Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
v) narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -nama
v) narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi
O‘zbek tiliga -noma qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, dastlab “xat, maktub” ma’nosini ifodalovchi mustaqil so‘z sifatida qo‘llanilib, qo‘shma so‘zlar yasash uchun xizmat qilgan. Keyingi paytlarda u affiksoid maqomida so‘z yasalish asoslariga qo‘shilib, yangi ma’nodagi yasamalarni hosil qilyapti. Nima uchundir, keyingi vaqtlarga qadar yaratilgan ishlarda, o‘zbek tilidagi darslik va qo‘llanmalarda ot yasovchilar qatorida -noma so‘z yasovchisi berilmagan. Albatta, bu qo‘shimchaning alohida so‘z yasovchi deb tan olinmaganligining, darslik, qo‘llanmalarda uning ta’rifi va tahliliga e’tibor qaratilmaganligining, mahsulsiz qo‘shimcha sifatida qaralishining sabablari bor. Birinchidan, ana shu so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida avval nihoyatda kam miqdordagi tabriknoma, tashakkurnoma, taklifnoma singari yasamalar hosil qilingan, ikkinchidan, bu qo‘shimcha bilan so‘z yasalishi uchun asos bo‘ladigan yangi so‘zlar yuzaga kelmagan. Misol: Bu qonli jangda mening qismimdagi yigitlar botirlik ko‘rsatib, qo‘mondonlikdan tashakkurnoma oldilar (J.Sharipov, Xorazm). Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida bu qo‘shimcha yordamida yangi yasamalar hosil qilish uchun ehtiyoj yuzaga keldi. Natijada -noma qo‘shimchasi orqali asosnoma, so‘rovnoma, yo‘riqnoma kabi bir qator yasamalar yuzaga keldi. Endilikda bu qo‘shimcha o‘zbek tilida so‘z yasalish asoslariga qo‘shilib, “biror yozilgan narsa” ma’nosini ifodalovchi otlar yasashi shubhasizdir. Qoraqalpoq tili lug‘at tarkibiga ham -nama qo‘shimchasi fors-tojik tilidan “xat”,“hujjat” ma’nosini bildiruvchi noma mustaqil so‘zi orqali kirib kelgan. Bu so‘z qoraqalpoq tilida oldin Boburnama, og‘ыznama, sәlemnama kabi qo‘shma so‘zlarni yasashda qo‘llanilgan. Hozirgi kunda -nama tilda so‘z yasovchi faol qo‘shimchaga aylanyapti. 29 1980-yillardan e’tiboran qoraqalpoq tilida -nama affiksoidining so‘z yasash imkoniyati orta bordi. Keyinchalik -nama qo‘shimchasi so‘z yasalish asosiga qo‘shilgan holda ma’lum hujjat ma’nosidagi otlarni yasash uchun xizmat qilgan. Bu qo‘shimcha orqali shәrtnama, gүo‘alыqnama, o‘әsiyatnama, әdepnama, jыlnama, mirәtnama singari yasamalar yuzaga kelgan. Misol: Meyli, Xojaniyaz, - dedi Dүysenbay shәrtnamag‘a qarsыlыq etpeyik (T.Qayipbergenov). Ilm-fanning taraqqiy etishi, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar qoraqalpoq tilida -nama affiksoidi yordamida yangi-yangi yasamalarning vujudga kelishiga zamin hozirladi. Bugungi kunda qoraqalpoq tili lug‘at tarkibida xabarnama, ruxsatnama, sorao‘nama, mag‘lыo‘matnama singari bir qator yasamalar vujudga keldi. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida endilikda -noma//-nama qo‘shimchalarining so‘z yasash imkoniyati kengayib, bu qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan yasamalar miqdorining ortib borishiga qaramay, yasamalarning tillararo farqli xususiyatlari e’tiborga tushadi. Avvalo, qoraqalpoq tili lug‘at tarkibidagi xabarnama, ruxsatnama, sorao‘nama, mag‘lыo‘matnama kabi yasamalar bevosita o‘zbek tilining ta’siri natijasida yuzaga kelganligini ta’kidlash joiz. Chunki mustaqillikdan keyin Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek va qoraqalpoq tillari rasmiy davlat tili sifatida yonma-yon iste’molda bo‘lyapti, ta’lim jarayoni uzluksiz ravishda ana shu tillarda olib borilyapti. Bu, albatta tillarning bir- biriga o‘zaro ta’sir etishiga, bir tildan ikkinchi tilga yasamalarning o‘zlashishi uchun ham imkon yaratdi. Shuni ham qayd qilish kerakki, o‘zbek tilidagi ishonchnoma, talabnoma, tashakkurnoma, iqrornoma singari yasamalar qoraqalpoq tilida hosil qilinmagan. Misol: Uchastkalardan kelib turgan talablar, dokladnomalar..yangi-yangi chizmalar so‘ralgan talabnomalarning sanog‘i bo‘lmaydi ba’zan (J.Abdullaxonov, To‘fon). Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling