hosil qilish masalasini tadqiq qilish bo‘yicha katta tajriba maktabi vujudga kelgan. Qo‘shimchalar doirasidagi sinonimiyani o‘rganish tilshunoslikning eng muhim masalasi ekanligining e’tirof qilinganligi 4 , ammo bunga yetarli darajada diqqat ag‘darilmayotganligi 5 ta’kidlangan. Nihoyat, tilshunos Y.Tojievning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida so‘z yasovchi qo‘shimchalarning sinonimiya hosil qilishi atroflicha tahlil etilgan va bu boradagi har-xilliklarga barham berilgan. Qoraqalpoq tilshunosligida qo‘shimchalar sinonimiyasi haqida maxsus tadqiqot ishi amalga oshirilmagan. Qoraqalpoq tilida ot yasovchi qo‘shimchalar doirasida sinonimiya hodisasi ancha mahsulli uchrashi sababli uning o‘ziga xos tabiatini yoritish alohida tadqiqot talab qiluvchi masaladir 1 . 1 Шамсиддинов С. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари. – Тошкент, 2001. – Б. 9. 2 Тожиев Ё. Кўрсатилган иш. – Б. 40. 3 Ўша иш. – Б. 51. 4 Гулямов А. Г. Проблемы исторического словообразования узбекского языка. Аффиксация. Част I: Автореф. дисс. … д-ра филол. наук. – Ташкент, 1955. – 50 с. 5 Бердиалиев А. Ўзбек тили аффиксал синонимиясининг баъзи хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1974. – № 2. – Б. 26. 1 Қудайбергенов М. Қарақалпақ тилиниң морфемикасы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 2001. – Б. 27. 31 O‘zbek tilida o‘z va o‘zlashgan qatlamga doir ot yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasida sof turkiy va fors-tojik tilidan kirgan qo‘shimchalar munosabatga kirishadi. Bu xildagi munosabatda birinchidan shaxs oti yasovchilar, ikkinchidan o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyani yuzaga keltiradi. Qoraqalpoq tilida ham o‘z va o‘zlashagan qatlamga mansub qo‘shimchalarning sinonimiyasida sof turkiy va fors-tojik tilidan o‘zlashgan qo‘shimchalar sinonimik munosabatni vujudga keltiradi. O‘z va o‘zlashgan qatlam doirasida o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar qoraqalpoq tilida sinonimiyaga kirishmaydi. O‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan deyarli hamma shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Bunda o‘zlashgan qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan yasama o‘z ma’nosida adabiy til uchun umumiy me’yor, -chi qo‘shimchasi yordamida yuzaga kelgan yasamalar esa ayrim hollarda nutqiy yasama sifatida ma’no ifodalash imkoniyatini kengaytiradi. Qoraqalpoq tilida shaxs oti yasovchi fors-tojik tilidan kirgan qo‘shimchalar unchalik ko‘p bo‘lmaganligi sababli ancha o‘rinlarda adabiy til me’yori vazifasini - Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling